• Kurs ishining obyekti
  • Munadrija kirish I bob gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodlari




    Download 77.03 Kb.
    bet2/8
    Sana01.03.2023
    Hajmi77.03 Kb.
    #43850
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 5287436244131775076
    Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
    Mavzuning dolzarbligi: O`zbekiston Respublikasida gumanitar yo’nalishda fizika fanining rivojini yanada takomillashtirish. Fizika fanining gumanitar yo’nalishdaga akademik litsey va kollejlarda afzallik tomonlarining muhimligini o’rganish.
    Kurs ishining maqsadi: O’zbekistonda gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodikasi, texnolgiyalari va vositalarini chuqur o’rganish.
    Kurs ishi vazifalari: O’zbekistonda gumanitar yo’nalishlarda fizika fanining shakllanishi va bu sohada olib borilayotgan ishlar, hozirgi zamon fizikasi taraqqiyoti, O'zbekistondagi gumanitar yo’nalishdagi litsey va kasb hunar kollejlaridagi o’rni , boshqa gumanitar fanlar bilan bog’liqligi va uning shakllanishini o’rganib chiqish.
    Kurs ishining obyekti: Gumanitar yo’nalishda fizika fanining rivojlanishi uchun hissa qo’shgan olimlarning tadqiqotlarini o’rganib chiqish.

    I BOB. GUMANITAR YO’NALISHDA FIZIKA FANINI O’QITISH METODLARI

      1. Gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodikasi, texnologiyalari va vositalari.

    Ushbu kursda O’zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’limning barcha jabhalarida yangilanishlarni va takomillashtirishlarni, shuningdek yurtimiz uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash vazifasini amalga oshirishda muhim o’rin tutuvchi tadbirlar ichida o’qitishning yuqori samarali texnologiyalarini yaratish hamda ta’limga joriy qilish, fizikadan bilimlarni chuqurlashtirish, o’quvchilarning har tomonlama qiziqishini va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning mutaxassislikka yo’naltirishni ko’zda tutadi. Shuningdek, fizika tarixi, fizika fanining paydo bo’lish va shakillanish jarayoni, uning uslublari va g’oyalarining rivojlanish yo’llari hamda amalga oshiruvchi olimlarning ilmiy ijodlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. O’zbekistonda fizik tadqiqotlar, hozirgi zamon fizikasining dolzarb yo’nalishlari, fizika ta’limining shakllanishi va rivojlanish tarixi kabi masalalar qaraladi.
    Yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun fizika fanini o’qitish metodikasi, fanni o’qitishda innovastion texnologiyalarni qo’llash ya’ni pedagogik va axborot texnologiyalaridan, ko’rgazmali vositalardan foydalana olish malaka, ko’nikmalarini shakllantirish maqsadini o’z ichiga oladi.
    Shuningdek, o’qitishning maqsadlari fizika kursining tuzilishiga hamda o’zaro fanlar integrastiyasiga va shu bilan birga talabalarda shakllantiradigan faol fikrlash qobilyatlarini rivojlantirish imkoniyatlari qaraladi. Zamonaviy innovastion texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish, fizika faniga pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llash usullari, fizika o’qitish uslublarining nazariy asoslari, fizikadan o’quv eksperimentlari turlari va uning vazifalari, fizikadan masalalar echish uslublari kabi masalalardan iboratdir.
    Fizikani o’qitish jarayonida fizikaning rivojlanish tarixi va O’zbekistonda fizik tadqiqotlar, fizika ta’limining shakllanishi va rivojlanishi. Fizika fakultetidagi ilmiy tadqiqotlar. O’ta o’tkazuvchanlik fizikasining ba’zi masalalari. Nur tolalar optikasi. Lazer fizikasi. Yarimo’tkazgichlar fizikasi. Nanotexnologiyalar va ularning qo’llanilish sohalari o’rganiladi.
    Ushbu kurs ma’ruza, seminar, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari tarzida amalga oshiriladi.
    «Fizika ta’limi texnologiyalari va tarixi» o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
    - fizika kursi mazmun va tarkibining ilmiy va psixologik — pedagogik asoslari;
    - fizika o’qitishning uslub va vositalari; fizika tarixi;
    - fizika o’qitishda dunyoqarashning shakllanishi;
    - fizik jarayon va hodisalarni ilmiy tekshirish usullari haqida va ularni fizikaning aniq mutaxassislik yo’nalishlarida qo’llanilishi;
    - Oliy ta’limda mutaxassislarni tayyorlashning zamonaviy uslublari;

