Munadrija kirish I bob gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodlari




Download 77.03 Kb.
bet6/8
Sana01.03.2023
Hajmi77.03 Kb.
#43850
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5287436244131775076
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, Abdiyxamidova Soniya, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
Fizika kursining tuzilishi. Fazo, vaqt, tezlik, massa, energiya, elstiklik, tempratura, elektr o’tkazuvchanlik, jismlarning rangi va texnikada eng umumiy va ―universal‖ hisoblanadi. Ularni o’zlashtirish murakkab jarayondir. Shuning uchun bu va boshqa fizikaviy tushunchalarni o’zlashtirishni ilmiy rivojlantirish uchun uzoq vaqt talab qilinadi. Shu sababli fizika kursini ikki bosqichli qilib o’qitish ko‘zda tutilgan.
O’rta umumiy ta‘lim maktabida o’zlashtirish uchun sodda bo’lgan o’quv materiali: tekis harakat mexanikasi, gidro va aerostatistika, issiqlik va elektr hodisalari kiritilgan. Kursning bu bosqichida shakllanish va rivojlanish uchun uzoq vaqt talab qiladigan-tezlik, massa, kuch, og’irlik, energiya, ish, temperatura singari tushunchalar o’rganila boshlanadi. Shuningdek, fizika kursining asosiy qismiga bosimning, jism massasining (moddaning zichligi va hajmiga ko’ra), massasining (moddaning zichligi va hajmiga ko’ra), jism og’irligining (massasiga ko’ra) gidrostatik bosim Arximed kuchi, mexanizmning F.I.K., jismni isitish uchun kerak bo’lgan issiqlik va fazoviy o’tishlar, oddiy elektr zanjirining qarshiligi, ish va quvvat (mexanik va elektr kuvvati) ning elementar hisoblari kiritiladi.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining fizika kursiga murakkab masalalar kiritilgan. Chunki ularni o’zlashtirish uchun o’quvchilar saviyasi yuqoriroq saviyada rivojlangan va matematik tayyorgarligi yaxshi bo’lishi kerak. Bu yerda tezlanish, elektr maydonining kuch va energetik xarakteristikalari, magnit induktsiyasi, E.Yu.K., Lorents kuchi, tebranish va to’lqinga doir bir qator boshqa fizikaviy tushunchalar kiritildi. Boshlang‘ich fizika kursida shakllana boshlagan massaning gravitatsiya xossalari, og’irlik, vaznsizlik va o’ta yuklanish; tempraturani molekulyar-kinetik tarzda (miqdoriy) tushuntirish, ideal gaz parametrlarining o’zgarishida ichki energiyasining o’zgaruvchanligi; turli xil moddalarning o’tkazuvchanlik mexanizmlari va ferromagnitlarning magnitlanishi kabi tu-shunchalar rivojlantiriladi. Jismlarning harakat trayektoriyasi, birinchi kosmik tezlik, induktsiya, E.Yu.K kattaligi, elektr maydoni energiyasi kabi murakkab hisoblashlar bajariladi hisoblashdir. Nihoyat, kursning ikkinchi bosqichida: Nyuton qonunlari, gazlar molekulyar-kinetik nazariyasi, elektromagnit maydon, fizikaviy optika, nisbiylik nazariyasi asoslari, atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi kabi kursning yangi bo’limlari o’rganiladi. Shunday qilib, fizika o’qitish maktabda, litsey va kasb-hunar kollejlarida bilimlarning bog’lanishi va rivojlanishini ta‘minlovchi yagona kursni tashkil etadi.

Download 77.03 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 77.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Munadrija kirish I bob gumanitar yo’nalishda fizika fanini o’qitish metodlari

Download 77.03 Kb.