• Tayanch so‘z va iboralar
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet54/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   219
    MULOQOT MADANIYATI 
     
    Haydarova Omadxon 
    Andijon davlat universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi magistri 
     
    Annotatsiya: Maqolada inson o‘z nutqini vaziyatlar va odamlar holatini 
    hisobga olgan holda tuzishi kerak haqida fikr yuritiladi. So‘zlarda aks etgan 
    psixologik, ijtimoiy xususiyatlar tahlil etiladi.
    Tayanch so‘z va iboralar: nutq, leksema, sema, ruhiyat, me’yor, ritorika, 
    kommunikatsiya, etos, logos, uslubiyat, baho, muloqot, tafakkur, idrok.
    Nutq madaniyati – muayyan bir xalq madaniyatining ushbu xalq tilidagi aksi 
    va ifodasidir. Ushbu tushuncha borasida turli xil qarash va izohlar mavjud bo‘lsa-da, 
    eng avvalo, nutq madaniyati grammatik jihatdan to‘g‘ri gap tuzish, xatosiz so‘zlash, 
    tushunarli va ravon fikr yuritish deb talqin etiladi. Nutq madaniyati bu – har bir 
    insonning til sohasida, nutq so‘zlash borasida egallagan bilimlari va yutuqlari 
    majmuasi bo‘lib, ular so‘zlovchining bilimdonligi, tarbiyasi, ma’naviy yetuklik 
    darajasini ko‘rsatuvchi omildir. U millatning umumiy madaniyatini ko‘tarish, 
    kishilarda ma’lum til boyligidan, uning imkoniyatlaridan to‘g‘ri va unumli 
    foydalanish ko‘nikmalarini tarbiyalashga xizmat qiluvchi vosita hamdir.
    Ritorikada etos, pafos, logos kabi terminlar mavjud bo‘lib, ular ritorikaning 
    asoslari hisoblanadi. Bulardan etos – so‘zlovchi nutq so‘zlayotgandagi sharoitni 
    anglatadi. Ya’ni bunda nutqiy vaziyat, joy, nutq uchun ajratilgan vaqt oralig‘i 
    nazarda tutiladi. Pafos deyilganda, so‘zlovchining muloqot jarayonidagi maqsadi 
    tushuniladi. Har qanday suhbat, muloqot o‘z maqsadiga ega bo‘ladi. Logos esa – 
    so‘zlovchi o‘z nutqida qo‘llaydigan so‘zlar, ibora va gaplarni ifodalaydi
    1
    .
    Demak, etos – bu nutqiy vaziyat, pafos – nutq maqsadi va ma’nosi, logos – 
    leksik birliklarning ifodasi. Ushbu terminlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liq 
    bo‘lib, har biri ikkinchisini to‘ldirib turadi. Agar shu uch tushuncha muloqot 
    jarayonida bir-biriga mutanosiblikda o‘z ifodasini topsa, so‘zlovchi va tinglovchi 
    orasida o‘zaro muloqot muvaffaqiyatli darajada amalga oshadi. Yu. Rojdestvenskiy 
    yuqorida qayd etilgan terminlarni yanada aniqroq tushuntirish maqsadida o‘z ishida 
    misollar keltirib o‘tadi. Masalan, g‘aroyib jonzotlar mamlakatiga tushib qolgan 
    Gulliver mamlakat egalarining tillarini bilmaganligi sababli ular bilan muloqot qila 
    olmaydi, o‘z fikrlarini ularga yetkazib bera olmaydi. Bu vaziyatda logosning 
    qanchalik muhim ekanligi muallif tomonidan qayd etiladi. Ertak qahramonlaridan 
    1
    Головин Б.Н. Основы культуры речи. – М.: Высшая школа, 1980. – С. 126. 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    96 
    biri bo‘lgan Tentakvoy motam marosimida mutlaq vaziyatga to‘g‘ri kelmaydigan 
    nutq so‘zlagani uchun jazolanganligi holatini yuqorida nomi tilga olingan olim 
    etosga misol tariqasida keltirib o‘tadi. Misoldan vaziyatga ko‘ra nutq noo‘rin 
    so‘zlangani anglashadi. Uchinchi terminga esa, izoh tariqasida Yu. Rojdestvenskiy 
    Frantsisk Asizkiyning qushlarga va’z o‘qish holatini keltirib o‘tadi. Frantsiskning 
    va’z mavzusi qiyin bo‘lmasa-da, qushlar uning va’zini eshitishga moyillik 
    bildirmaydilar. Natijada, nutq maqsadini amalga oshirishga hojat ham qolmaydi. Bu 
    esa avtor tomonidan pafosga yorqin misol tariqasida keltiriladi
    1
    .
    Yuqoridagi misollardan ma’lum bo‘ladiki, “etos”, “pafos” va “logos” 
