• 11-labaratoriya mashg’uloti Yormabop donni sifatini aniqlash xususiyati Ishdan maksad
  • Ishni bajarish tartibi
  • Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash




    Download 0,82 Mb.
    bet18/33
    Sana20.02.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #159179
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
    Bog'liq
    majmua oziq ovqat biotexnologiyasi

    Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash. Purkaning o’lchagich sig’imi 20 l ga mo’ljallangan. U ikkita rels ustida donni to’ldirish joyidan tarozigacha va teskari yo’nalishda osongina harakatlanadi. Purka to’ldirgich (quyuvchi varonka), tekislovchi pichoq, tarozi toshlari, don solinadigan idish (24 l) lardan tashkil topgan. Donni solishdan avval o’lchagich tayanchgacha harakatlantirilib tiraladi. Quyuvchi varonkaning pastki teshigi to’sgich yordamida yopiladi. Tarozi pallalarining to’xtashiga mo’ljallangan moslama bilan jihozlangan. Idishga 24 l don solinadi. Idish ko’tarilib, pastki to’sgich bilan yopilgan varonkaga don quyuladi. Shundan so’ng to’sgich ochilib, don o’lchagichni to’ldiradi. Tekislovchi pichoq siljitilib, ortiqcha don tushiriladi va don bilan to’ldirilgan o’lchagich tortiladi. O’lchashda hisobni osonlashtirish maqsadida kilogrammli toshlar pallaning pastki qavatiga, grammli toshlar esa yuqorigi qavatiga qo’yiladi. Donning har qaysi namunasi bo’yicha natura ikki marta aniqlanadi. 20 litrlik purkadan ikkita parallel nazorat va orbitraj aniqlashlar orasidagi farq suli uchun 35 g/l boshqa barcha ekin donlari uchun 20 g/l dan oshmasligi kerak. Bunda namunalar 10 g miqdordagi aniqlik bilan tortiladi. Donning naturasi GOST 10840 – 64 ―don naturasini aniqlash‖ bo’yicha berilgan usullarda aniqlanadi. Donning xajmiy oirligi donning asosiy unboplik xossalarini baholovchi ko’rsatkich hisoblanadi: xajmiy og’irlik qanchalik yuqori bo’lsa, bu dondan

    11-labaratoriya mashg’uloti Yormabop donni sifatini aniqlash xususiyati
    Ishdan maksad: Sholi doni sifatini aniqlash uslubini o‘rganish. SHoli donining iflosligini, tipini qobiqdorligini, shishasimonligini aniqlash.
    Kerakli reaktiv va asbob-uskunalar: 1. Don bo‘lgich BIS-1, texnik tarozi, Ø2mm elak, taxlil taxtasi, qobiq ajratgich, diafanoskop
    Nazariy tushunchalar: Yorma mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalarning vazifalari don massasidan turli aralashmalarni va qobiqlarni ajratish orqali ularning oziqaviylik qiymatini yaxshilash. Yorma ishlab chiqarish texnologiyasi farqli tomoni shundaki, yorma olinadigan donlar xilma-xil bo‘ladi hamda donni oqlash jarayonida uning mag‘zini butunligicha saqlab qolishga harakat qilinadi. Yorma zavodiga kelib tushayotgan donni sifati standart, sifatli yormani olishni ta’minlashi zarur. Yormaning asosiy sifat ko‘rsatkichlari – rangi, hidi, mazasi, zararkunandalar bilan zararlanganligi, kesilishi, zaharlanganligi, ifloslanganligi, tiniq tarkibi, kattaligi, to‘g‘rilanganligi, shikastlanganligi, shikastlangan donlar miqdori.
    Barcha taxminlar ko‘rsatmalaralar bo‘yicha amalga oshiriladi. Yorma donlarning sifatiga qo‘yiladigan talablar deyarli bir xil, ammo turiga qarab ayrim sifatlarga ajralib turadi.
    Sholining O.sativa turi nihoyatda xilma-xil bo‘lib shakliga ko‘ra uchta kenja turga: qisqa donli sholi, Xindiston sholisi, Xitoy-YApon sholisiga bo‘linadi. SHolining birinchi kenja turining doni qisqa, bo‘yi ko‘pi bilan 4mm gacha bo‘lib, Osiyoning janubiy-sharqida tarqalgan. Ikkinchi kenja turining doni uzun, ingichka va ensiz bo‘ladi, bo‘yining eniga nisbati 3/1 ga teng va undan ortiq bo‘ladi. Uchinchi kenja turi doni yumaloq va enli bo‘lishi bilan farqlanadi, bo‘yining eniga nisbati 1,5:1 dan 2,9:1 gacha o‘zgarib turadi. Respublikamizda keng tarqalgan. Donning uzunligi 5-10.5mm, eni 2,5-4mm. Aleyron qatlami bir qator to‘qimadan iborat. SHoli qobiqdor don bo‘lib, gul qobig‘i 13-30% (ko‘pincha 17-23%), qobig‘i 4-5%, aleyron qatlami 12-14%, murtak 2-3%, endosperm 65-67% tashkil etadi. Sholi oqsillari kleykovina hosil qilmaydi. Sholi tarkibida yog‘ ko‘pgina to‘yinmagan yog‘ kislotalaridan iborat bo‘lib, qimmatli yog‘lar qatoriga kiritilgan. Tarkibi B guruhi vitaminlari, PP vitaminiga boy. Vitaminlar asosan murtak, aleyron qatlam va endospermning aleyron qavatiga yaqin qismida joylashgan. Lekin texnologik ishlov natijasida (qobig‘i ajratish, sayqallash) B guruhidagi vitaminlar butunlay ajralib ketadi.
    Ishni bajarish tartibi: Sholi donining iflosligini aniqlash.
    O‘rtacha namunadan don bo‘lgich yordamida 50g o‘lchanma texnik tarozida o‘lchab olinadi. O‘lchanma Ø2,0 mm bo‘lgan elakda elanadi. Elak ustida qolgan va elakdan o‘tgan elanma taxlil taxtasiga alohida joylashtiriladi. So‘ng keraksiz, donli aralashmalarga va toza donga ajratiladi. Har bir aralashma fraksiyasi alohida texnik tarozida o‘lchanib, olingan o‘lchanmaga nisbatan foizda ifodalanadi.


    Download 0,82 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




    Download 0,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Donning naturasini 20 litrli purkada aniqlash

    Download 0,82 Mb.