97
1
)
(
)
(
1
2
d
N
d
N
D
(kabisa
yili uchun, agar 29 fevral sanalar orasiga
tushsa) formulalar yordamida hisoblanadi.
5-misol
. 13 fevral va 7 aprel orasidagi aniq kunlar soni topilsin (oddiy yil
uchun).
Yechish: (Ilova.1) jadvaldan 13 fevralga 44-kun, 7 aprelga 97-mos keladi.
U holda, bu sanalar orasidagi kunlar soni
97 – 44
53 kun.
Bundan tashqari sanalar orasidagi kunlar
sonining taqribiy qiymatini
aniqlash usuli ham mavjud. Bunda har bir oy 30 kun deb hisoblanadi.
6-misol
. 5 mart va 28 sentyabr orasidagi taqribiy kunlar soni topilsin.
Yechish: Darhaqiqat, bu sanalar orasida 6 oy bo„lib (5 martdan 5
sentyabrgacha), yana 23 kun qolyapti.
Ravshanki, berilgan sanalar orasidagi
kunlar soni
203
23
)
30
6
(
ga teng.
Demak, aniq va oddiy foizlarni hamda investirlash
muddati uchun aniq va
taqribiy kunlar sonini hisobga olib, oddiy foizlarni hisoblashning quyidagi to„rtta
usulini hosil qilamiz:
1.
Aniq kunlar sonidagi oddiy foizlar.
2.
Aniq kunlar sonidagi aniq foizlar.
3.
Taqribiy kunlar sonidagi oddiy foizlar.
4.
Taqribiy kunlar sonidagi aniq foizlar.
Birinchi usul bank faoliyatida eng ko„p qo„llaniladi, ikkinchi va uchinchi usullar
undan kamroq qo„llaniladi, to„rtinchi usuldan deyarli foydalanilmaydi.