    • fizikada o’quv eksperimentini o’rni;

    • ilmiy va o’quv laboratoriya va namoyish tajribalarga qo’yiladigan talablar;

    • fizikani o’qitishda ko’rgazmali vositalarning o’rni;

    • fizikani o’qitishda innovatsion texnologiyalarni qo’llash;

    - fizika rivojlanishi qonunlari haqida tasavvurga ega bo’lishi;
    - ta’lim didaktikasi va printsiplarini;

    • ilmiy markaz va maktablarning paydo bo’lishi;

    • O’rta Osiyo allomalarining qoldirgan pedagogik qarash va meroslari;

    • o’rta asrda (VII-XVII asrlar) musurmon sharqida fizika-matematika fanlarining rivojlanishi;

    • klassik fizikaning asosiy yo’nalishlarining rivojlanishi;

    - fizika sohasida hamda amaliy masalalarda nazariy bilimlarni keng qo’llay bilishi va ulardan foydalana olishi;
    - fizika yo’nalishini ma’lum bir tor sohasida ilmiy va amaliy masalalar echishning usullarini qo’llashni;
    - talabalar bilimini, ko’nikmasini va malakasini nazorat qilish tizimini bilishi va ulardan foydalana olishi;
    - bilimini mustaqil oshirish;

    • zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish uslublari;

    • tadqiqot uslublarini: indukstiya, dedukstiya, tahlil, sintez;

    • qadimiy Yunon stvilizastiyasi va fani;

    • X – XIII asrlarda fan va madaniyatning sharqda rivojlanishi;

    • Ilmiy maktab va akademiyalar haqidagi ma’lumotlarga, ularni

    amaliyotga tadbiq etish;

    • Hozirgi zamon fizikasi rivojlanishini o’rganish;

    • O’zbekistonda fizik tadqiqotlar, fizika ta’limining shakllanishi va rivojlanishi usullaridan amalda foydalana olish;

