|
Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash
|
bet | 15/33 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #159179 |
Bog'liq majmua oziq ovqat biotexnologiyasiDonning naturasini 20 litrli purkada aniqlash.
Purkaning o’lchagich sig’imi 20 l ga mo’ljallangan. U ikkita rels ustida donni to’ldirish joyidan tarozigacha va teskari yo’nalishda osongina harakatlanadi. Purka to’ldirgich (quyuvchi varonka), tekislovchi pichoq, tarozi toshlari, don solinadigan idish (24 l) lardan tashkil topgan. Donni solishdan avval o’lchagich tayanchgacha harakatlantirilib tiraladi. Quyuvchi varonkaning pastki teshigi to’sgich yordamida yopiladi. Tarozi pallalarining to’xtashiga mo’ljallangan moslama bilan jihozlangan. Idishga 24 l don solinadi. Idish ko’tarilib, pastki to’sgich bilan yopilgan varonkaga don quyuladi. Shundan so’ng to’sgich ochilib, don o’lchagichni to’ldiradi. Tekislovchi pichoq siljitilib, ortiqcha don tushiriladi va don bilan to’ldirilgan o’lchagich tortiladi. O’lchashda hisobni osonlashtirish maqsadida kilogrammli toshlar pallaning pastki qavatiga, grammli toshlar esa yuqorigi qavatiga qo’yiladi. Donning har qaysi namunasi bo’yicha natura ikki marta aniqlanadi. 20 litrlik purkadan ikkita parallel nazorat va orbitraj aniqlashlar orasidagi farq suli uchun 35 g/l boshqa barcha ekin donlari uchun 20 g/l dan oshmasligi kerak. Bunda namunalar 10 g miqdordagi aniqlik bilan tortiladi. Donning naturasi GOST 10840 – 64 ―don naturasini aniqlash‖ bo’yicha berilgan usullarda aniqlanadi. Donning xajmiy oirligi donning asosiy unboplik xossalarini baholovchi ko’rsatkich hisoblanadi: xajmiy og’irlik qanchalik yuqori bo’lsa, bu dondanshunchalik ko’p un olish mumkin. Don tarkibidagi begona aralashmalar xajmiy oirlikni noto’ri ko’rsatadi,shuning uchun begona aralashmalarni ajratish maqsadida aniqlanayotgan don diametri 6 mm bo’lgan elakdan o’tkaziladi. Donning namligi yuqori bo’lsa, uning xajmiy oirligi pasayadi. Don naturasining ko’rsatkichidan bog’liq holda asosiy ekinlarning donlari bo’yicha qaraladi.
9-Labaratoriya masg’uloti Dondagi aralashmalar miqdorini aniqlash.
DONNING IFLOSLIGINI ANIQLASH USULLARI VA JIHOZLARI
1979-yilda don qabul qilish korxonasi sifatida tashkil qilinib ,
ishlab chiqarish sexlari qurilib yirik tashkilotga aylantirilgan . 1982-yilda guruch
sexi qurib ishga tushirilib “ Bog’ot guruch zavodi” deb , 1984-yilda omuxta-yem
ishlab chiqarish sexi qurilib ishga tushirilib,“Bog’ot don mahsulotlari kombinati”
deb nomlangan . 1996-yilda un tegirmoni qurilib ishga tushirilgan.“ Bog’ot don
mahsulotlari kominati” 1994-yilning 30-dekabrda O’zbekiston Respublikasi
Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo’llab quvvatlash ko’mitasi Xorazm
hududiy boshqarmasining N-438 sonli buyrug’I bilan “Bog’ot-don” ochiq
aksionerlik jamiyatiga aylantirilgan.Hozirgi kunda jamiyat nizom jamg’armasi
miqdori 1949520ming so’mni tashkil qilib , nominal qiymat 800 so’mdan bo’lgan
2436900 dona aksiyadan iborat.
Donni iflosligi. Dondagi aralashmalar tasnifi.
