112
yuzasi shtrixlab qo’yiladi. Bu bilan chizmani o’qish osonlashadi. 7.11-rasm
, b da
detalning kompleks chizmasi berilgan. Bu erda detalning bosh ko’rinishi o’rnida
uning gorizontal oddiy qirqimi tasvirlangan. Gorizontal proyektsiyalar tekisligiga
parallel kesuvchi tekislik bilan hosil qilingan qirqim gorizontal qirqim deb ataladi.
Bunda detalning ustki yarim qismi fikran olib tashlanadi va qolgan pastki qismi
gorizontal proyektsiyalar tekisligida tasvirlanadi.
Bu qirqim ham yuqorida
ko’rsatilgan mosliklardagi kabi, kesuvchi tekislik detalning simmetriya tekisligi
bilan qo’shilib qoladi, tegishli tasvirlar bir formatda bevosita proektsion
boglanishdaligi uchun kesuvchi tekislikning vaziyati belgilanmaydi va qirqim
yozuv bilan izohlanmaydi. 7.11-rasm,
c da detalning chapdan ko’rinishi o’rniga
profil qirqimi tasvirlangan. Bunda qirqim kesish chizig’i bilan ko’rsatilib,
strelka
yozuv bilan belgilangan, chunki kesuvchi tekislik detalni nosimmetrik qismlarga
bo’ladi. Kesim chizig’i uzuq chiziq bilan belgilanib tasvir konturini kesmaydigan
qilib o’tqaziladi va asosiy tutash chiziq yo’g’onligida chiziladi.
a
a) b) c)
7.11-rasm
113
O’zDST talabiga asosan simmetrik detallarga oddiy qirqim berishda
ko’rinishning yarmi bilan qirqimning yarmini birlashtirib
tasvirlashga ruxsat
beriladi. Bunda ko’rinish bilan qirqimni simmetriya o’qi ajratib turadi. 7.12-rasm,
a da qirqim ko’rinishning bir qismi bilan qo’shib tasvirlangan, ko’rinish qismidagi
ko’rinmas kontur chiziqlar ko’rsatilmaydi. Gorizontal qirqimning yarmi
simmetriya o’qidan pastda yoki o’ng tomonda joylashtirilishi mumkin. Shuningdek
detalning ko’rinishi bilan qirqimni, butun tasvirini emas, balki uning bir
qisminigina, agar bu qismi aylanish sirtidan iborat bo’lsa, simmetriya
tekisligi izi
bilan qo’shilib qoluvchi shtrix-punktir chiziq bilan ajratib chizishga ruxsat etiladi.
Agar simmetriya o’qiga buyumning biron bir qirrasi to’g’ri kelsa ko’rinish va
qirqimni ingichka to’lqinsimon chiziq bilan ajratish kerak. Ichki qirrani
tasvirlashda ingichka to’lqinsimon chiziq ko’rinishni va tashqi qirrani tasvirlashda
qirqimni cheklashi lozim 7.12-rasm,
b.
Qirqimlarga oid xorijiy adabiyotdan keltirilayotgan materiallarda ham buni
ko’rish mumkin: “Mashina qismlarining ichki va tashqi detallari mavjud. Ichki
qirralar tashqi ko`rinishida ko`rinmaydi va ko’rinmas chiziqlar shtrix chiziqlar
bilan chiziladi. Shtrix chiziqlar bilan tasvirlangan bunday ko’rinmas chiziqlar ko`p
bo`lsa chizma chalkash bo`ladi. Bunday chalkashliklardan
qutulish uchun
obyektlarga qirqim beriladi”.
7.12-rasm
Qirqim
- bu jismni tekislik (yoki bir nechta tekislik) bilan xayolan ravishda
kesish natijasida olingan tasvir. Bunday holda, qirqim kesuvchi tekisligida olingan
va kesuvchi tekisligining orqasida joylashgan narsaning tasvirini ko'rsatadi.
114
Qirqimda ichki kontur chiziqlar bilan tasvirlangan jismning ichki chiziqlari
ko'rinadigan bo'lib, qattiq asosiy chiziqlar bilan yasalgan.
Agar kesuvchi tekisligi jismning simmetriya tekisligiga to'g'ri keladigan
bo'lsa va qirqim proektsion bog’lanish orqali joylashgan bo'lsa, u holda qirqim
belgilanmaydi. Boshqa hollarda, qirqim kesimday bir xil tarzda belgilanadi.
7.12-rasm
Kesuvchi tekisligining holati rasmda ajratib
chizilgan chiziq bilan
ko'rsatilgan. Kuzatish yo'nalishini o’qlar bildiradi. Ular ajratib chizilgan chiziqning
tashqi uchlarida joylashgan. Va o'qlarning tashqi tomonida rus alifbosining bir xil
katta harflari qo'llaniladi. Xuddi shu harflar kesik ustida chiziq bilan ajratilgan
holda yozilgan.
Qirqimlar quyidagi turlarga bo'linadi. Rasm. 7.13.
115
7.13-rasm
Kesuvchi tekisliklarning soniga qarab qirqimlar oddiy (bitta kesuvchi
tekislik bilan) va murakkab (bir nechta kesuvchi tekislik bilan) qirqimlarga
bo'linadi.
Qirqimlar kesuvchi tekislikning vaziyatiga qarab gorizontal tekisligiga
nisbatan joylashishganda vertikal, gorizontal va qiya qirqimlarga bo'linadi.
Kesilgan tekisliklar buyumning uzunligi yoki balandligi bo'ylab yo'naltirilsa,
qirqimlar
bo’ylama
, agar kesuvchi tekisliklar
buyumning uzunligiga yoki
balandligiga perpendikulyar bo'lsa,
ko'ndalang
qirqim deyiladi.
Quyidagi barcha misollarda, ob'ektlar metall ekanligi odatiy ravishda qabul
qilingan va jismning qismlarida materialning grafik belgilanishi uchun soya
chizilgan hoshiya chiziqlariga nisbatan 45 ° burchak ostidagi qiyalikda ingichka
chiziqlar bilan amalga oshiriladi. (o’ng yoki chapga qiyalik).