    - fizika o’qitishda asosiy qonun va usullarni o’zlashtirish, turli xil masala va misollarni echish;
    - ma’ruza o’qish;
    - qo’yilgan masalani echishda mos usulni qo’llay bilish;
    - aniq ilmiy, ilmiy-texnologik vazifani echishni amalga oshirishda asbob-uskunalarni tanlash;
    - o’quv jarayonida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarni qo’llay bilish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
    Fizika o’qitish metodikasi kursini boshqa o’quv fanlari bilan bog’lanishning amalga oshirish quyidagi maqsadlarni ko’zlaydi:
    Fizika o’qitish metodikasi fanining boshqa fanlar bilan bog’liqligini aniq chegarasini ko’rsatish mumkin emas. Chunki, hozirgi zamon fanida fanlararo bog’lanish keng rivojlangan. Mazkur fan, pedagogika, psixologiya, matematika, ximiya, astronomiya, biologiya, geografiya va boshqa fanlar bilan o’zaro uzviy bog’liqdir.
    Fizika tarixi fanini o’rganish boshqa fanlar bilan birinchi navbatda, tabiatshunoslik fani tarixi bilan, kishilik jamiyati taraqqiyoti fanni tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Shu bilan birga, bu fanni o’rganishda fanlarning falsafiy masalalari, O’zbekiston Milliy ensiklopediyasi, hozirgi zamon fizikasi va astronomiyasi yo’nalishlari haqidagi manbalar ham muhim o’rin tutadi.
    O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish mutaxassislarning yangi avlodini yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil moslashish ko’nikmalari hamda istiqbol rejalarini belgilash va hal etish qobiliyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan.
    Mazkur vazifani bajarishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarga alohida ahamiyat beriladi. Fanni o’qitishda innovastion pedagogik texnologiyalardan, ko’rgazmali vositalar, slaydlar, namoyish tajribalari, o’quv filmlari, multimedialangan elektron qo’llanmalardan foydalanish orqali o’qitiladi.
    Fizika o’qitish metodikasi fani pedagogik fanlarning biri bo'lib, u fizika va texnika va pedagogikaning tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida kelib chiqdi. Hamma uslublar didaktikaning umumiy o'qitish nazariyasiga asoslanadi.
    Fizika fani ahamiyatining ortib borishi pedagogik fanlar sistemasida fizika o'qitish uslublarini yuqori pog'onalarga ko'tardi.
    Fizika o’qitish metodikasi faning predmeti fizika asosiarini o'qitish nazariyasi va amaliyotidan iboratdir.
    Fizika o'qitish jarayonida uchta bosh funksiya amalga oshiriladi:
    1) ta'lim; 2) tarbiya; 3) rivojlanish.
    Ta'lim funksiyasi bosh va belgilovchi funksiya bo'lib, uni amalga oshirish jarayonida o'quvchilar fizika asoslarini o'rganadilar, olgan bilimlarini amaliyotda qo'llash malakasi va ko'nikmasini hosil qiladilar.
    Tarbiya funksiyasi o'qitishga kompleks yondoshishning ajralmas qismi bo'lib, uning fizika o'qitishdagi asosi siyosiy-g'oyaviy, mehnat va ahloqiy tarbiyalaming birligidan ibo­ratdir.
    Rivojlanish funksiyasi o'quvchidan bilish imkoniyatlarini rivojlantirish va mustaqil bilim olishga o'rgatishni nazarda tutadi.
    Fizika o'qitish jarayoni o'zaro ta'sir qiluvchi quyidagi tarkibiy qismlari bilan xarakterlanadi.
    1. O'qitish mazmuni, ya'ni fizika asoslari.
    2. O'qitish — o'qituvchi faoliyatidan iborat bo'lib, tajriba va texnika vositalari asosida predmetni bayon qilish, o'quvchilaming mustaqil ishlarini boshqarish, ulaming bilim va malakalarini sinash.
    3. O'qish — o'quvchilaming ko'p qirrali aqliy va jismoniy o'quv faoliyatlari.
    4. O'qitish vositalari: darsliklar, asboblar, texnika vosi­talari.
    Fizika o'qitish uslubida o'quv-tarbiyaviy jarayonning qu­yidagi asosiy masalalari ko'rib chiqiladi va hal qilinadi:
    — o’quv yurtidaida fizika o'qitishning maqsadlarini asoslash; fizikada hal qilinadigan tarbiya masalalarini ochib berish;
    - o’quv yurtida fizika kursining mazmuni va tuzilmasini aniqlash va uni muntazam ravishda takomillashtirib borish;
