Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/50
Sana07.09.2024
Hajmi1,73 Mb.
#270563
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50
Bog'liq
majmua 2

 


Eritmadan o‘stirish usullari 
Eritmadan o‘stirishning ayrim usullarini qisqacha ko‘rib o‘tamiz. 
1)To‘yintirilgan eritmadan yo‘naltirilgan kristallizatsiya usuli. (18-Rasm). 
Birikmali yarim o‘tkazgichlar o‘stirish usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi. AV 
birikmali yarim o‘tkazgichli materialni o‘stirish uchun uch zonali pechdan 
foydalaniladi. Kvarsdan yasalgan (oldindan havosi so‘rilgan) ampulaga 
uchmaydigan A komponent va tozalangan uchadigan V komponenta kiritilgan. 
Havosi surilgandan so‘ng, ampula berkitilib uch zonali pechga kiritiladi.
Pechning harorati T
1
dan eritmada V komponentaning ma’lum bug‘ bosimini 
hosil qilishi uchun T
2
gacha ko‘tariladi. Uchinchi pechning harorati T
3
bo‘lib, u 
ikkinchi pech bilan T
2
-T
3
gradient hosil qiladi. Konteynerni ma’lum tezlikda 
mexanik siljitish natijasida T
2
-T
3
gradient ta’sirida yo‘naltirilgan kristallanish 
jarayoni hosil qilinadi.
2) Gradientli zonali o‘stirish usuli. Bu usul asosan avval sintez qilingan 
polikristall quymalarni monokristallga aylantirish hamda epitaksial qatlamlar 
olish uchun ishlatiladi. O‘stirish qurilmasi konstruktiv birlashtirilgan ikki 
qismdan iborat bo‘ladi. O‘stirish uchun taglik vazifasini bajaradigan yarim 
o‘tkazgich joylashgan zonada bir jinsli harorat olish vazifasini bajaruvchi 
birinchi pech va yuqorida joylashgan ikkinchi pech vazifasini bajaruvchi isitish 
lampasi (nur qaytargichi bilan birga)dan iborat (16-Rasm). Ikkinchi pechni 
yo=ish natijasida yarim o‘tkazgichli taglik ustida yuqoriroq harorat hosil 
bo‘ladi, ya’ni avvaliga T
1
bo‘lgan bo‘lsa, taglik yuzasida T

hosil qilinadi va 
ayirma T
2
-T
1
ga teng bo‘ladi va birinchi usulga oid jarayonlar hosil bo‘ladi. 
Noizotermik epitaksiya usuli. Usulning asosiy g‘oyasi ma’lum bir haroratda 
yarim o‘tkazgichning ma’lum erituvchi yordamida eritmasi tayyorlanib olinadi 
va u tuyintirish holiga olib kelinadi. So‘ngra o‘stirish uchun olingan taglik 
bilan eritma kontaktga keltiriladi va asta-sekinlik bilan ma’lum tezlikda 
sovitiladi (17-Rasm) 


Rasm 17.
YArim o‘tkazgichli binar birikmalarni noizotermik epitaksiya usuli 
bilan ko‘p qatlamli qilib o‘stirish usuli. . Natijada eritmadagi yarim 
o‘tkazgichli material qatlami taglik ustiga uni tuzilmasini takrorlab o‘sadi. 
Etarli qalinlikka ega qatlam olingandan so‘ng eritma taglik ustidan olib 
tashlanadi va o‘sish to‘xtatiladi. So‘ngra qurilma uy haroratiga qadar 
sovitiladi. Bu usul bilan oddiy (Si, Ge ) dan boshlab birikmali (GaAs, GaP, InP 
va shularga o‘xshash) materiallarni olish mumkin. 

Download 1,73 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   50




Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy metodik markazi toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi

Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish