X. T. Xasanov biologiya fanlari nomzodi




Download 1.08 Mb.
bet4/55
Sana24.09.2023
Hajmi1.08 Mb.
#83893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
Go`sht-sut biokimyosi darslik (2)
Bo, Funksional sxema, alkadiyen kopiya, javob varaqa, 2.04-Мактаб-репертуари, Document 1, raspisaniya
1.6-rasm. Glikogen tuzilishining sxemasi.
Mayda tuyoqlilarning mushaklaridan ajratib olingan xolesterin kompleksining xarakterli xususiyatlaridan biri bu xolesterin va oqsil o'rtasidagi mustahkam bog'dir. Avtomat ravishda ishlaydigan mushakda xolesterinning miqdori skeletnikiga nisbatan ko‘p: masa- lan, silliq mushaklarda 0,8% quruq og‘irlikka nisbatan, yurak mushaklarida 0,5, skeletdagida 0,3%. Skelet mushaklardagi fosfatid- lardan, asosan, sfingofosfatidlar ko'proq, stereoidlarga nisbatan, silliq mushaklarda esa teskari hodisa kuzatiladi. Ma’lumki, fosfat- larning o'ziga xos xolesteringa nisbati: silliq mushaklarda s:l nis-batda mavjud bo‘lib, skeletlarda esa 10:16:1 bunday farqlanishi hozircha noma’lum.
Lipidlarning umumiy tarkibi mushak to‘qimalarda va uiarning komponentlaridagi tafovuti hayvonning hayot holatidagi ko‘- rinishiga bog'liq^bo'lib, uning yoshi, ko‘- rinishi, jinsi, oziqlanishi turish-turmushiga bog'liqdir.
Uglevodlar. Mushak to‘qimasining asosiy uglevodlardan glikogenni keltirish mumkin, u o‘z navbatida, tarmoqlangan polisaxarid bo‘lib, aglukozaning yuzlab tuzilgan mo- lekulasidan tuzilgan bo'ladi (1.6-rasm). Glikogen molekulasining zanjiri tuzilishi 12—18 glukozli qoldiqlardan bo'lib a-l-4-glikozidli bog'lar bilan bog‘langan, zanjirlaning tarmoqlanishi esa a-1-6 glukozod bog'langan.
Tajribalarda glikogenning o‘zi polisaxaridlami tashkil etib, har xil fizik-kimyoviy xossalari bilan tavsiflanadi. Undan tashqari, glikogen har xil hayvonlardan o‘ziga xos mikrotuzilishi bilan farqlanadi. Buni ma’lum darajada har xil rangda bo'iishi yod moddasi bilan o'zaro ta’siri deb tushuntiriladi. Ko‘p mushak tolalarida ma’lum bog‘lanish ya’ni glikogenning taqsimlanishi ko‘ndalang chizilganligi bilan izohlanadi.
Undan tashqari, glikogen sarkoplazmaning suyuq qismida mavjud. Bunday polisaxarid formasining lokallashuvi skeletli mu- shaklar tolalarida asosiy deb hisoblanadi.
Boshqa tolalarda esa tarqoq joylashgan mayda glikogen zarralari mavjud bo'ladi. Aftidan ko'rsatilishicha, glikogenning mushak tolalaridagi tarqalishi morfologik aks ko‘rinishining ketma-ket bosqichlardagi parchalanishi, mushaklarning ishlash jarayonidagi hodisalardan hisoblanadi.
Glikogen — mushaklarning eng muhim energetik materialidan biri. U mashaklarning ish jarayonida energiya sarflashi va to‘p- lanishida, mushaklarning dam olish vaqtida o'zini namoyon qiladi. Uning miqdori, asosan, hayvonning turi va yetilganligiga, shu- ningdek, fiziologik holatiga ham bog'liqdir: charchagan va och qolgan hayvonda glikogenning kamligi kuzatiladi.
Mushaklarning ishlash jarayonida glikogen anaerobli glikolitik parchalanib, sut kislotasini hosil qiladi. Uncha katta bo'lmagan ish jarayoni va dam olinishida mushaklarda laktataning miqdori ko‘p bo'lmaydi, intensiv ish jarayonida esa 400—500 mg/% ni tashkil etadi. Glikogenning ajralilishi jarayonida fosforli efirlar, glikoz va trioz, pirovinograd kislotasi va boshqa parchalanish mahsulotlari kelib chiqadi, lekin ularning miqdori unchalik katta emas.
Glikogenning mushaklardagi pasrchalanishi nafaqat fosfolitik, balki giapolitik (amilolitik) yo‘l bilan kechadi. Mushaklarda fer- mentlarning asosiy gidrolizlanadigan tizimi — amilaza va maltaza hisoblanadi. Amilaza glikogenning parchalanishini ta’minlaydi, katta motekularli dekstinlarga maydalanib, past molekular dekstrantlar, maltoza va glukozaga aylantiradi. Maltoza mushaklarga o'tishi bilan glukozani tashkil etadi.
Mushak tolalarida glikogen oqsili bilan uning komplekslari mavjud. Kompleks holati glikogenni nativli mushak oqsillari — miozin va miogen bilan tasdiqlanishini fermentativ, elektroforetik va spektro- fotometrik usullar bilan bir qator ishlarda E.L. Rozenfeld va boshqalar tomonidan ko'rib chiqilgan. Tajribalarida miozinning glikogen bog'ida, uning fosforilitik parchalanishining tezlanishiga ta’sir o‘tkazadi deb aniqlangan.
Bunda oqsilning roli fosforazaning tezlanishidagi fermentning faollashishiga emas, balki glikogenning o'ziga xos fermentga moil bo‘lgan sharoitini ta’minlashdan iborat.
So‘yilgan hayvonlarning yangi mushaklarida 03—0,9% (ko‘- pincha 2%) glikogen va 0,05% glukoza mavjud bo'ladi.
Ko‘p holarda glikogenning ajralishi mushak to'qimalardagi sodir bo'ladigan biokimyoviy o'zgarishlarining so'yilgandan so'nggi davriga to'g'ri keladi.

