Yoritgichlarni o‘rnatish




Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/22
Sana14.06.2022
Hajmi6.98 Mb.
#23650
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Elektron talim muhitida videokontentlarn (1)
Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot
5. Yoritgichlarni o‘rnatish. Ish muhitidagi yorug‘lik – 
Videoma’ruza vaqtida ish jarayonida uchta yorug‘lik 
chiroqlari kerak bo‘ladi. Video material sifati uni yaratish-
da bu uskunalarni to‘g‘ri qo‘llay olishiga bog‘liqdir. Yorug‘lik
nurini tarqatishda eng oddiy usullaridan biri uy sharoiti-
da ma’ruzachi yoki o‘qituvchi orqa qism tomonida 2–3 metr
masofadan bo‘lgan holatda joylashtirish tavsiya qilinadi. 
Shuningdek, yorug‘lik chiroqlarini o‘qituvchiga qaratil-
gan holda ma’ruzani tasvirga olish amalga oshiriladi. Bunda
asosiy yorug‘lik va soyalarni ta’minlaydi. E’tiborlisi esa 
mazkur yorug‘lik uskunalari o‘qituvchiga videodarsda no-
qulayliklar tug‘dirmasligi lozim. Qo‘shimcha sifatida suratga 
olishda o‘qituvchi atrofiga 2 ta yoritgich uskunalarini
joylashtirish tavsiya etilib, ushbu yoritgichlar videoma’ruza 
mashg‘ulotni sifatli tasvirga olinishida muhim o‘rin tutadi. 


30
4-MAVZU: O‘QUV VIDEOMATERIALLARNING 
METODIK XUSUSIYATLARI 
Elektron videodarslarni yaratilishida o‘qituvchi o‘quv- 
materialga e’tibor berishi, o‘quvchilarning videoma’ruza-
ga qiziqishini uyg‘otishi, shu bilan birga, tasvirga olish jara-
yonida qanday texnikalarni takomillashtirish mumkinligini 
bilishi muhimdir. Tasvirga olish jarayonida o‘qituvchi ishonch-
li tarzda bilim oluvchiga o‘quv-materialni og‘zaki nutq qili-
shi orqali uning ilmiy dalillarga asoslangan bo‘lishi tavsiya 
etiladi. O‘qituvchi asossiz hisoblangan bayonotlar, faktlar-
dan holi bo‘lgani maqsadga muvofiqdir. Taqdimotning izchil-
ligi o‘quvchilarni yetkazayotgan ma’lumotining to‘g‘riligiga 
ishontirish vositasi ekanligini unutmasligi lozim.
11
Axborotning 
mazmuni jihatidan aniq bo‘lishi, shuningdek, videoma’ruza 
materialni taqdim etish prinsipi bosqichma-bosqich 
oddiylikdan murakkablikka o‘tishi kerak.
Videoma’ruza materiallarini tizimlashtirish muhim rol 
o‘ynaydi. Bunda uning barcha tinglovchilar uchun o‘quv- 
axborot sarlavhasi ko‘rsatilganligi, avvalgi videodarsda 
o‘zlashtirilgan o‘quv ma’lumot bilan yangi o‘quv-axborot 
o‘rtasidagi uzviy aloqa mavjudligini aniqlashtirish muhimdir.
Bu bilim oluvchiga videoma’ruza materialini ketma-ket-
likda yetkazish mexanizmi mavjudligini isbotlaydi. Video-
darslar tayyorlash to‘g‘risida so‘z yuritilganda, uning interfaol
o‘quv vositalardan (rasmlar, grafiklar, animatsion video­ 
roliklar) foydalangan holda o‘quv-axborotni tushunish orqali 
11
Использование видео в дистанционном обучении для 
преподавателей и учителей. Издание второе Борис Иванович Крук, 
Ольга Борисовна Журавлева, 2017 


31
o‘quvchining bilim faoliyati faollashtiradi, bilimlarni o‘zlash-
tirishda bilim oluvchining ongi, bilim olish ko‘nikmasini 
oshirishga xizmat qiladi. Videomaterialni o‘rganish davo-
mida o‘quvchi o‘quv-ma’lumotni qabul qilishda eshitish 
organlari, ko‘rish vositalar orqali amalga oshiradi. Shun-
ing uchun og‘zaki nutq o‘quv kurs ishtirokchisining ongiga 
yozma nutqqa qaraganda yetarli kuchga ega jihatlardan 
biridir. Bu avvalambor, yozish, o‘qish, ko‘rgan axborotini 
yodda saqlash, gapirish va tinglash kabi inson qobiliyatlari 
bilan izohlanadi. 
Videodarsni tasvirga olish mobaynida o‘qituvchi imkon 
qadar muloqot uslubiyati elementlaridan foydalanish tav-
siya etiladi. Ma’lumot beruvchi tomonidan nutq madaniya-
tining tavsiflovchi bir qancha xususiyatlari mavjud bo‘lib,
avvalambor, 
to‘g‘rilik
qisqalik
aniqlik
hissi
ylik
jihatlari 
ni tashkil etadi. Agar 
nutq tilning grammatikasi,
talaffuzi, so‘z ishlatish me’yorlari va stilistikasi qoidalariga 
to‘laqonli javob bersa, u holda insonning eshitish a’zosi bu 
jarayonda tinglovchining tafakkuriga yetkazilayotgan 
o‘quv-axborotni qabul qilinishi yengillashadi, uning e’tibori-
ni chalg‘itmaydi. Tinglovchi o‘qituvchining nutq mazmuniga 
singib ketadi. O‘qituvchi tomonidan ma’lumotni yetkazish 


