• Ko`tarish-transportlash mashina va mexanizmlari
  • 1 - rasm. a - telfer; b - dastaki tal;
  • 2-rasm. Kran-telejka
  • Lecture 13 mavzu: jihozlarni o`rnatish va tamirlash ishlarining moddiy-texnika bazasi




    Download 1.13 Mb.
    bet1/7
    Sana07.11.2020
    Hajmi1.13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7

    Lecture 13

    MAVZU: JIHOZLARNI O`RNATISH VA TAMIRLASH ISHLARINING MODDIY-TEXNIKA BAZASI


    1. Asosiy ko`tarish-transportlash mashina va mexanizmlari

    O`rnatish, jihozlardan foydalanish va ta`mirlash ishlarining samaradorligi va sifati shu ishni bajarishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar, moslamalar, asboblar va materiallarga bog`liq bo`ladi.



    Ko`tarish-transportlash mashina va mexanizmlari. Jihozlarni tashish va ko`tarish uchun quyidagi mashina va mexanizmlar ishlatiladi: o`zi yurar strelali kranlar (avtomobil, zanjirli, pnevmog`altakli), to’rt oyoqli (козловой), ko`prikli (мостовой) va minorali (башенный) kranlar, yuklagichlar (погрузчик), traktor va tyagachlar, elektrotelfer, tal, lebyodka, ko`targich (домкрат), kran-telejka va boshqalar.

    AK, СMK, MKA va KС rusumidagi avtomobil kranlari 6,3-16 t yuk ko`tarish qobiliyatiga ega bo`lib, strelasining chiqib turishi (strelaning gorizontal proektsiyasi) o`zgartirilganda yuk ko`tarish qobiliyati va ko`tarish balandligi ham o`zgaradi. hamma avtomobil kranlari almashtiriladigan strelalar bilan ta`minlangan.

    Yuklagichlar (avto yoki elektryuklagichlar) qurilayotgan yoki ishlayotgan tsex ichida ishlatilishi mumkin. Bunda birinchi holatda avtoyuklagich, ikkinchi holatda elektryuklagichlar ishlatiladi. Ularning yuk ko`tarish qobiliyati 0,5 - 5 tonnani tashkil qiladi.

    СКГ, MГK va Э rusumidagi zanjirli kranlar asosan juda og`ir jihozlarni ko`tarishda yoki bir maydonchada juda ko`p hajm ko`tarish ishlarida ishlatiladi. Maksimal yuk ko`tarish qobiliyati 160 t, ko`tarish balandligi (kryuk bo`yicha) 50 metrgacha bo`ladi.

    1,5 - 50 t yukni ko`taradigan va ko`tarish balandligi 45 m gacha bo`lgan minorali kranlar qurilish konstruktsiyalarini, materiallarni, texnologik jihozlarni qurilayotgan korxonalarda o`rnatish uchun ва nostandart jihoz hamda quvurlarni montaj maydonchalarida yig`ishda ishlatiladi. Bu kranlar ikki rels ustida to`rt tayanchli telejkada harakatlanadi.

    50 t gacha yuk ko`taruvchi, ko`tarish balandligi (kryuk bo`yicha) 24 metrgacha bo`lgan tirgakli kranlar ham minorali kranlar ishini bajaradi. Bu kran tayanchlari relslarda o`rnatilgan etaklanuvchi telejkalarga tayanadi.

    Ko’prikli kranlar sex ichida jihoz va konstruktsiyalarni ko’tarish va ko’chrish uchun xizmat qiladi. Ular bir balkali (eni 4,5 – 16,5 m; yuk ko’tarishi 3,2-8 t) va ikki balkali (eni 7,5 – 16,5 m; yuk ko’tarishi 12,5 va 20 t) bo’ladi.

    Traktorlar og`ir vaznga ega bo`lgan jihozlarni qurilish maydonchasida va ishlab chiqarish binolarining 1 qavatida chang`i va boshqalar yordamida tortib tashish uchun xizmat qiladi. Traktorlarning ko`p tarqalgan rusumlari: С-80, С-100, T-300 va K-700. Ularning maksimal tortish kuchlari (kN da) 88, 90, 90, 60.

    Elektrotelferlar (1-rasm) yuklarni vertikal ko`tarib, gorizontal tashishga mo`ljallangan. Ular ikkitavrli balkalardan tuzilgan osilib turuvchi yo`llar bo`yicha harakatlanadi. Telferlarinig yuk ko`tarish qobiliyati 0,5 dan 5 t gacha bo`lib, maksimal ko`tarish balandligi 12 metrni tashkil qiladi.

    Kran-telejkalar (2-rasm) jihoz va montaj qismlarni tsex ichida gorizontal va vertikal tashishdа ishlatiladi. Ko`tarish qobiliyati - 1 t, yuk ko`tarish balandligi - 2,2 metrga teng bo`lib, dastdasidagi kuchlanish - 250 N ni tashkil qiladi.




    1 - rasm. a- telfer; b -dastaki tal;

    1-ilgak; 2- tross; 3-baraban; 4-podshipnik tsapfasi joyi; 5-trolley;



    6-rolik; 7- yuritma joyi; 8-egiluvchan kabel; 9-boshqaruv pulti; 10-monorels.


    2-rasm. Kran-telejka.

    1-rom; 2-lebyodka;

    3- strela;

    4- ko’tarish ilgagi.




    3- rasm. Devorga suyanovchi ko’targich.

    1- tayanch; 2, 6 - bloklar; 3-konsol; 4- rom; 5-lebyodka; 7- kanat (arqon).


    Devorga suyanuvchi ko`targichlar (3-rasm) yordamida sovituvchi batareya va devor bo`ylab joylashgan quvurlar o`rnatiladi.

    Mashinali yoki dastaki tayanchli montaj lebyodkalari (4-rasm) yuklarni vertikal ko`tarish, gorizontal va qiya tekislik bo`yicha tashishda ishlatiladi. Mashina yuritmali (elektrik) reversiv lebyodkalar yuk ko`tarishi 0,5 dan 5 t gacha, kanat sig`imi 80 metrdan dan 150 metrgacha bo`ladi (4- rasm, a).

    Tayanchli lebyodka (4-rasm, b) korpus 14 ichiga o`rnatilgan tortuvchi mexanizmdan, oldinga harakatlantiruvchi richag 13, orqaga harakatlantiruvchi dasta va oxirida ilgak 16 bog`langan ishchi kanatdan 17 iborat. Richagni qo`l bilan harakatlantirib tortuvchi mexanizm ishlatiladi va qisqichlar yordamida kanat uzatiladi. Bularning yuk ko`tarish qobiliyati 0,75; 1,5 va 3 tonnagacha bo`ladi.



    Ko`targichlar jihozlar va konstruktsiyalarni o`rnatishda ularning gorizontallik va vertikallik holatini rostlash uchun qisqa masofaga ko`tarishda ishlatiladi. Ko`targichlar (5- rasm) konstruktsiyasi bo`yicha vintli (yuk ko`tarish qobiliyati 3 dan 7 t gacha), reykali (yuk ko`tarish qobiliyati 3 dan 20 t gacha) va gidravlik (yuk ko`tarish qobiliyati 10 dan 200 t gacha) ko`targichlarga bo`linadi.




    Download 1.13 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 1.13 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lecture 13 mavzu: jihozlarni o`rnatish va tamirlash ishlarining moddiy-texnika bazasi

    Download 1.13 Mb.