• Zamonaviy mexatron modullarning sinflanishi
  • rasm. Mexatronika komponentlari




    Download 2,23 Mb.
    bet106/123
    Sana22.01.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #143444
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123
    Bog'liq
    X. N. Nazarov robotlar va robototexnik tizimlar

    rasm. Mexatronika komponentlari


    Mexatronika shunday fan va texnikaning sohasiki, unda mexanika, elektronika, kompyuter komponentlarining senergetik bog‘lanishlari aks ettirilgan bo‘ladi, bu esa o‘z navbatida sifat jihatdan yangi bo‘lgan modullar, sistemalarning funksional harakatlarini va intellektual boshqarishni ta’minlaydi. Senergiya (grekcha) — umumiy maqsadga yetishishga qaratilgan birgalikdagi harakat. Mexatronikaning komponentlari 15.1-rasmda keltirilgan.


    Mexatronika va mexatron texnologiyalarning metodlari universal hisoblanadi, ular yordamida murakkab texnik sistemalarni yaratish, avtomatlashtirilgan loyihalash, mashinalarni va robotlarni modul prinsipi asosida qurish imkoniyati mavjud.
    Hozirgi kunda mexatron modullar va sistemalar quyidagi sohalarda keng qo‘llaniladi:

    • mashinasozlik;

    • sanoat va maxsus robototexnika;

    • aviatsiya va kosmik texnika;

    • yelektron mashinasozlik;

    • avtomobilsozlik;

    • mikromashinalar;

    • nazorat-o‘lchov qurilmalari va mashinalari;

    • intellektual mashinalar va h.k.

    Mexatron modullarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
    -mashinalar va sistemalarning sifat jihatdan yangi funksional masalalarini bajara olish;
    -mashinalar ishchi organlarining o‘ta yuqori tezligini ta’minlash;
    -modullarning ultrapretsizion harakatlarini mikro va nanotexnologiyalarda amalga oshirish;
    -modullarning va harakatlanuvchi sistemalarning kompaktliligi;
    -ko‘p koordinatali mashinalarning yangi kinematik strukturalari konstruktiv kompanovkalarini olish;
    -o‘zgaruvchi va noaniq tashqi muhitda sistemalarning intellektual faoliyatini ta’minlash.
      1. Zamonaviy mexatron modullarning sinflanishi




    Zamonaviy mexatron sistemalarni loyihalash modul prinsiplarga va texnologiyalarga asoslangan [3].
    Umuman mexatron modullar quyidagi turlarga bo‘linadi (14.2-rasm):
    -harakat moduli;
    -harakat mexatron moduli;
    -intellektual mexatron moduli.
    Modul (M) mashinaning unifikatsiyalangan funksional qismi bo‘lib, konstruktiv jihatdan mustaqil qurilma hisoblanadi.


      1. Download 2,23 Mb.
    1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   123




    Download 2,23 Mb.