Vinoning gigiyenik va oziq-ovqatlik xususiyatlari to’g’risida




Download 15.93 Mb.
bet9/104
Sana14.03.2023
Hajmi15.93 Mb.
#45365
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104
Bog'liq
UMK SHAROB
318-320

1.4.Vinoning gigiyenik va oziq-ovqatlik xususiyatlari to’g’risida


Uzumni parhezlik va shifobaxsh xususiyatlari qadim zamonlardan ma’lum. Bu haqida Gipokrat va Ibn Sinolar yozishgan. Lekin uzum va undan tayyorlangan vino mahsulotiarining kasalliklarni davolashda qo’llanilishi XIX -XX asrda amalga oshirilmoqda. Uzumni ho’lligida (yangi) va undan tayyorlangan mayizni iste’mol qilganda uning po’sti, mag’zi, sharbati va urug’i ham iste’mol qilinadi. Uzumni oziq-ovqatlik xususiyatida uning kimyoviy tarkibi muhim ahamiyatga ega. Uzum tarkibida eng ko’p bo’lgan modda glukoza va fruktoza bo’lib, uzumni yoki uning sharbatini iste’mol qilganda bu moddalar bevosita qonga so’riladi va organizm to’qimalari va hujayra uchun energiya manbayi va nafas olish materiali bo’lib xizmat qiladi. 1 litr uzum sharbati o’rtacha 700-1000 kaloriya energiya beradi. Uzum tarkibidagi qand organizmda zapas ozuqa modda glikogenni hosil bo’lishida ishtirok etadi. Uzum sharbati tarkibidagi glukoza moddasi oshqozonda hech qanday parchalanmasdan to’g’ridan-to’g’ri qonga so’riladi.
Uzum mevasi turli shaklli, shirin yoki nordon mazali sershira ho’l meva.
Mevasi tarkibida 30%gacha qand, oqsil, pektin, B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlari, karotin va mineral tuzlar mavjud. Tok barglarida ham organik kislotalar, C, P vitaminlari va 2%gachu qand bor.
Xalq tabobatida tok mevasi buyrak, qovuq, me’da, yurak, ichak, jigar kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi. Ilmiy meditsinada uzumdan kamqonlik, surunkali bronxit kabi kasalliklami davolashda ishlatiladi.
Uzum tarkibidagi organik kislotalardan olma va vino kislotalari muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular organizmda parchalanib karbonat angidrid gazi, suv va karbonatlar hosil qiladi.
Mineral moddalardan uzum tarkibida kaliy, kalsiy, magniy va fosfor ko’p uchraydi. Uzum tarkibidagi temir va marganes moddalari organizmdagi modda almashinish jarayonlarida katalizator vazifasini bajaradi.
Uzum tarkibida oqsil moddalari kam miqdorda bo’ladi.
Uzum tarkibida ayniqsa qora uzum tarkibida oshlovchi moddalarni ko’p bo’lishi ularda oshqozon kasalliklarini davolashda qo’llanilishiga xizmat qiladi.
Ajdodlarimiz qadimda sharob, bo’za, qimiz, qimron kabi yengil ichimliklar bilan qanoat topganlar.
Turli soha vakillari vino to’g’risida o’z fikirlarini bildirganlar. Vino tayyorlovchi vinodellar: «Uzumdan tayyorlangan vino - bu toza uzumdan yoki so’ligan uzumdan spirtli bijg’ish natijasida hosil bo’lgan mahsulot» deyishadi. Ximiklar ta’kidlashadiki: «Vino bu kimyoviy mahsulot», Shifokorlar: «Vino bu insonni ovqat hazm qilish va nerv tizimini qo’zgatuvchi mahsulot» deyishadi.
