• 2. Psixologik bosqichi
  • Tayyorlash metodikasi




    Download 6.98 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/22
    Sana14.06.2022
    Hajmi6.98 Mb.
    #23650
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
    Bog'liq
    Elektron talim muhitida videokontentlarn (1)
    Информаика укитишнинг асосий дидактик тамойиллар, 2-Mustaqil ish topshiriqlari, Простой Python просто с нуля (2019), butun haqiqiy tur, misol11a1, 9, 4. Ташков Восстанавливаем данные на 100%, CMS tizimlari fan dasturi, 1, 2., 2, 10, 3- amaliy mashg‘uloti Mavzu , Avaliy mashgulot
    1. Tayyorgarlik 
    – videoma’ruzani tasvirga olishga tayyor­
    garligi;
    2. Psixologik 
    – o‘qituvchi kamera qarshisida tayyorgarligi; 
    3. Amaliy
    – videoma’ruzani tasvirga olish jarayonini faol­
    lashtirish; 
    1. Tayyorgarlik bosqichi  
    • Tasvirga olish maqsadida videoma’ruza vaqti, obyekti, 
    tasvirga olish davomiyligi aniqlanadi. Ta’lim muassasasi, tash-
    kiloti tomonidan masofaviy ta’lim texnologiyalari bo‘yicha 
    ta’lim jarayonlarda rasmiy me’yoriy hujjatlar muvofiqlashtirila-
    di hamda o‘quv mashg‘ulotlar davomida foydalanish maq-
    sadida videoma’ruzani tasvirga olish jarayoni uchun ruxsat 
    beriladi. Videoma’ruza yordamida mustaqil ta’lim oluvchi-
    lar, ayniqsa, maxsus ta’lim yo‘nalishidagi o‘quvchilar uchun


    53
    aynan masofaviy ta’lim muhitida mustaqil holda ta’lim 
    olishi maqsadida bu turdagi o‘quv mashg‘ulot jarayoni tashkil-
    lashtiriladi. 
    • Masofadan turgan holda bilim olish bilan birga qayta 
    aloqa, ya’ni elektron o‘quv adabiyotlar, interfaol vazifa, 
    topshiriqlar bajarishi, nazorat savollar orqali bilimlarini 
    tekshirish ko‘zda tutiladi. 
    • O‘qituvchi tomonidan tayyorgarlik ko‘rishda mavzu 
    asosan taqdimot, interfaol topshiriq, qo‘shimcha adabiyot-
    lar, internet resurslari, qo‘shimcha audio – video ma’ruzalar 
    yordamida tasvirga olish jarayoni uchun tayyorlanadi. Ushbu 
    bosqichning asosiy maqsadi, o‘qituvchi tomonidan texnik, 
    tashkiliy va uslubiy jihatdan puxta tayyorgarlik ko‘rishi orti-
    da kelgusi tasvirga olish jarayonlarida o‘qituvchini ishonchli
    tarzda faoliyat olib borishi uchun xizmat qiladi. 
    2. Psixologik bosqichi 
    • Videoma’ruzani tasvirga olish jarayonidan ertaroq 
    20 daqiqa ilgari kelish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi­ 
    ning tayyorgarlik ko‘rishi bilan birga, tasvirga olish jarayoni-
    da foydalanishi lozim bo‘lgan texnik qurilmalarni sozlab 
    olishi, zarur texnik imkoniyatlar ko‘zdan kechirilishi tavsiya 
    etiladi. 
    Tasvirga olishdan avval, o‘qituvchi o‘ziga qulay bo‘lgan 
    obyektni tanlab videokamera qarshisida sinab ko‘rishi 
    mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga o‘qituvchi o‘ziga ishonch-
    ni uyg‘otadi va bu videoma’ruzani tasvirga olinishida ijobiy
    ta’sir ko‘rsatishini ta’minlaydi. 
    • O‘qituvchining nutqi o‘quvchilarga ta’sir kuchini oshi-
    rish maqsadida, pedagogik amaliyotda juda ham ko‘pgina 
    amallar mavjud. Masofaviy ta’lim muhitida nutq tezligiga 
    diqqat qaratilishining vokal usullari muhimroqdir, chunki 
    masofaviy ta’lim shaklida o‘quv kurs, mashg‘ulot tinglovchi-


    54
    larni boshqarish va nazorat qilishda ba’zi qiyinchiliklar 
    uchrab turadi. O‘qituvchi nutqida diksiya, jargon so‘zlardan 
    holi bo‘lish tavsiya etiladi. Masofaviy ta’lim muhitidagi muloqot 
    jarayonlari Forum, Chatlardan foydalanish talab etiladi. 
    • Bilim oluvchilarning psixologik xususiyatlari to‘g‘risi-
    da unutmaslik kerak. O‘qituvchi tasvirga olish davomida 
    keraksiz holatlardan, ya’ni videoma’ruzadan tashqari ortiq-
    cha narsa, obyektga e’tibor bermaslik tavsiya etiladi. Tas-
    virga olish maydonida asosiy e’tibor ma’ruza va taqdimot 
    slaydlarga bo‘lganidek, ma’ruzachi bu jarayonda fikrini
    to‘g‘ri yetkazilayotgan o‘quv-axborotga yo‘naltirishi zarur.
    • Videoma’ruzani tasvirga olish yuzasidan aniq bir 
    ssenariy tuzib olish maqsadga muvofiqdir. Tuzilgan ssenariyga 
    rioya qilgan holda, o‘qituvchi faoliyati tasvirga olish 
    jarayonida amalga oshiriladi hamda har 15 daqiqada o‘quv 
    faoliyat o‘zgartirilib turiladi. Shu bilan birga, o‘quvchiga 
    yetkazi 
    layotgan o‘quv-axborot materialning ko‘lami bilan 
    uyg‘un bo‘lishga va tinglovchilarning videoma’ruzaga 
    qiziqishini jalb qilishga va saqlab qolishga yordam beradi. 
    • O‘quv-axborot ma’lumotni yetkazilishining pedagogik 
    yondashuviga e’tibor qaratish bilan o‘quv ma’ruza tayyor-
    garligi, texnik va uslubiy yondashuvlar asosida his qilishi, 
    shuningdek, o‘qituvchi bilim yetkazishga moslashuvchanlikni 
    amalga oshirishida pedagogik maqsadni ko‘zlaydi.

    Download 6.98 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




    Download 6.98 Mb.
    Pdf ko'rish