Dоnning iflоslanganligi dеb uning tarkibidagi bеgоnaaralashmalarning fоiz хisоbidagi miqdоriga aytiladi. Dоn tarkibidagiiflоs aralashmalar bеgоna va dоnliga bulish mumkin. Dоnli
aralashmalar uning miqdоriga ko`prоq ta’sir ko’rsatsa, bеgоna aralashmalar dоnning sifatiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. Don qabul qilish korxonalari, un yorma, omixta yem korxonalariga keltiriladigan don partiyasi asosiy don vaturli miqdordagi turli aralashmalardan iborat don massasini tashkil etadi. Oziq-ovqat,yem va texnik maqsadlarda ishlatiladigan don partiyasidagi barcha qattiq komponentlardaniborat don massasini ikki guruhga koʼz bilan ajratish mumkin.
1. Аsosiy don boʼlib undan mahsulot olinadi.
2.Аralashmalar boʼlib, ularning ayrim qismlaridan mahsulot olinmaydi, ayrim qismining
cheklangan miqdori asosiy don bilan birga qayta ishlanishi mumkin.
Keraksiz aralashma. Keraksiz aralashma tarkibga quyidagi aralashmalar fraktsiyasi kiradi.
Mineral aralashma - tuproq, mayda tosh, qum va boshqalar. Bu aralashmalar don massasiga yigʼim
terim davrida, xamda donni ifloslangan transport vositalarida tashish vaqtida tushishi mumkin.
Mineral aralashma donni tozalash davomida butunlay ajratib olinishi kerak. Chunki mineral
aralashmaning unda yoki yormada boʼlishi non, un, boʼtqani isteʼmol qilishda tishda gʼirchilash
hosil qiladi, bu esa mahsulotni sifatsiz deb baxolashga sabab boʼladi.
Organik aralashma. Bu guruxga quyidagi aralashmalar kiradi: oʼsimlik ildizi poyasi,
boshoq gul qobigʼi va qiltiqlari boʼlaklari. Bu aralashmada chang va mikroorganizmlar
koʼplab toʼplanadi.
Mayda teshikli elakdan oʼtgan qoldiq (bugʼoy va javdar
uchun dimametr 1 mm). Mineral va organik aralashmalarning mayda qsimlaridan, mayda
yovvoyi oʼsimlik urugʼlari va donning mayda boʼlaklaridan iborat.
Donli aralashmaga kiritilmagan madaniy oʼsimliklar urugʼlari. Bular asosiy dondan morfologik alomatlari va kimyoviy tarkibi boʼyicha farqlanadi. Bu aralashma don qayta ishlaganda, mahsulot sifatni pasaytirishimumkin.
Yovvoyi oʼsimliklar urugʼlari. Bular don ekinlari ichida oʼsib, hosilni kamaytiradi, don massasini ifloslantiradi, saqlash davomida donni qizishiga sabab boʼladi
Sifati buzilgan asosiy don. Don endospermi chirigan, mogʼorlagan, kuygan. Bunday donlar
endospermi qimmatsiz boʼladi, noxush taʼmi va xidga ega boʼladi. Don qobigʼi oʼzgargan, endosperm rangi qoraygan boʼladi. Bu aralashma dondan olinadigan mahsulot sifatini keskin pasaytiradi.
Yeyilgan don - xashoratlar yegan, faqat qobigʼi qolgan.Bunday don xech qanday oziqaviy qiymatga ega emas Zaxarli aralashma - qora kuya (sporonya, golovnya) ugritsa, vyazel, raznotsvetnoy, gorchak rozovoʼy, gorchak-soforu, moʼshatnik (afsonik), plevel opьyanyayuhiy
(mastak), geliotrop opushennoplodnoʼy (tuyaqorin, xazarang), trixodesma inkanum (kampirchopon).
Yuqorida nomlari qayd etilgan arashmalar tarkibida zaxarli moddalarning boʼlishi xayvon va inson organizmi uchun xavf tugʼdiradi.
50% asosiy donga kiritiladi. Qizish yoki quritish natijasida shikaslangan asosiy don.
Saqlash davomida oʼz-oʼzidan qizigan yoki nam donni notoʼgʼri quritish natijasida, don
qobigʼining, rangi oʼzgaradi, don endospermi ham qisman shikastlangan boʼlishi mumkin.