Vino tarkibida askorbin kislotasi, vitaminlarning deyarli hamma turi, mineral tuzlar kabi salomatlik uchun foydali bo’lgan tabiiy moddalar borligi mutaxassislarga yaxshi ma’lum. Salomatlik posbonlarining ishonch bilan ta’kidlashlaricha, vino ichish keng tarqalgan Fransiya, Italiya, Ispaniya kabi mamlakatlarda yurak-qon tomir, saraton kabi kasalliklarga duchor bo’lish kamroqligi isbotlangan. Hatto qizil vinoda saraton kasallining urchib ketishining oldini oladigan moddalar mavjudligi aniqlangan.
Uzumdan tayyorlangan vinolarning insonlar ovqatlanishlaridagi ahamiyati turlicha. Vino birinchi navbatda oziq-ovqat mahsuloti, chunki uning tarkibida uglevod, azot va mineral moddalar almashinishida ishtirok etadigan moddalari mavjud. Uzum tarkibidagi inson uchun foydali bo’lgan hamma moddalar vinoga o’tadi. Biokimyogar olim akademik N.M.Sisakyan (1907-1966) shunday deb yozadi: «Vino tarkibini fiziologik-biokimyoviy tekshirishlar, uni foydali oziq mahsuloti sifatida foydalanishga to’liq imkon beradi».
Vino ozuqaligidan tashqari, gigiyenik va davolash xususiyatlariga ega. U organizmda boshqa ozuqa moddalarini yaxshi o’zlashtirilishi uchun foydali.
Vino haqida buyuk olim Gipokrat shunday degan edi: «Vino inson uchun nihoyatda ajoyib tarzda moslab ishlab chiqarilgan ichimlikdir, u sog’lom kishiga ham, bemorga ham o’z vaqtida, tegishli miqdorda berilmog’i lozim». Vinoning shifobaxsh xususiyati to’g’risida fransuz olimi Lui Paster shunday degan edi: «Vino to’la ma’noda eng shifobaxsh emlash xususiyatiga ega bo’lgan toza ichimlikdir».
Vinoning bakteritsidlik xususiyati tajribalarda isbotlangan. Vinodan xoleraning vibrionlari, tif bakreriyalari, ichak tayoqchalari va boshqa xavfli mikroorganizmlar o’ladi.Vinoning bakteritsidlik xususiyati uning 1/3 qismiga suv aralashtirilganda ham saqlanadi.
Aroq mahsulotlari bilan vino mahsulotlari orasida farq bor. Birinchidan, aroq mahsulotlari bu suv bilan etil spirtini aralashmasi, vino tarkibida esa inson organizmi uchun foydali va kerak bo’ladigan bir necha turdagi biologik ozuqa moddalari mavjud.
Uzumdan tayyorlangan vinolar tarkibidagi etil spirti miqdori 20% hajm, uchuvchi kislotalar 1,75 g\l. metil spirti 0,05 % hajm, oltingugurt angidridi miqdori 200 mg/l dan ko’p emas.
Uzumdan tayyorlangan vinolar tarkibidan 500 dan ortiq kimyoviy birikmalar borligi aniqlangan.
Vino tarkibidagi erkin va tuz holdagi organik kislotalar insonlarning ovqatlanishlarida muhim ahamiyatga ega. Organik kislotalar miqdori 0,5 dan 1%gacha bo’lib, ularga vino kislotasi, olma kislotasi, sut kislotalari kiradi. Olma kislotasi organizmda modda almashinishida muhim ahamiyatga ega. Vino tarkibidagi sut kislotasi ularni mazasini yumshoq bo’lishini ta’minlaydi.
Vino tarkibidagi mineral moddalar fiziologik ahamiyatga ega. Tekshirishlardan m’lum bo’lishicha, vino tarkibida 24 ta mikroelementlar borligi aniqlangan, bularga marganes, rux, ftor, vanadiy, yod, titan, kobalt va boshqalar. Ayniqsa, uzumdan vinoga o’tadigan mikroelementlar muhim ahamiyatga ega. Vino tarkibidagi mikroelementlar miqdori turlicha bo’lib, uning miqdori qizil rangli vinolarda 4 g\l gacha, oq rangli vinolarda 2 g\l gacha bo’ladi. Mikroelementlardan ayniqsa kaliy va fosfor vino tarkibida ko’p bo’lib, ular organizmda kislota-ishqor muvozanatini boshqarishda ishtirok etadi.