    1. Mineral moddalar. Vitaminlar

Mineral moddalar mushak to'qimasi tarkibidagi struktura ele- mentlarining tolalariga kiradi hamda ko‘p jarayonlarda hujayra va hujayralararo suyuqlik ahnashish jarayonlarida qatnashadi. Hayvon organizmining hayot davridagi ko‘p mineral moddalari mustahkam bo‘lmagan bo'lib, bog'lari organik birikmalari yoki noorganik tuzlar holida uchraydi. Noorganik tuzlar, odatda, ionlangan holatda bo'ladi. Hayvon organizmining fizioloigik holatida ionlar oson adsorb- siyalanib, organik birikmalari sarkoplazmani va strukturali element- larining mushak tolalarini hosil qiladi. Noorganik birikmalar qisman buffer tizimlar hosil bo'lishida qo'llaniladi, ularning ichida muhim rolni bikarbonatli va fosfatli buffer tizimlar bajaradi. Mineral moddalaming ta’siri hujayra ichidagi oqsillar mushak to'qimasiga bog'liq: ulardan eruvchalikka va oqsillarning shishishiga moyillari bo'ladi. Ko'pgina mineral elementlar fermentJar tizimlarini faollash- tiradi.
Yangi so'yilgan hayvon organizmining mushaklari tarkibida 1.2- jadvalda keltirilgan mineral moddalar (mg/%) mavjud.

Kaliy - 360
Natriy - 80
Kalsiy - 7
Magniy — 20
Temir — 70
Mushak to'qimalarida oz miqdorda bo‘lsa ham rux, mis, mar- ganes, kobalt, aluminiy va boshqa elementlar topilgan. Mushak to‘qimalaridagi noorganik elementlarning maxsus funksiyalari o'rganilgan.
Mushak to'qimalarida Na+, K+, Ca++, Mg++ eng ko‘p tarqalgan mineral elementlardan hisoblanadi. Ular hujayrada tashqi va ichki osmotik bosimni va elektrolitik tenglikni ushlab turishga xizmat qiladi. Natriy, asosan, hujayralaming tashqi suyuqligida xlor, bikorbanat ionlari bilan bog‘lab turadi. Katta hissasi K+ va Ca++ oqsillar bilan bog‘liq, ulardan eng faoli miozindir. Reaksiya muhitining o‘zgarishida mushaklar orasidagi jarayonlardagi mushak qisqarishida, kation- larning bog'lardan ozod bo‘lishi kuzatiladi. lonlarning o‘zaro ta’siridan K+, Mg++, Ca++ aktin va miozin bilan ATF biologik faol moddalar, miobillalarning qisqarishi va bo‘shashtirish jarayon- larining tezlashishiga xizmat qiladi.
Magniyning kichik konsentratsiyalarida ATFning suvda eruv- chanligi faollashadi, katta konsentratsiyalarida esa u ingibitor bo‘lib uning fermentida, magniy qator fermentlarni faollashtirilib muskul- larga uglevod almashinishini: enolaza, fosfatazani, karboksilazaning kitokislotalari va boshqalar kirib borishini ta’minlaydi.
Kalsiy yuqorida qayd qilingan funksiyalardan tashqari hujayra membranasining o'tkazuvchanligini kamaytiradi.
Boshqa noorganik elementlardan spetsifik funksiyalar bilan marganes, rux, nikel, kobalt ionlari xarakterli ravishda ularning mushakdagi reaksiyasini faollashtiradi. Mis ionlari tirozinni faollash- tirish uchun zarur oksidazaning askorbin kislotasini va boshqa oksidlanish — qaytarilish fermentlaridan oladi. Qator fermentlar- ning faollashtirilishi uchun zarur bo‘lgan anionlar: amilaza masa- lan xlor ioni bilan faollashadi.
Hayvon so‘yilgandan keyin uning organizmi noorganik ionlar- ning oqsil bilan mushak to'qimasi va boshqa organik birikmalari o‘rtasida bog‘lanish xarakteri o'zgaradi. Shundan keyin noorganik ionlarning yig‘indisi sodir bo'ladi (masalan, ortofosfatni, organik moddalaming parchalanishi natijasida). Organik moddalardan yetarli katta qismi ammiakni hosil qiladi (to‘qimadagi mikrobli parchalanish jarayonining natijasida ammiak ajralib chiqishini bu jarayon bilan aralashtirish mumkin emas). Go‘shda fosfbr, temir ko‘p miqdorda bo'lib, lekin kalsiyning miqdori kam boladi. Mineral moddalaming hayvon organizmidagi miqdori quyidagi 1.3-jadvalda keltirilgan.

Download 1.08 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Download 1.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



X. T. Xasanov biologiya fanlari nomzodi

Download 1.08 Mb.