Ionlanuvchi (radioaktiv) nurlar bilan konser-
valash.
Bu nurlar atomlardan elektronlami ajratish
kuchiga ega. Shu atomlardan ionlar hosil qiluvchi
nurlarga
ionianuvchi nurlar
deyiladi. Ionlanuvchi
nurlarga katod, gamma, alfa, rentgen nurlari kiradi. Bu
nurlaming hammasi mikroblami o ‘ldirish qobiliyatiga
ega. Ionlanuvchi radiatsiya nurlari ta'sirida narsalar
istitilmaydi va kam denaturlanadi. Go‘shtni ionlanuvchi
radiatsiya bilan nurlantirishga «sovuq» sterillash deyi-
ladi. Asosan go‘sht va go‘sht mahsulotlarini sterillash
uchun gamma nurlari ishlatiladi. Chunki, gamma nurlari
mahsulotning chuqur qismlariga ham o‘ta oladi.
Go‘shtni antibiotiklar bilan konservalash.
Bunday
hayvonlaming so‘yishdan oldin qoniga, 1 kg vazni
uchun 5-10 mg biomitsin yoki 1 1 suvga 50-100 mg
biomitsin qo‘shilgan eritmadan go‘shtning ichiga yubo-
rilsa, go'shtning saqlanish muddati dori yuborilmagan
go‘shtga nisbatan 7 kungacha uzaytiriladi. Lekin, an-
tibiotiklar kishi organizmiga har xil salbiy ta’sir qila-
di. Shunga ko‘ra xomligicha iste’mol qilinadigan
mahsulotlami antibiotiklar bilan konservalash tavsiya
etilmaydi.
B olalar va parhez taom lar uchun konservalar
tayyorlash
Turli yoshdagi bolalar va oshqozon-ichak xasta-
ligiga duchor bo‘lgan kishilar uchun tez hazm bo‘-
luvchi parhez konservalarini ishlab chiqarish muhim
ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, 3-18 oylik bolalar uchun
tayyorlanadigan sut mahsulotlari ulaming sog‘lom va
83
www.ziyouz.com kutubxonasi
baquvvat bo‘lib o'sishlarida muhim omil hisoblanadi.
Mamlakatimizda «sog‘lom avlod>» siyosati yuritilishi
ham bu tadbiming yanada muhimligidan va uni so‘zsiz
amalga oshirish lozimligidan dalolat beradi.
Yosh bolalar ozig‘ida ko‘p miqdorda to‘la qimmatli
oqsil, yetarli darajada aminokislotalar, mineral mod-
dalar, vitaminlar bo‘lishi lozim. Shunga ko‘ra ular-
ni balanslashtirish maqsadida go‘shtga ma'lum sub-
produktlar, yog‘i olingan va olinmagan sut, sarimoy,
kungaboqar yog‘i kabilami qo‘shish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
Bolalar va xastalar oziqlari yuqori darajada mayda-
langan bo'lishi, tez va yaxshi hazm bo‘lish imkonini
beradi. Eng asosiy oziq turlari: buzoq go‘shti, 11
kategoriyali jo ‘ja go'shti, mol jigari, tili va qo‘shimcha
mahsulotlar sifatida: sarimoy, o ‘simlik moyi, sho'rva
va kraxmal, qovurilgan piyoz, turli dorivorlar va tuz
kabilardan iborat.
Keyingi yillarda ma'lum, zamonaviy texnologik
usullarda turli taomlar (oziqlar), jumladan, 5-7 oylik
bolalar uchun: «malish», «gerku!es», «vini-pux», «mal-
yutka», «bezzubka», «skazka», «nejenka», «detskoye»,
«zdorovye» kabi konservalar ishlab chiqarilmoqda.
7-9 oylik bolalar uchun maydalangan mahsulot -
bo‘tqa (pyurcobraznie)lari («malishok» va «ptenchik»)
va 9-12 oyli bolalar uchun «yazichok», «butuz» deb
nomlanuvchi mahsulotlar tayyonlanmoqda.
Tcxnologiya talabiga ko'ra «malish» konservasi
mol go'shtidan, «gerkules» - jigardan, «vinni-pux» mol
go‘shti va tvorogdan, «kroshka», «ptenchik» va «butuz»
konscrvalari parranda go‘shtidan, «malyutka» - mol
go‘shti va mol miyasidan, «bczzubka» jigar, miya va
tvorog aralashmasidan, «malishok» - buzoq go'shtidan,
«yazichok» tildan, «skazka» jigardan, «nejenka» mi-
yadan, «detskoye» jigar va miyadan, «zdorovye» tildan
tayyorlanadi va sotuvga chiqariladi.
H4
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar
uchun «myasnoy» va «pechenochniy» deb nomlangan
pashtetlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Ulaming
tarkibida 15-20 foiz sarimoy va 50 foiz - go‘sht, jigar
va o ‘simlik mahsulotlari mavjud. Shuningdek, m a’lum
miqdorda turli dorivorlar bo‘lganligi uchun ular xush-
xo‘r va sifatlidir.
|