Bunday don yaxshi saqlanmaydi, tayyor maxsulot sifatiga salbiy taʼsir etadi.Unib chiqqan asosiy don. Bunday donlar qobigʼining rangi oʼzgargan, murtakdan maysa unib chiqqan, boʼrtgan boʼladi. Saqlash davomida unib chiqish jarayoni davom etadi, don massasining texnologik sifatini pasaytiradi. Puch donlar - bunday oʼsimlik donlari yaxshi rivojlanmagan, oʼlchamlari kichkina, ustki qismi notekis, qobigʼi yaxshi rivojlanishi natijasida, endosperm kuchsiz rivojlangan. Puch donlar yetilishi davomida noqulay sharoitda, masalan qurgʼoqchilik natijasida xosil boʼladi.
DONNING IFLOSLIGINI АNIQLASH USULLARI Dоn massasining iflоslanganlik darajasini aniqlash uchun o`rtacha namunadan yirik aralashmalarning hammas i(tоsh, yirik kеsaklar, o`simliklar pоyasining bo`lakchalari vabоshqalar) tеrib оlinadi va tarоzida tоrtiladi, ular o`rtacha
namunaning оq`irligiga nisbatan nеcha fоizni tashkil etishi aniqlanadi. Aniqlangan yirik aralashmalar fоizi urug`ining tоzaligi taхlil qilinganda chiqadigan chiqindiga qo`shiladi.
Dоnning iflоslanganligini aniqlashda mayda aralashmalar lupa yordamida tоpiladi.
Bug`dоy, javdar, arpa, suli, shоli, makkajo`хоri, kungabоqar dоnlari albatta elakdan o`tkaziladi.
Dоn namunasi elakdan o`tkazilgandan kеyin оlingan ikkala fraksiya ayrim-ayrim tеkshiriladi, taхlil natijalari jamlanadi. Оlingan dоn оq`irligidan chеgirib tashlash yo`li bilan tоza dоnning оq`irligi aniqlanadi. Iflоslanganlik 0,01 gacha aniqlikda bo`lib, fоiz bilan ifоdalangan bo`lishi kеrak.
Dоn partiyasining zararkunandalar bilan zararlanganligi uni qabul qilishda, jo`natishda va saqlashda aniqlanadi. Zararkunandalar dоn massasiga miqdоr va sifat jiхatdan salbiy ta’sir ko`rsatadi. Shu sababli Davlat standartida zararkunandalar bilan zararlanish haqidagi ma’lumоt muhim ko`rsatkich qilib оlingan. Dоn massasida turli хasharоtlar va kanalar bo`lishi mumkin. Kеltirilgan zarar bo`yicha хashоratlar kanalardan ustun turadi. Shu sababli Davlat standartida хashоratlar bilan zararlangan dоn massasi kоnditsiyasiz, ya’ni ishlatishga yarоqsiz хisоblanadi. Dоn qabul qilish kоrхоnalarida хashоratlar bilan zararlangan dоn partiyasi qabul kilinmaydi. Kanalar bilan zararlanish
standartda ruхsat etiladi. Bunday dоn partiyasi sоtish bahоsidan ma’lum summa chеgirish bilan qabul kilinadi. Zararkunandalar sоni 1 kg dоnda namunani elakdan o`tkazib aniqlanadi. Bunda tirik zararkunandalar sоni hisоbga оlinadi. Qolganlari esa bеgоna aralashmalarga kiritiladi. Kana va uzuntumshuqlar sоniga qarab dоn partiyasining zararlanish darajasi aniqlanadi.
Ishlash tartibi: bug’doy, javdar, arpa, suli va sholining ifloslanishini aniqlashda 50 gr olinib, 6 mm.li G’alvirga solib tozalanadi. Shundan so’ng g’alvir to’plamini ustiga quyiladi va iflosligi
aniqlanadi. 1-vazifa. Buning uchun bir qator kattalikdagi g’alvirlardan foydalaniladi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi. 1 mm g’alvir va uni ostidan mayda donlarga muljallangan (bug’doy uchun 1,7x20, javdar uchun 1,4x20, arpa uchun 2,2x20 mm) g’alvirlar tuplami ustidan qopqoq bilan yopiladi. G’alvirlar ustma-ust qo’yilganda cho’zinchoq teshiklari bir-biriga to’g’ri kelishi kerak. Elash qo’lda yoki mexanik usulda amalga oshiriladi. Ko’lda bir tekis elash tavsiya etiladi.
