Gumanitar yo’nalishda fizika o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari




Download 77.03 Kb.
bet3/8
Sana01.03.2023
Hajmi77.03 Kb.
#43850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287436244131775076
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
Gumanitar yo’nalishda fizika o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari.

Moddiy dunyoning turli-tuman predmet va hodisalarini o'rganish jarayonida inson ulaming mohiyatiga kira borib tushunchalar hosil qilib, ishni uni ta'riflashdan boshlamaydi. U ko'plab kuzatishlami, umumlashtirishni, qo'shish va tasavvurlami abstraksiyalash orqali, muhokama va xulosalaming uzun qatori orqali tushunchaning ta'rifiga keladi.
O'qitish jarayonida ham o'quvchilami asosiy tushunchalarga shunday olib kelish kerakki, ta'rifning tuzilishi, kim tomondan ko'rilgan fikrlash amallari (hodisa va predmet haqidagi tasavvurlami umumlashtirish, muhokama va xulosalar) bilan tayyorlangan bo'lishi, boshqa tomondan esa hodisa va predmetni to'laroq va har tomonlama o'rganishga, tushunchani boyitishga yo'l ochib berishi lozim.
Shuni ham aytish kerakki, tushunchaning turli tomonlarini ifodalovchi bir necha ta'rifini ham berish mumkin. Masalan, kuchni tezlanish beruvchi sabab sifatida va deformatsiyalovchi sabab sifatida ta'riflash mumkin. Har ikkala ta'rif ham to'g'ridir, chunki ikkalasi ham kuchning xususiyatlarini ifodalaydi (dinamik va statik ro'yobga chiqishini).
Ba'zi bir tushunchalaming to'g'ri va noto'g'ri ta'riflari bo'lib, ulami o'qituvchi qo'rqmasdan aytishi va bunday qarashlar orasida tortishuvlar bo'lgani, shu asosda fanning rivojlanish tarixi ko'rsatib boriladi.
Fanlaming rivojlanish tarixini o'rganish o'quvchilarga bizning bilimimiz nisbiyligi va ulaming hodisa va predmetlaming mohiyatini (tabiatini) to'laroq va aniq ochib borishdagi harakatiningabsolyutligini tushinishlariga imkon beradi. Masalan, o'qituvchi atomni "bo'linmas" ligidan boshlab yadro modeliga va undan kvant mexanikasi qonuniyatlariga olib kelish orqali bir tomondan "atom" tushunchasini shakllantirsa, ikkinchi tomondan o'quvchilar oldida inson fikrining qudratini va uning ilgarilanma harakat qonunlarini namoyon qiladi.
Fanning rivojlanish tarixi bilan tanishib borishning yana bir ahamiyati shundaki, o'quvchilar inson amaliyoti bi-limning haqiqiy mezoni ekanini tushunib yetadilar. Ular dunyoni o'rganadilar va u haqdagi bilimlarini shaxsiy amallarida sinab ko'radilar. Nazariyachilar atom modelini o’zlarining qiziqishlarini qondirish uchun emas, balki ishlab chiqarish, qishloq xo'jaligi, tibbiyotni, ya'ni insonlaming ko'plab amaliy faoliyatlari tomonidan qo'yilgan pasalalami hal qilish uchun o'rganadilar. Uning (g'oyaning) to’g'ri yoki noto'g'riligini yana shu amaliy faoliyatlar tasvirlab beradi.
Bulardan ko'ramizki, o'quvchilar fanlaming rivojlanish tarixini o'rganish orqali to'g'ri va noto'g'ri fikrlaming tug’lishi va ularorasidagi tortishuvlar bilan tanishadilar. Buni tushunchalarmi shakllantirishda, noto'g'ri fikrlarga tanqidiy ko'z bilan qarashga o'rgatishda, fikrlash qonunlarini va inson amaliyotining bilimlaming haqiqiylik mezoni ekanini o'zlashtirishda ahamiyati kattadir. O'quvchilar bu (fan tarixi) orqali inson amaliyotining juda katta ahamiyatga ega ekanini ko'rib boradilar va bar bir tushuncha, g'oya amalda tasdiqlangandan keyingina to'g'ri ta'riflanishi mumkinligiga ishonch hosil qiladilar.
Tekshirilgan sodda ta'riflar tushunchaning keyingi shakllanish jarayonida umumlashgan keng ta'rifga aylanadi. Unda sodda ta'rifda berilgan bitta asosiy belgi emas, balki hodisaning bir necha asosiy belgilari o'z aksini topgan bo'ladi.
Biz yuqorida kuchning tezlanish yoki deformatsiya orqali tariflanishini aytgan edik. Umumiy ta'rifni ham tezlanish, ham deformatsiyalovchi sabab sifatida beramiz.
