• Valentlik
  • Toshkent – 2022 kimyo




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet41/43
    Sana26.11.2022
    Hajmi70.56 Mb.
    #31890
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
    Bog'liq
    7 SINF XIMIYA YANGI NASHR 2022 indd 7 53
    taqdimot, 7вввввв, 71, Sezgi. Axrarova Shoira Batirovna MM-8 PP guruh — копия, ДОКУМЕНТ, 68366, to\'liq zaboyli burg\'ulash.olmosli dolotalar, jadval, CE8fw7uYNnkwkwvtvk5JT9VGdBrvfld3LGbiDQSv, 6-amaliy, Asliddin5, Anvar 7, larexdan 4 mustaqil ish, 1 sharh ishi kiber
    II BOB. 6-MAVZU
    Kimyoviy formula. Valentlik
    O‘rganiladigan tushunchalar
    • Kimyoviy formula
    • Valentlik 
    • Indeks 
    Kimyoviy formula – birikma tarkibidagi elementlarni va 
    ularning nisbatlarini ko‘rsatish uchun ishlatiladigan kimyo-
    viy belgilar to‘plami. Kimyoviy formulalarni yozishning 
    muayyan usullari va qoidalari mavjud. Kimyoviy formula-
    larni yozishni bilish uchun kimyoviy elementlar va ularning 
    belgilarini yodlab olish kerak. Siz yodlay olmaydigan belgi-
    larni esa davriy jadvaldan topishingiz mumkin.
    Molekulalar hosil bo‘lishida atomlar tasodifiy emas, balki 
    maxsus kimyoviy bog‘lanishlar orqali ma’lum bir ketma-ket-
    likda bog‘lanadi. Har bir atom faqat ma’lum miqdordagi 
    bunday bog‘lanishlarni hosil qilishi mumkin. XIX asrda olim-
    lar turli elementlarning atomlari boshqa atomlarni o‘zlariga 
    biriktirish qobiliyatiga ega ekanini aniqladilar.
    Valentlik – ma’lum bir element atomining boshqa element 
    atomlari aniq sonini biriktirib olish imkoniyati.
    Tarixiy eslatma 
    Bu suvning 
    grafik formulasi.
    Formuladan kislorod atomining mole-
    kuladagi ikkita vodorod atomiga bog‘-
    langanini, vodorod atomlari esa bog‘lan-
    maganini ko‘rish mumkin. Kis lorod atomi 
    ikkita bog‘ hosil qiladi. Shuning uchun kis-
    lorodning valentligi ikki, vodorod atomlari 
    esa bittadan bog‘ langani uchun valentligi 
    bir deb belgilanadi. Demak, suv moleku-
    lasi ikkita vodo rod (H) va bitta kislorod (O) 
    atomlaridan tashkil topgan.
    Xuddi shu formulani 
    molekulyar holatda 
    yozamiz:
    H
    2
    O
    Vodorod kimyoviy belgisining pastki o‘ng 
    tomonida turgan 2 raqami 
    indeks deb ata-
    ladi va suv tarkibidagi vodorod atomlari 
    sonini ko‘rsatadi.
    Vodorod atomi hech qachon bittadan or-
    tiq boshqa element atomini biriktirib olmay-
    di. Shuning uchun vodorodning valentligi 
    boshqa elementlar valentligini belgilashda 
    o‘lchov birligi sifatida qabul qilingan.

    Download 70.56 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




    Download 70.56 Mb.
    Pdf ko'rish