|
Ergashgan qoʻshma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi (2 soat)
|
bet | 11/12 | Sana | 22.10.2022 | Hajmi | 91.33 Kb. | | #27853 |
Bog'liq 2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat 1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3. Ergashgan qoʻshma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi (2 soat)
Ergashgan qoʻshma gap ‒ ta’kid ifodalovchi vosita .
Ergashgan qoʻshma gaplarning sodda gap bilan ma’nodoshligi.
Oʻzbek tilida ergashgan qoʻshma gaplar sodda gap bilan ma`nodoshlik hosil qiladi. Sodda gaplarda harakat va holat yoki belgi- xususiyat murakkab tushuncha sifatida qayd etiladi, gqoʻshma gapda esa ana shu tushuncha hukmga aylanadi. Buning natijasida tinglovchining dyqqati aytilayotgan fikrdagi bir nuqtaga tortiladi: Dilozordan el bezor. (Maqol.)—Kimki boʻlsa dilozor, undan elu yurt bezor. Maqtanchoq kishi hamisha xijolat tortadi.— Kim maqtanchoq boʻlsa, u hamisha xijolat tortadi.
Oʻzbek tili grammatik qurilishining bosh xususiyati tejamkorlik ekanligini inobatga olsak biri ikkinchisiga tobelangan ikki fikrdan iborat murakkab fikrni ifodalovchi asosiy vosita sodda gap deb qarashga toʻgʻri keladi. Bunday gapga ma`nodosh ergash gapli qoʻshma gap ta`kid nazarda tutilganda ishlatiladi. Bunda sodda va ergashgan qoʻshma gap denotativ jihatdan ma`nodosh boʻlib konnotativ jihatdan farq qiladi. Sodda gapda konnotativ jihatdan neytral boʻlib ergashgan qoʻshma gapda konnotatsiya mavjud boʻladi. Binobarin sodda gap nohissiy bayonga xos boʻlib koʻp qoʻllanadi. ergash gap hissiy bayonga xos boʻlib kamroq ishlatiladi. Gapning yoyiq boʻlaklari ergash gap shakliga kirsa, aytilayotgan fikrning "ikir-chikirigacha ifoda etish uchun keng imkoniyat yaratiladi. Chunki qoʻshma gapli. konstrukqiyalarda tinglovchining diqqati qiyoslash, ta`kidlash, eslatish orqali ma`lum bir ob`ektga tortiladi: Bir oʻlkaki, tuprogʻida oltin gullaydi. (O.)
endi sodda qoʻshma gap orasidagi ma`nodoshlikni ergash gapli qoʻshma gap turlari misolida koʻrib chiqamiz.
ega ergash gapli qoʻshma gapda modusni nutqiy aloqada alohida ta`kndln ifodalashga zaruriyat boʻlmasa, ya`ni modusni gap shaklida ifodalashga hojat boʻlmasa, denotativ voqea ifodasi boʻlgan ergash gap bosh- gapdagi oʻzining mantiqiy oʻrni — havola boʻlak (ega) oʻrnini egallaydi va gap sodda gapga aylanadi: Shunisi muhimki, doʻstlarimiz gʻalaba qildi — Doʻstlarimizning gʻalaba qilganligi muxam.
Ega ergash gapli qoʻshma gapning ikkinchi koʻrinishi — ikki havola boʻlakli turini koʻraylik; Musobaqada kim gʻolib chiqsa, oʻsha mukofotlanadi. Bosh gapda ifodalangan denotativ voqea sub`ektning tavsifli, demak, ta`kidli ifodaspga nutqiy aloqada zaruriyat boʻlmasa, ergash gapdagi denotativ voqeaning sub`ekti ta`kidlangan parallelizmga koʻra matndan chyqarib yuboriladi va ayni denotativ voqea nominativ shaklda bosh gapdagi denotativ voqeaning sub`ekti sifatida anglanadi, bu holda qoʻshma gap sodda gapga aylanadi: Musobaqada kim gʻolib chiksa, oʻsha mukofotlanadi — Musobaqada gʻolib chiqkan mukofotlanadi.
Oʻrin ergash gapli qoʻshma gaplar asosan ikki havola boʻlakli boʻladi. Masalan, Qaerda suv serob boʻlsa, u erda tabiat koʻrkam boʻladi («Yoshlik») gapida bosh gapda hol sintaktik oʻrnida kelgan u erda havola boʻlagi ergash gapdagi qaerda havola boʻlagi (u ham hol oʻrnida) bilan nisbatlanadi va shu asosda ergash gapdagi denotativ voqeani asosiy voqea ichiga olib kiradi. Bunda bosh gapdagi denotativ voqeaning sodir boʻlish oʻrni ta`kidli ifodaga ega boʻladi. Agar shunday ta`kidli ifoda zaruriyati boʻlmasa, havola boʻlaklar gapdan chiqarib yuboriladi va gap sodda gapga aylanadi. Qiyoslang: Suv serob boʻlgan joyda tabiat koʻrkam boʻladi.
Quyidagi jadvalda ergash gapli qoʻshma gap turlarining sodda gap bilan ma`nodoshligi berilgan.
№
|
Ergash gapli qoʻshma gap
|
Sodda gapga aylangan koʻrinishi
|
Qoʻshma gapning turi
|
1
|
|
|
| |