    tushunchalari orasida uzviylik, muvozanat saqlangandagina muloqot samarali 
    bo‘ladi.
    Nutq madaniyati bilan ruhshunoslikning munosabati, nutqning o‘rinli - 
    o‘rinsiz ekanligini belgilashda namoyon bo‘ladi. So‘zlovchi har - xil vaziyatlarda, 
    har - xil odamlar o‘rtasida bo‘ladi. Demak, u o‘z nutqini ana shu vaziyatlar va 
    odamlar holatini hisobga olgan holda tuzishi kerak. Bundan tashqari tinglovchilar 
    kayfiyati degan narsa ham bor. So‘z tinglovchilarning zerikib turganligi sezilib tursa-
    yu, nutq qanchalik to‘g‘ri bo‘lmasin, notiq o‘sha zerikkanlikni his qilmasa va nutqni 
    cho‘zib yuborsa, uning ta’sir kuchi yo‘qoladi.
    Nutqni ta’sirchan qilishda tilning tasviriy vositalaridan hisoblangan 
    metonimiya, metafora kabilardai foydalaniladi. Nutq madaniyati bilan ruhshunoslik 
    munosabatida ko‘proq notiqning u yoki bu fikrini bayon qilishda odamlar kayfiyatini 
    hisobga olishi birinchi o‘rinda turadi. Har bir kishining, umuman tinglovchining 
    kayfiyatiga qarab nutq so‘zlashi taqozo etiladi. Tinglovchilar bilan samimiy 
    muomala hamma vaqt notiqning asosiy vazifasi bo‘lishi lozim. Tinglovchilarning 
    yuz va ko‘z ifodalarini ko‘rmay, sezmay turib, eng zo‘r zarur gapni aytib yuborishni 
    o‘ylab ko‘rish kerak. Ana shunday zarur gaplar hammaning diqqati tortilgan paytda 
    aytilishi zarur.
    Hamma vaqt ham tinglovchilar oldida uyalib qolmaslik, noo‘rin so‘zlarni, 
    gaplarni ishlatib yubormaslik uchun notiq odamlar ruhiyatini chuqur ko‘zda tutishi 
    lozim, ularni qiziqtiradigan narsalarni topishga harakat qilishi, boshqa mavzu, 
    boshqa hodisalarga o‘tib ketmasligi kerak. Har bir notiq uning nutqi qanday 
    tuzilganda tilning qanday tasviriy vositalarini qaysi holatlarda, nutqning qaysi 
    qismida ishlatganda tinglovchilar kayfiyatiga ta’sir qilinishi, ular kayfiyatini 
    o‘zgartirishini yaxshi bilishi lozim. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga erishish 
    mumkin.
    Nutq madaniyati nafosat (estetika), badiiy adabiyot, adabiyotshunoslik, 
    adabiy tanqidchilik kabi fanlar bilan uzviy aloqadadir. Chunki yaxshi nutq 
    1
    Рождественский Ю.В. Введение в общую филологию. – М.: Добросовесть, 1979. – С. 69-70. 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    97 
    tinglovchiga estetik zavq berishi kerak, uni hayajonlantirishi lozim. Badiiy nutq esa 
    ta’sirchan nutq bo‘ladi, shu orqali kishilar ongiga ta’sir etadi. Unday nutq egasi 
    badiiy tasvir vositalaridan juda keng foydalanadi.
    Azaldan og‘zaki va yozma nutq madaniyati adabiy til asosida shakllanib 
    kelgan. To‘g‘ri va xatosiz so‘zlash hamda yozish adabiy tilni mukammal bilish 
    natijasida yuzaga keladi. Tilning turli me’yorlar asosida tartibga solinishi esa, 
    tabiiyki, adabiy tilning shakllanishiga asos bo‘ladi. Badiiy nutqning adabiy til 
    me’yorlariga munosabati ham boshqacha. Unda ba’zi adabiy me’yorlardan 
    chekinish ham uchrashi mumkin. Biroq bunda ma’lum bir maqsad ko‘zda tutilgan 
    bo‘ladi. Fikrni ona tilida mustaqil, ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda etmoq uchun 
    odamda nutqiy madaniyat yetarli darajada bo‘lmog‘i lozim. Zero, nutq madaniyati 
    tildan bemalol va maqsadga o‘ta muvofiq tarzda foydalana olishni ta’minlaydigan 
    ko‘nikma, malaka va bilimlarning jami demakdir.
    Nutqning madaniyligini ta’min etadigan to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, 
    ifodalilik, boylik, soflik kabi bir qancha sifatlar mavjud. Ana shu kommunikativ 
    sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy nutq hisoblanadi.


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    98 

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish