• Sifatdoshlar
  • Yolgʻiz oʻzi biriktiruv vazifasini bajaruvchi vositalar




    Download 91.33 Kb.
    bet7/12
    Sana22.10.2022
    Hajmi91.33 Kb.
    #27853
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    Yolgʻiz oʻzi biriktiruv vazifasini bajaruvchi vositalar. Bu gruppaga ravishdosh, shart mayli shakli kiradi;

  • Boshqa vositalar bilan birga kelib, biriktiruv vazifasini bajaruvchi vositalar. Bu gruppaga sifatdosh shakli , koʻmakchilar, kelishik qoʻshimchalari, nisbiy soʻzlar va boshqa shunga oʻxshash biriktiruvchi vositalar kiradi.

    Ergash gaplarni bosh gapga bogʻlashda fe’lning shaxssiz shakllari muhim rol oʻynaydi. Fe’l shakllari ergash gapning kesimi boʻla turib, uni bosh gapga biriktiruvchi asosiy grammatik vositalardan hisoblanadi va koʻpgina ergash gaplarni bosh gapga bogʻlash uchun xizmat qiladi.
    Sifatdoshlarergash gaplarning kesimi boʻlib kelganda, shaxs, son qoʻshimchalarini olmay, egalik va kelishik affikslari bilan birga qoʻllanadi. Sifatdoshga qoʻshilib kelgan egalik affiksi otlardagi egalik affiksidan ma’lum darajada farq qiladi: otlardagi egalik xoslikni bildirsa, sifatdoshdagi egalik esa toʻla ma’nosi bilan bunday xoslikni bildirmaydi. Bunda egalik olgan soʻzdan oldin qaralmish boʻlishi shart emas, hatto ayrim oʻrinlarda qaralmish qoʻyib boʻlmaydi. Sifatdoshdagi egalik qisman sub’ektni ham koʻrsatadi: Kitobim (mening kitobim). Kelganimda (mening kelganimda emas). Ergash gapning kesimi boʻlib kelgan sifatdoshlar hamma kelishik shakllarida kela bermaydi. Sifatdoshlar (koʻproq -gan affiksini olgan shakli ) chiqish va oʻrin-payt kelishiklari affikslarini olib, ergash gaplarning kesimi boʻlib keladi: Efim nima qilishini bilmay turganida, telefon jiringladi. (A. S.) Uzoq tortiishuvlar boʻlib oʻtganidan keyin, oxiri choʻlda ikkovlari uchrashish qaroriga keldilar. (M. Ism.)
    Koʻpincha sifatdoshning -gan, -(a) r affiksini olgan shakllari ergash gapning kesimi boʻlib keladi.
    Sifatdoshning -gan affpksini olgan shakli quyidagi yordamchilar bilan birga ergashgan qoʻshma gap tarkibida biriktiruvchi vosita sanaladi:
    Sari (sayin), uchun, bilan koʻmakchilari bilan birga keladi: Shisha boʻshagan sayin, Saidiy oʻzini Salimxonga yanada yaqinroq seza boshladi. (A. Q.)
    Uchun, bilan koʻmakchilari bilan birga kelganda esa, sifatdoshdan keyin egalik affiksi deyarli hamma vaqt qoʻllanadi. Bu egalik affiksi ergash gapning egasi bilan moslashgan boʻladi: Salima biznikiga tez-tez kelib turgani uchun, onam ham meni ularnikiga borib turishga majbur qilardi.
    Chiqish va oʻrin-payt kelishiklari affikslari bilan birga keladi: quvchilar yigʻilganda, majlis boshlanadi.
    Kelishik qoʻshimchalari koʻmakchilar (koʻra, soʻng koʻmakchilari) bilan birga qoʻllanadi: Dalalarimizda yovvoyi oʻtlar oʻsgandan koʻra, gullar oʻssin. Paxta qiygʻos ochilgandan soʻng, terim mashinasi ishga tushdi.
    Oʻrin kelishiklari shakli dagi sifatdosh payt ravishlari bilan birga qoʻllanadi: Ruxsat berilgandan keyin, biz ham ketdik. Rais gap boshlagandan keyin zalda shovqin tindi.
    Ba’zan sifatdosh yasovchi affikslarni olib keladi: Kapalak gulzorda aylanganidek, ul janob ham to goʻzallikdan boshlab arbob, ilm, fikr, she’r va san’at orasida kezadilar (0.)
    Toʻliqsiz fe’lning edi, ekan shakllari bilan birga keladi: Mard unga yollanib ishlashni taklif qilgan ekan, nomard rozi boʻlibdi. («Afgʻon ertaklari».)
    -(a) r affiksini olgan sifatdosh ekan toʻliqsiz fe’li bilan birga ergash gaplarning kesimi boʻlib keladi: Yoʻlchi ahvolni bir oz engillashtiradigan bir yoʻl ustida oʻylarkan, eshikdan bir kishi kirib keldi. (0.) Siz qaerga borar ekansiz, biz ham oʻsha erga boramiz.
    Demak, sifatdoshlar yuqoridagi yordamchilar bilan birga kelib, payt, shart, sabab, toʻsiqsiz, miqdor-daraja, chogʻishtirish-oʻxshatish, ravish ergash gaplarni bosh gapga bogʻlaydi.

    Download 91.33 Kb.
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 91.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yolgʻiz oʻzi biriktiruv vazifasini bajaruvchi vositalar

    Download 91.33 Kb.