32
asnosida nutqda so‘zlayotgan fikrini ifodalashida, kuch-
li stressning yuqori harakatchanligi tufayli o‘qituvchi xato 
qilmasligi uchun tasvirga olish maydonchasida masalaga 
jiddiy e’tibor qaratishi lozim. O‘qituvchi o‘z nutqida murak-
kab noaniq iboralar, jargon so‘zlardan iborat bo‘lmaslgini 
ta’minlashi kerak. Nutqning taftologik, ya’ni birgina so‘z yoki 
fikrni takrorlash holatlariga yo‘l qo‘ymasligi, o‘qituvchi 
tomonidan tasvirga olish davomida o‘z nutqida qo‘llashi 
mumkin emasligi maqsadga muvofiqdir. 
Nutqda har bir so‘zni o‘z o‘rnida ishlatilishi orqali 
ma’nodoshlaridan yoki 20–25 ta so‘z intervallari oralig‘ida 
foydalangan holda o‘qituvchi so‘z boyligi qay darajada ekan-
ligini ifodalaydi. Biroq, o‘qituvchi nutqida aniq atama nomla-
ridan foydalansa, sinonimlardan holi bo‘lish va faqat stan-
dard, tasdiqlangan ilmiy terminlardan foydalanishi tavsiya 
qilinadi. Buning muhim sifati yaxshi nutq orqali yuqori so‘z 
boyligi, obrazliligi namoyon bo‘ladi. Tasvirga olish davo-
mida o‘qituvchi o‘quv-ma’lumotni yetkazishda mikrofon 
yordamida o‘z ovozidan foydalangan holda yuqori bosqich-
ga olib chiqadi. Nutqda har bir so‘z aniq bo‘lib tinglovchiga
yetkazib berilishida o‘qituvchi diksiyasi ham o‘z navbatida 
ravon, tiniq bo‘lishi lozim. 
O‘qituvchi og‘zaki nutqda atamalarni talaffuz qilishi, 
o‘z nutqi orqali shakllantirishi diksiyaning aniqligi muhim 
hisoblanadi. Chunki, diksiya yuqori darajada bo‘lishi ke-
rak bo‘lgan holatlardagina o‘qituvchi o‘z ma’ruza ma’lumo-
tini o‘quvchilarga yetkazishi mumkin bo‘ladi. O‘qituvchining 
nutqi yuqori bo‘lmagan holatlarda videodars ishtirokchilari 
o‘z diqqatini boshqa narsalarga yo‘naltiradi. 
Videodars paytida o‘qituvchining berayotgan o‘quv- 
materiali past ovozda o‘quvchiga yetkazilishi ham qabul 
qilinmaydi. O‘qituvchi tomonidan ma’ruza davomida bir xil 


33
ovoz tonida axborot yetkazilishi bilim oluvchining e’tibori-
ni o‘quv mashg‘ulotdan ajratib qo‘yadi. Ma’ruzachi tomoni-
dan pedagogika amaliyotida tashqi ko‘rinishiga qanchalik 
e’tibor talab etilsa, tasvirga olish jarayonlaridagi tashqi 
qiyofasiga ham bir xil uslubda ahamiyat beriladi va qabul 
qilinadi. Videodarslarni tasvirga olishda o‘qituvchining tash-
qi ko‘rinishi o‘zini tasvirga olish maydonchasida o‘qituvchi-
ning o‘quvchiga nisbatan imo-ishora, xatti-harakatlari orqali 
ta’sirini kuchaytirilishiga katta ahamiyat beriladi. O‘qituvchi-
ning tasvirga olish jarayonida o‘quv mashg‘ulotdan holi 
bo‘lgan mimika, imo-ishorasidan foydalanish o‘quvchining 
berilayotgan o‘quv-axborotni qabul qilishida diqqatini chal-
g‘itishi mumkin. 
Agar o‘qituvchining videodarsga tayyorgarligi yuqori 
saviyada tashkillashtirilmagan bo‘lsa, u holda o‘qituvchi 
tomonidan tasvirga olish maydonida video mashg‘ulotga 
tayyor emas deb hisoblanadi. Mashg‘ulot davomida uning 
kayfiyatiga ta’sir qilib, videodarsni tasvirga olish samara-
dorligi ma’lum darajaga pasaytirgan hisoblanadi. Qanday 
vaziyatda bo‘lishidan qat’iy nazar, o‘qituvchining tashqi 
ko‘rini 
shi doimo bilim oluvchiga nisbatan xayrixoh mu-
nosabatni ifoda etishi lozim. Videoma’ruzaning pedagogi-
ka amaliyo 
tidagi muhim tarbiyaviy jihatlaridan biri ma’ru-
zachining ma’lumot yetkazishida dalil, isbotlarga tayanib, 
o‘quvchiga o‘quv-axborotlarni yetkazishidagi yondashuvi 
bilan chambarchas bog‘liqligidir. Shuningdek, o‘qituvchin-
ing tashqi qiyofasi ham an’anaviy ta’lim shaklida qabul qilin-
ganidek, videodarslarni tasvirga olinishida ham bir xil tashqi
qiyofa muhim rol o‘ynaydi. 



Download 6.98 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish