sayt, Xitoyda esa, bilishimizcha, barcha narsa juda arzon. Lekin bu hammasi emas.
Aliexpress — bu shunchaki Internet magazin’ni anglatmaydi, aliexpress — bu xitoyliklar ishlaydigan
ulgurji va chakana savdo bozoridir. Bu yer oddiy odam ijaraga joy olib, istagan maxsulotini sotadigan
bozorga o’xshaydi.
Sotuvchilar o’rtasida katta raqobat mavjud bo’lib, buning oqibatida narxlar pasayishi yuzaga keladi.
Raqobat kuchliligi tufayli sotuvchilar har xil aksiyalar uyushtirishadi. Yanada qizig’i, hohlagan sotuvchi
bilan to’g’ridan to’g’ri gaplashib, chegirma so’rashingiz mumkin.
Agarda yetkazib berish xaqqini sotuvchi to’lashini xisobga olsak, siz o’z buyurtmangizni minimal arzon
narxda olasiz. Men atayin zakaz (buyurtma) qilgan ko’p mahsulotlarim (maxsulotlarim) narxini
O’zbekistondagi narxi bilan solishtirib ko’rganman, Aliexpressdagi narx doim kamida 40-50% arzonroq
chiqqan.
Aliexpressda Xitoydagi deyarli barcha narsani xarid qilish mumkin. Pochta orqali yuborish ta’qiqlangan
narsalardan tashqari albatta. Ko’pgina odamlar bu Internet do’konida soatlab mahsulotlar izlashadi va xarid
qilishadi. Shaxsan o’zim bir qiziqib qolsam, 3-4 soatlab qolib ketishim mumkin.