Umumiy ta'rif tushunchaning asosiy belgilarini xarakterlabgina qolmay, uni tushunchalar sistemasiga kiritish masalasini ham hal qiladi va tushunchalar orasidagi bog'lanishlami o’rnatadi. Bu tushunchalar orasidagi umumiy bog'lanishlar moddiy dunyo hodisalari va predmetlari orasidagi umumiy bog'lanishlami aks ettiradi.
Tushunchaning boshqa tushunchalar bilan asosiy bog'lanishlarini o’rnatishda tushunchani mantiqiy umumlashtirish muhim rol o'ynaydi. Tushunchalami shakllantirishda fikr yuqoriga va pastga yana pastdan yuqoriga harakat qiladi (xususiydan umumiygie yana umumiydan xususiyga).
Umumlashtirish, ya'ni berilgan bir tushunchadan umumiyroq tushunchaga o'tish bir ko'rinishda sodda amalga o'xshaydi. Gap shundaki, tushunchani umumlashtirish turlil yo'nalishlarda borishi mumkin. Tanlangan yo'nalishdan adashmasdan borish lozim.
Umumlashtirish jarayonini pog'onalarga (bosqichlarga) o'xshatish mumkin. Ulaming soni quyidan ham, yuqorida ham chegaralangandir. Quyi chegarasida berilgan predmete hodisa haqida ayrim tushunchalar turadi. Yuqori chegarada "predmet", "obyekt", "hodisa" kabi, ya'ni eng umumiy bog'lanish va aloqalami ochib beruvchi umumiy tushun-chalarga kategoriyalarga kelamiz. Umumlashtirishda bar bir yangi, umumiyroq tushuncha bir necha sodda tushunchalami o'z ichiga oladi. M. "Mebel" tushunchasi "stul", "shkaf, "krovat" kabi tushunchalami o'z ichiga oladi.
Bundan ko'ramizki, bir umumiy tushuncha bir necha sodda tushunchalarga bo'linib ketadi. Bunday bo'linishlar bilan o'quvchilar o’quv yurtidaida tanishib boradilar. Masalan, hamma burchaklar o'tmas, o'tkir va to'g'ri burchak-larga bo'linishini, harakat to'g'ri chiziqli va egri chiziqlilarga bo'linishini biladilar. O'quvchilar eng soddadan murakkabgacha bo'lgan tasnif bilan tanishadilar. Buning asosida tushunchalaming umumlashtirilishi va bo'linishi yotadi.
O'quvchilarga qo'yiladigan savollar shunday bo'lishi kerakki, ular tavsiflanadigan hodisa va tushunchalaming belgilarini aniqlash, tavsiflashda tushunchalami umumlashtirish va bo'linishining asosida yotuvchi belgilami aniqlash fikrini uyg'otsin.
Masalan, "qaysi elementlar metallarga kiradi?" degan savol o'quvchilar bilimini chuqurlashtirish va kengaytirishga yordam bermaydi. Savollami quyidagi mazmunda berish maqsadga muvofiqdir: "Hodisalarni bir guruhga to'plash imkonini beruvchi umumiy belgilarini aytib bering", "Bir guruhni tashkil qilgan predmetlar bir-biridan nima bilan farq qiladi?"
Har qanday ilmiy tavsiflash tushunchalaming maxsus bir sistemasini tashkil qiladi. Bu sistemada tushunchaning o mini aniqlash uni shakillantirishning va shu sistemadagi boshqa tushunchalar bilan birga mustahkam o'zlashtirishning asosiy shartidir.
O'quvchilar tushunchaning ta'rifmi yaxshi o'zlashtirishlari uchun bu tushuncha tarkibiga kiruvchi va ta'riflanuvchi tushunchaning mazmunini ochib beruvchi sodda tushuncha ya'ni tushunchalar sistemasidagi tayanch tushunchalarini oldindan yaxshi o'zlashtirgan bo'lishlari lozim.
Umumiy tushunchani hamisha sodda va xususiy tushunchalar orqali to'la ochib berish amalda mumkin emas, lekin unga yaqinlashib borilaveradi.
Shunday qilib, fan asoslarini o'zlashtirishda avval sodda tayanch tushunchalar o'rganilib, keyin ulami o'z ichiga oladigan, ya'ni tayanch tushunchalar asosida ta'riflanadiganj kengroq tushunchalarga o'tib boriladi. Yuqori va quyi darajali tushunchalaming biridan ikkinchisiga o'tish kengaytirilgan ta'riflami tuzish orqali amalga oshiriladi.
