• Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.
  • Oliy ta’lim mutaxassislarini tayyorlash jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalari




    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/9
    Sana15.01.2024
    Hajmi1.05 Mb.
    #137433
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    TOG;RI CHIZIQLI TENGLAMALAR, Virtual o\'yinlarning yoshlar ongiga ta\'siri, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali, 13-amaliy mashg`ulot. Kichik siljishlar uchun optoelektron o‘zga-fayllar.org
    FAN VA TA’LIM 


    Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 296
    samarali faoliyat yuritishi uchun har qanday iqti-
    sodiy sharoitda xodimlarni oʻqitishni davom ettiri-
    shi zarur hisoblanadi, hatto juda kichik byudjetga 
    ega boʻlishiga qaramasdan, zamonaviy tashkilotlar 
    doimo xodimlarning kerakli malakasini saqlab qo-
    lishlari kerak. 
    Shu bilan birga, tanlangan ta’lim usullarining 
    uzoq muddatli ta’siri va ular qoʻllanadigan shartlar, 
    xodimlarni oʻqitishning muayyan usullaridan 
    foydalanish zarurati va oqilona darajasi, belgi-
    langan maqsadlardan xabardorlikni hisobga olish 
    juda muhimdir. 
    Oʻtgan yillarda tashkilotlar tomonidan xodim-
    larni rivojlantirish uchun masofaviy ta’limdan faol 
    foydalanila boshlandi. Xodimlar bilan ishlashda ma-
    sofaviy ta’limdan foydalanish juda xilma-xil va koʻp 
    qirrali mavzudir. Masofaviy ta’lim tizimlarining 
    koʻplab turlari mavjud, biroq bugungi kunda biznes-
    da ishlatilishi mumkin boʻlganlarning umumiy qa-
    bul qilingan tasnifi mavjud emas. Masofaviy ta’lim – 
    juda xilma-xil hodisa. Inson faoliyatining koʻplab 
    sohalarida qoʻllaniladi. 
    Tashkilot tomonidan olib boriladigan masofa-
    viy ta’lim jamoani birlashtirish, muammoli vaziyatni 
    hal qilish, koʻplab biznes-gʻoyalarni aniqlashga qo-
    dir. Masofaviy ta’lim davomida boshqaruv oʻz xo-
    dimlarining 
    yetakchilik, 
    analitik, 
    tashkiliy 
    qobiliyatlarini qadrlashi mumkin. Biroq masofaviy 
    ta’lim savodsiz ravishda amalga oshirilsa, bu, 
    masala, 
    ishtirokchilardan 
    birining 
    ishdan 
    boʻshatilishiga olib kelishi mumkin. 
    Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. 
    Masofaviy 
    oʻqitishning texnologiya elementlari, hatto, yuz yil-
    lardan beri koʻrib kelinadi. Bunga Rossiya tajribasi-
    dan misol qilib, general A.M.Shanyavskiy nomidagi 
    Moskva Xalq Universiteti, Naxotka shahridagi 
    Morexodnaya maktablarini olish mumkin. Bu yerda 
    V.P.Chernov 1987-yili masofaviy oʻqitishni joriy 
    etgan [2-3]. 
    Oʻzbekiston Respublikasida, chet ellarda boʻl-
    gani kabi, masofaviy taʻlim tizimining rivojlanishi 
    XX asrning 90-yillari oʻrtalariga toʻgʻri keladi, shu-
    ning uchun hozirgi vaqtda yurtimiz oliy oʻquv yurt-
    larida axborot texnologiyalaridan foydalanish salo-
    hiyatiga ega boʻlgan, professional kadrlar paydo 
    boʻldi, masofaviy taʻlim tizimini tashkil etishda 
    ilmiy-uslubiy tajriba toʻplandi.
    Shu oʻrinda masofaviy taʻlim tizimining ta’rif-
    larini koʻrib chiqsak: 
    Masofaviy taʼlim keng maʼnoda oʻquv pred-
    metlarini bir-biridan uzoqlashtirishda telekommu-
    nikatsiya uskunalari yordamida amalga oshiriladi-
    gan taʼlimning oʻziga xos shakli sifatida tushuniladi 
    (A.A.Andreyev [7], Ye.S.Polat [6], A.V.Xutorskoy [5] 
    va boshqalar). 
    Masofaviy oʻqitish har qanday boshqa fao-
    liyat turi kabi mantigʻiga muvofiq qurilgan, ammo 
    masofaviy oʻqitish texnologiyalari yordamida amal-
    ga oshiriladigan oʻziga xos oʻquv jarayoni, oʻzaro 
    taʼsir jarayonidir (A.A.Andreyev [7]. V.I.Dobren-
    kova [4] va boshqalar). 
    L.D.Stolyarenko pedagogik faoliyatni boshqa 
    faoliyatning murakkab tashkil etilgan tizimi sifatida 
    tushunadi (oʻqituvchining faoliyati, metodistning 
    faoliyati, oʻqitish usullari va metodlarini ishlab chi-
    qish, oʻquv vositalarini tanlash va rivojlantirishga 
    qaratilgan faoliyat, dasturlash, oʻquv dasturlarini 
    tuzish) [1]. 
    S.I.Tarasova pedagogik faoliyatni oʻz-oʻzini 
    tashkil etuvchi tizim sifatida tavsiflaydi, murakkab, 
    chiziqli emas, muvozanatsiz, professional va qayt-
    mas oʻzgarishlarni oʻz ichiga oladi [17]. 

    Download 1.05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim mutaxassislarini tayyorlash jarayonida masofaviy ta’lim texnologiyalari

    Download 1.05 Mb.
    Pdf ko'rish