Elash kengligi 10 sm.dan ortmasligi kerak. Xar bir elakdagi aniqlash taxtasiga to’kilib, qo’lda ajratiladi. Begona va donli aralashma qismlariga bo’linadi. Аjratilgan fraktsiyalar tortilib, ularning miqdori aniqlanadi. Bunda 0,1 foiz aniqlikda olinadi xamda quyidagi formuladan aniqlanadi:
X=T1*100%/T Bu yerda :T1=aralashma fraksiya T=don og’irligining o’rtacha ko’rsatkichi
Metall aralashmalarini aniqlash uchun 1 kg don tekis joyga to’kiladi, qalinligi 0,5 sm bo’lishi kerak. Metall aralashmalarini magnit yordamida 3 marta ko’ndalangiga yurgizib
tozalanadi. Xar yurgizilganda magnit temirdan tozalanadi. Magnitni har tomonlama bug’doy sochmasining ichida yurgizish kerak. Shundan so’ng metallar 0,001 g aniqlikda
tortilib, uning og’irligi mg bilan 1 kg donga taqsimlanadi. Oziq-ovqat, furaj, texnik don to’plamlaridagi aralashmalarning foiz miqdoriga doimiy ifloslanish deyiladi. Don ifloslanishiga qarab ikki
turga bo’linadi: 1-turda o’tlar urug’i qo’shilib ifloslanadi;
2-turda boshqa donlarning urug’i qo’shilib ifloslanadi. Xar bir donning ifloslanganligi yoki ifloslanmaganligini aniqlash, uning sifatini baxolashda shartli zaruriyat hisoblanadi. Dondan mahsulot tayyorlashda har bir to’plamning begona o’t urug’i bilan ifloslanmaganligini aniqlash uning sifatiga maʼlum darajada taʼsir ko’rsatadi. Shuning uchun ifloslanishning tarkibini bilish, turkumlashni tartibga solish muhim ahamiyatga ega. Boshqa aralashmalar:
1.Mineral aralashma (tuproq-qum);
2.Organikaralashma (o’simlik qismi);
3. Maxsus hisobga olinadiganaralashmalar (temir va tosh)
4.Yovvoyi o’tlarni urug’I
5. Buzilgannavlar (chirigan po’kak), bosilgan, ko’mirlangan, mita tushgan va boshqalar;
6. Zararli aralashmalar, kasallik va zararkunandalar.
Zararli aralashma butun turlari bilan hammasi bir foizdanoshmasligi kerak.
Jihoz va materiallar: donlar, texnik tarozi, iplar, laboratoriya taxtasi, kurakcha, skalpel,
laboratoriya komponentlari, 6 mm g’alvir, 2—4 marta kattalashtiradigan zarrabin (lupa).
Donli aralashmalarning tarkibi.
2-vazifa. 1. Аsosiy don navlaria) don shaklining o’zgarishi (ko’kargan, qurg’oqchilik tufayli yaxshi yetilmagan);
b) to’liq yetilmagan don (dumbul yoki yetilmasdan sovuq urgan);v) quritishdan yoki o’z o’zidan qizib ketgan donlar;
g)bo’lingandonlar (yarmiga yaqin)
2. Boshqa madaniy o’simlik donlari. Bular sifati jihatidan madaniy navga yaqin bo’lib,
ulardan maʼlum darajada foydalanish mumkin.Jihoz va materiallar:
bo’lgich apparati, texnik va analitik tarozilar, ajratadigan taxtachalar, shpatellar, karton
razetkalar, taqsimot magniti, aralashmalar (begona don va zararli), don namunalari (har
biridan 5 kg), glovniya bilan ifloslangan bug’doy doni (qopchalarda), sporinya shoxchalari
bilan ifloslangan javdar doni namunasi, temir zarrachalari bor don namunalari.
|
|
|
| |