• Ho‘l tuzlangan xom ashyoni ivitish
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/133
    Sana09.12.2023
    Hajmi1,97 Mb.
    #114619
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133
    Bog'liq
    CHARM VA MO’YNA TEXNOLOGIYASI

    5.1.2. Ivitish 
    Xom ashyoni suvda ishlov berish (ko‘pchilik hollarda 
    elektrolitlar qo‘shiladi) ivitish deyiladi. Ivitishning maqsadi – 
    konservalangan terilarni yuqori darajada toza so‘yilgan holatga 
    keltirishdan iborat. Ivitish jarayonida xom ashyodan konservalash 
    moddalari, qon, iflosliklar va erigan oqsillar (albuminlar va 
    globuminlar) ajralib chiqadi. Teri oqsillari suv bilan o‘zaro birikib 
    unda bo‘kadi.
    Ivitish jarayonida teri oqsillari suv bilan bog‘lanib ikki xil 
    bog‘lanish paydo qiladi: birinchi bog‘lanishda suv teri oqsili bilan 
    bog‘lanib issiqlik ajratadi, bu gidratatsiya suvi deb ataladi. 
    Gidratatsiya suvi oqsillarning 20–60 %gacha suvni bog‘lab oladi. 
    Bu gidratatsiya suvi – 20
    0
    С haroratda muzlamaydi va biror narsani 
    o‘zida eritmaydi. Ba’zi olimlarning aytishicha, gidratatsiya suvi 
    kollagendagi qutbli guruhlar bilan mustahkam bog‘lanadi.
    Ikkinchi turdagi suv bo‘ktirish suvi bo‘lib, ularni mexanik 
    ta’sir yordamida oson ajratish mumkin. 
    Ivitishni to‘g‘ri olib borish: xom ashyoning qalinligi va 
    maydoni bo‘ylab tekis ivilishini; oqsil moddalarini kamroq ajralib 
    chiqishini; tuz va konservalash moddalarini butunlay xom ashyodan 
    ajralib chiqishini hamda xom ashyoni bakteriyadan va jun 
    tushishidan (ayniqsa, mo‘yna terilaridan) himoya qilishini 
    ta’minlaydi.
    Ivitish jarayoni quyidagilarga:
    a) konservalangan xom ashyoning turiga;
    b) xom ashyoning xossalariga va holatiga;
    v) ivitish suyuqligining tarkibi va holatiga ; 
    g) harorat, suyuqlik koeffitsienti, ivitish davomiyligi va 
    mexanik ta’sirlarga bog‘liq. 


    60 
    Ho‘l tuzlangan xom ashyoni ivitish 
    Ho‘l tuzlangan xom ashyoni ivitish, boshqa turdagi 
    konservalashdan ko‘ra osonroq. Bunga sabab, ho‘l tuzlangan xom 
    ashyoning tarkibida suv ko‘pligi va terilar mikrostrukturasi kam 
    o‘zgarganligidadir. Ho‘llash jarayoni tezroq boradi, ya’ni xom 
    ashyo 3–4 soat ichida butunlay iviladi. Lekin ivitish terilar qalinligi 
    bo‘yicha bir xil borishi uchun, ivitish uzoq muddat davom etishi 
    zarur. Ivitiladigan suvlar tarkibida osh tuzi bo‘ladi. Konservalangan 
    xom ashyodan osh tuzi tez fursatda suvga o‘tadi, lekin bir qism osh 
    tuzi yuvilmay qoladi va oqsillar bilan ular mustahkam bog‘lanadi. 
    Bu tuzlar oqsillarning aktiv guruhlari bilan kimyoviy bog‘lar hosil 
    qilib ajralib chiqmaydi. 
    Moskva charm texnologiyasi markaziy ilmiy tadqiqot instituti 
    xodimlarining ilmiy tadqiqot ishlariga asosan, xom ashyo toza 
    suvga solinsa, tuzlar tez suvga o‘tib, ichki qatlamdagi tuzlar 
    diffuziyalanishi qiyin bo‘ladi, natijada xom ashyoni ivitish bir xil 
    bo‘lmaydi, shuning uchun ivitish jarayonini ikki xil bosqichda olib 
    borish zarur bo‘ladi: 
    1. Xom ashyoni tuzli suvga ivitish. Bunda xom ashyodagi 
    tuzlar asta-sekin suvga o‘tadi va bunda suvda eriydigan 
    oqsillar tuzli suvda yaxshiroq eriydi. 
    2. Xom ashyoni suvda ivitish. 

    Download 1,97 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   133




    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti temirova m. I., Musayev s. S

    Download 1,97 Mb.
    Pdf ko'rish