Soddadan umumiyga o'tib boruvchi tushunchalar sistemasining asosini tashkil qiluvchi tayanch (sodda) tushunchalar hodisa va predmetlami aks ettiradi. Bu hodisa va predmetlardan o'quvchilar amaliy faoliyatlarida keng foydalanib boradilar, natijada ulaming mahoratlari va malakalari ortibj boradi. O'quvchining qat'iy faoliyati bilan tushunchaning birikishi natijasida nazariya bilan amaliyotning birligi muammosi yechiladi. Bu yerda fikr ishni jonlantiradi, ish esa, fikmi boyitadi. Masalan, o'quvchi fizika kursini o'rganishj jarayonida umumiy "harakat" tushunchasini o'rganadi. Masala yechish , laboratoriya ishlarini bajarish vaqtida mexanik harakatning qat'iy faktlari (tushunchalari), ya'ni "harakat"ning sodda tushunchalari bilan ish ko'rib boradi. Bu sodda I tushunchalar o'quvchi faoliyatida amaliy ishlar (tezlik, trayektoriyani hisoblash, tajriba qo'yish, ...) bilan birikadi.il Shu bilan birga real qat'iy tasavvurlar singib boradi vae o'quvchi o'z amaliyotida harakat qonunlarining asosiyl g'oyalarini tekshirib boradi. Bu yerda o'qitishning eng muhimj masalasi, ya'ni o'qitishdagi nazariya bilan amaliyotning organik birligi yechiladi. Fikr, muhokama, xulosa va tushuncha, amaliyot, mahorat va malaka ish bilan uzviy birikib ketadi.
Aytilganlardan ko'ramizki, tushunchalami shakllantirishdagi o'qituvchi ishini ko'p hollarda quyidagicha bosqichlarda olib borish maqsadga muvofiqdir:
a) Kuzatishlami to 'plash va yangi tushuncha kiritishga asos yaratish. Yangi tushunchani o'rganishda zarur bo'lgae tushunchalami avval shakliantirish lozim. Masalan, 6- sinfda massa tushunchasini kiritish uchun avval mexanik harakat, tezlik, jismlaming o'zaro ta'siri haqidagi tushunchalami kiritish lozim.
b) O'quvchilar ongida yangi tushunchani ta 'minlovchi qat 'iy sharoitni tanlash va uning ilmiy tahlili. Tasavvur tushunchaga aylanishi uchun o'quvchi to'plagan dalillar va kuzatishlami mantiqan solishtirib, undan xulosalar chiqara olsinlar.
d) O'rganilayolgan hodisaning tahlili va uning boshqa hodisalar bilan bog'lanishi. Bu bosqichda avval o'quvchilar to-monidan hodisani so'z bilan aniq tasvirlab berishlariga erish-moq lozim. Keyin hodisani tasvirlovchi kattaliklar kiritilib, ulami o'lchash usullari ko'rib o'tiladi. Kiritilgan kattalik matematik amallar bajarish orqali o'quvchilarga ma'lum bo'lgan kattaliklar bilan ifodalanadi. Uni o'lchash usuli va o'lchov asboblari bilan o'quvchilar tanishtiriladi.
g) Hodisani ta'riflash. O'rganilayotgan hodisaning xos-salarini xarakterlovchi sifat va miqdoriy tomonlari o'rganilgandan keyin u haqdagi tushuncha so'z bilan ta'riflanadi. Bunda sodda ta'riflardan (tushunchalardan) kengroq ta'riflanadigan tushunchalarga o'tib boriladi.
f)Tushunchani rivojlantirish va aniqlashtirish. Tushunchani aniqlashtirish umumlashtirishni yuqori darajada ta'minlaydi, ya'ni tushunchani boshqa tushunchalar bilan bog'lanishini va uning qo'llanish chegarasini,... aniqlab beradi. Bu vaqtda aniq fikr predmet haqidagi chuqur va mazmunli bilimga aylanadi; u abstrakt bilimdan ustun bo'ladi, chunki u hodisaning turli asosiy tomonlarini va ulaming bog'lanishini aks ettiradi, predmetni ko'p tomondan o'rganishni o'z ichiga oladi.
Fizik tushunchalami shakllantirishda o'quvchilarlaming fikrlash qobiliyatlarini faollashtirish katta ahamiyatga ega. Buni amalga oshirishda mashqlarva laboratoriya ishlarini bajarish lat muhim ahamiyatga ega.
Fizik tushunchalami shakllantirishning yuqorida aytib o’tilgan bosqichlari hamma vaqt ham o'sha tartibda va hammasi to'la bajarilavermaydi. Ba'zi tushunchalami o'rganishda bosqichlar tartibi o'zgarishi ham mumkin.



Download 77.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 77.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gumanitar yo’nalishda fizika o’qitish metodikasining asosiy masalalari, ilmiy, ta’lim-tarbiyaviy dunyoqarashlari

Download 77.03 Kb.