Vino tarkibidagi mineral moddalaming turi va miqdori uzumni o’stirilgan tabiiy-iqlim sharoitiga va uzum naviga bog’liq.
Azot saqlovchi moddalar, ayniqsa erkin aminokislotalar miqdori 1 g/l dan oshmasada, ular vinoni mazasini hosil bo’lishida ahamiyatga ega.
Vino tarkibidagi vitaminlaming bir qismi uzumdan o’tgan bo’lsa, bir qismi achish jarayonida achitqidan o’tadi. Vino tarkibidagi vitaminlar turlicha bo’lib, uning miqdori inson organizmini bu vitaminlarga bo’lgan talabini to’la qondira olmaydi. Lekin ularning ta’siri ahamiyatga ega. Vino tarkibida bo’lgan B1, B2, B6, B, C, P, PP vitaminlar miqdori, kishi organizmini bu vitaminlarga bo’lgan bir sutkalik talabini 10%ni qondiradi. C vitamin uzumda bor, lekin vinoda yo’q, uzumdan vino tayyorlash jarayonida bu vitamin parchalanib ketadi. 200 ml xo’raki qizil vino organizmni P vitaminiga bo’lgan bir sutkali talabini qondiradi.
Vino tarkibidagi yengil uchuvchan moddalar; efir moylari, murakkab efirlar aldegid va asetillar yoqimli hid hosil qiladi. Bu moddalarnig fiziologik ahamiyati shundaki, ular organizmdagi qon bosimmi kamaytiradi va asab sistemasini tonusining ko’taradi.
O’ynoqi vinolar tarkibidagi karbonat angidrid gazi, organizmda nafas olish va qon aylanishini yaxshilaydi, miyada qon ta’minotini yaxshilaydi, ichakda so’rilishni yaxshilaydi.
Bundan ko’rinib turibdiki, uzumdan tayyorlangan vinoni tashkil etuvchi moddalarning hammasi ovqatlanish uchun ahamiyatga ega ekan. Faqatgina xo’raki vinolar tarkibidagi 9…12% hajm, kuchli va shirin vinolar tarkibidagi 20% hajm etil spirti, organizmga ko’prok miqdorda kirganda kishini mast qiladi, shu sababdan ham vinoni ichishni me’yorini bilish kerak.
Vino organizmda ovqat hazm bo’lishiga yordamlashadi, eng avvalo u ishtahani ochadi.Vino tarkibidagi organik kislotalar va oshlovchi moddalar oshqozon osti bezlarida shira ajralishini kuchaytiradi. Bundan tashqari vino aqliy charchashni yengillashtiradi va oshqozon-ichak sistemasini kuchlanishdan ozod qiladi.
Vinoni kislotaligi pH 2,5…3,5 bo’lib, bu kislotalik oshqozon shirasini kislotaligiga pH 2,0…2,2 yaqin, shu sababdan ham xo’raki vinolar oshqozonda dagal va yog’li ovqatlarni hazm bo’lishini osonlashtiradi.
Qizil vino tarkibidagi oshlovchi moddalar antiradialsiya xususiyatiga ega, pektin moddasi esa radiaktiv modda stronsitini organizmdan chiqarish xususiyatiga ega.
Tekshirishlardan shu narsa aniqlanganki, vino charchoqni oladi, sekinlashgan yurak qon faoliyarini kuchaytiradi.
Etil spirti organizmda normal modda almashinuv mahsuloti hisoblanadi. Qonda va to’qima suyuqliklari tarkibida uning miqdori doimiy bo’lib, bu miqdor spirtli mahsulotlar iste’moliga bog’liq emas. Inson organizmi toqimalari tarkibidagi suyuqliklarda 30 dan 60 mg/l gacha etil spirti bo’ladi.

Download 15.93 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   104




Download 15.93 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vinoning gigiyenik va oziq-ovqatlik xususiyatlari to’g’risida

Download 15.93 Mb.