Go‘sht va o ‘simliklardan (mevalardan) tayyorlangan
barcha konservalar qish vaqtida izotermik vagonlarda
tashiladi. Lekin, bunda konservalami muzlab qolishdan
saqlash talab etiladi.
K onservalarni organoleptik
tekshirish ishlarini
olib borish talab etiladi. Bunda birinchi galda konserva
bankalarining shakliga tashqaridan nazar tashlanadi.
Ulaming zanglagan yoki zanglamaganligi tekshiriladi.
Hamda pachoq joylari, banka qopqog‘ining chuqur
yoki qavariq bo‘lganligi holatiga e’tibor beriladi. Ayrim
hollarda konserva bankasining qopqog‘i biroz chuqur
bo‘lishi mumkin, lekin barmoq bilan bosganda u o ‘z
holatini oladi. Bunday holat ba’zan sifatli konservalarda
ham uchrashi mumkin.
Lekin konserva bankasi
qopqog‘ining juda ko‘p qavarishi banka ichidagi
mahsulotining buzilishiga bog‘liq bo‘lib, turli xil gazlar
(H2C, C 0 2 va boshqalar) hosil bo‘lishin natijasida kelib
chiqadi, bunda ham banka otib yuboradi. Bu holat yuz
berganda mahsulot sifati pastligi aniqlaniladi.
K onserva sifati buzilishi sabablari - bir qancha.
Masalan, konserva bankasida qavariq paydo bo‘lishiga
konserva ichida qolgan yoki zanaglashi natijasida paydo
boig an teshik orqali tashqaridan havo bilan birgalikda
mikroblaming tushib rivojlanishi, konservada b o ig an
mahsulot bilan banka devori
orasida boradigan kim-
yoviy reaksiya natijasida H2C paydo boiadi. Ayrim
vaqtlarda mexanik ta’sirlar ham sabab b o iish i aniq-
langan. Masalan, bankalaming me'yoridan ortiq to i-
dirib yuborilishi, uzoq muddat muzlatilishi va h.k.lar
shular jumlasidandir. Binobarin, qavariq paydo b o ii-
shini aniqlash, tekshirib ko‘rish maqsadga muvofiq
hisoblanadi.
K onserva bankasining butunligi - uning ijobiy
tomonlaridan biri hisoblanadi.
Uni aniqlash uchun
etiketkasi olinadi, banka yuviladi va harorati 80-85
gradus bo‘lgan suvga 5-7 minut solib qo‘yiladi. Bunda
80
www.ziyouz.com kutubxonasi
agar bankaning biror joyidan havo pufakchalari chiqsa,
demak, u zich yopilmagan hisoblanadi.