    -o'qitish, tarbiya va o'quvchilami rivojlantirishning samarali uslublarini hamda fizika o'qitishda foydalanishga mo’ljallangan o'quv qurollarini ishlab chiqish va ulami tajribada sinab ko'rib, o'qitish amaliyotida qo'llash.
    Fizika o'qitish uslubi fizika va pedagogikadan tashqari: pedagogik psixologiya, odam fiziologiyasi, mantiq, texnik fanlar bilan mustahkam bog'langandir.
    Umumiy masalalarda o’quv yurtida fizika o'qitishning maqsadi va vazifalari, kursning mazmuni va tuzilmasi, fizika o'qitishning metodologik va psixologik asoslari, bilimning hayot bilan bog'lanishi, texnik ta'limni amalga oshirish, fizika kursida tajriba, o'quvchilarning fikrlash doirasini rivojlantirish, ularning dialektik-materialistik dunyoqarashlarini shakllantirish, fizik qonuniyatlami rivojlantirish, fizikadan mashg'ulotlarni tashkil qilish shakllari va uslublari ko'rib chiqiladi.
    Xususiy uslubda kursning har bir mavzusining mazmuni, o'qitish ketma-ketligi, tushunchalami shakllantirish yo'llari, qonun va nazariyalaming mazmunini ochib berish uslublari, fizika tajribalarining qo'llanilishi, malaka va ko'nikmalami rivojlantirish, materialning politexnik ahamiyati va boshqalar ko'rib chiqiladi. Bular quyidagicha amalga oshiriladi.
    Avval ilg'or o'qituvchilaming tajribalari, tegishli adabiyotlar, o'quvchilarning bilim olishdagi faoliyatlari o'rganiladi. Bundan tashqari sinf jurnali, o'quvchilaming kundaliklari, nazorat yozma ishlari va daftarlari o'rganiladi. Bu o'rganilganlarga asosan gipoteza yaratiladi. Avvalgi o'qitish uslublariga (material mazmuniga, tuzilishiga, o'qitish ketma-ketligiga, bayon qilish uslublariga, tajriba va texnika vositalaridan foydalanishga) muhim o'zgartirishlar kiritib o'qitish uslubi ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan uslub pedagogik eksperimentda sinab ko'riladi.
    Pedagogik eksperiment jarayonida ishlab chiqilgan yangi uslub va vositalaming samaradorligi, tanlangan material o'quvchilaming yosh xususiyatlariga mos kelishi, material hajmining ajratilgan vaqtga mos kelishi aniqlanadi.
    Pedagogik eksperiment bir necha yilgacha o'tkazilishi niumkin. Uni eng ko'p tarqalgan shakli bu eksperimental va nazorat sinflarida olingan natijalami solishtirishdan iboratdir. Eksperimental sinf yangi ishlab chiqilgan uslubda, nazorat sinfi avvalgi mavjud uslublarda o'qitiladi. Ishlab chiqilgan yangi uslub yaxshi natija bersa uni ommalashtiriladi.
    Har bir fanda bo'lgani kabi Fizika ta’limi texnologiyalari va tarixi fani ham ma'lum rivojlanish va shakllanish bosqichlarini bosib o'tdi. Uning tarixi uncha uzoq bo'lmay, fizikani o'rta o’quv yurtidailarda o'qitila boshlanganidan boshlanadi.
    Bu davrda olib borilgan ishlar natijasida quyidagilarga erishildi:
    1. Fizika gimnaziya va real o'quv yurtlarida mustaqil predmet sifatida o'quv rejalariga kiritildi.
    2. Fizika faqat ta'lim beruvchi predmet sifatida emas, balki rivojlantiruvchi funksiyasiga ega predmet sifatida ham tan olindi.
    3. O'quvchilami mustaqil kuzatish va laboratoriya ishlar o'tkazish joriy etildi.
    4. Gimnaziya va o'quv yurtlarining talablariga javob beruvchi fizikadan darsliklar yaratishga o'tildi.
    Qo'yilgan maqsadlardan eng muhimi fizika kursining ilmiy darajasini ko'tarishdan iborat edi. Buni amalga oshirishda ko'pgina olimlarning xizmati katta bo'ldi. Fizikadan fakultativ mashg'ulotlarga ham katta ahamiyat berildi. Unga oid o'quv dasturlar va qo'llanmalar chop etildi.
    Fizikaning va uning o'qitish uslubiyotining rivojlanishida Sharq olimlarining hissalari ham bor. Al-Farobiy, al-Beruniy, al-Xorazmiy, Qoshg'ariy, Ulug'bek va boshqa mutafak-kirlar olib borgan ishlari ancha salmoqlidir. Ibn Sinoning «Sharq Aristoteli», al-Beruniyning «O'rta Osiyo Kopernigi» deb atalishi ulaming fan sohasida olib borgan ishlarining qanchalik salmoqli ekanidan dalolat beradi.
    O'zbekistonda ham fizika va uning o'qitish uslubiyotining rivojlanishiga o'z hissalarini qo'shib kelgan va kelayotgan olimlarimiz kam emas. Ular fizikaning rivojlanishiga o'z his­salarini qo'shish bilan birga o'qitish uslubiyotini yaxshilash sohasida ham anchagina ishlar olib borganlar. Masalan, akademik R. Bekjonov fizika o'qitish uslubi bo'yicha bir necha shogirdlar chiqardi, bu sohada ishlayotganlarga o'zining qimmatli maslahatlarini berib bordi.
    O'zbekistonda Pedagogika fanlari llmiy tekshirish institutining tashkil etilishi fanlami o'qitish uslubiyotining rivojlanishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatdi. 1918-yilda tashkil etilib, hozir ham faoliyat ko'rsatayotgan «Xalq ta'limi» jumali fizika o'qitish uslubiyotining yaxshilanib, takomillashib borishiga katta hissa qo'shmoqda.
    O'zbekiston Milliy universiteti fizika o'qitish metodikasi va fizika tarixi kafedrasi E. Nazirov boshchiligida olib borilgan uslubiy ishlari alohida diqqatga sazovor bo'lib, Respublikamizda fizika o'qitish uslubi sohasida ishlayotgan oliygohlaming o'qituvchilari uchun yetarli va qimmatli material bo'lib kelmoqda va yoshlami ilmiy ishlarga yo'naltirmoqda. Bu kafedra ko'plab fan nomzodlarini yetishtirib chiqarmoqda. Hozirgi kunda fizika o'qitish uslubi bo'yicha B- Mirzaahmedov, D. Shodiyev, E. Turdiqulov kabi pedagogika fanlari doktorlari va ko'plab fan nomzodlari ish olib bormoqda.
    Shu kunga qadar ta'lim jarayonini yaxshilash sohasida qator ishlar qilinishiga qaramay, bu ishlarda ayrim kamchiliklar ham mavj'ud. U kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'rsatilgan bo'lib quyidagilami o'z ichiga oladi:
    — ta'limning uzluksiz tizimi muammolari yechilmagan;
    — o’quv yurtidailar, kasb-hunar o'quv yurtlarining moddiy bazasi juda nochor;
    — boshlang'ich ta'limga yetarli e'tibor berilmagan;
    — o’quv yurtidai, oliy o'quv yurti va boshqa ta'lim tizimlari uchun darsliklar talabga javob bermaydi;
    — umumta'lim o’quv yurtidailarida kasbga yo'naltirish va ta'limning amaliy yo'nalganligi yetarli emas;
    — umumta'lim va kasb-hunar dasturlari o'rtasida uzviylik va vorislik yo'q;
    — o'quv dasturlari zamon talabiga javob bermaydi.
    Bu kamchiliklar ta'lim tizimida fizika o'qitish jarayoniga ham salbiy ta'sir ko'rsatib, fizika o'qitish uslubiyoti oldiga qator muammolami qo'ydiki, ular o'quv jarayonining hamma sohasini o'z ichiga qamrab oladi.
    Fizika o'qitish tizimidagi o'zgarishlar munosabati bilan o'rta umumta'limning 6, 7, 8, 9-sinnarida fizika o'qitish umumta'lim o'quv rejasiga kiritilgan bo'lib, bu sinflarda o'quvchilar Davlat ta'lim standarti talablariga ko'ra fizika asoslariga oid quyidagi bilim, ko'nikma va malakalami egallashlari shart:
    — fizik hodisalar haqida tasavvurga ega bo'lishlari va ularni tahlil qila olishlari;
    — mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorug'lik, atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalami talab darajasida o'zlashtirishlari;
    — atamalarni, kattaliklarni va ulaming birliklarini, qonuniyatlarning formulalarini bilishlari va ularni qo'llay olishlari;
    — fizik hodisalarni kuzatish rejasini tuzishni va uni o'tkazishni hamda nalijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olishlari;
    — o'lchov asboblaridan foydalana bilishlari, o'lchash natijalarini tahlil qila olishlari;
    — mustaqil ravishda tajriba o'tkaza olishlari, tajriba natijalarini sxema, jadval, grafik ko'rinishda tasvirlay olishlari va xulosa chiqara olishlari;
    — buyuk allomalarimiz va ulaming fizika rivojiga qo'shgan hissalari haqida tasavvurga ega bo'lishlari;
    — darsliklardan, o'quv qo'llanmalaridan va qo'shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil bilim olabilishlari kerak.


      1. Download 77.03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 77.03 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Munadrija kirish I bob gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodlari

    Download 77.03 Kb.