• Fe’lning shaxsli shakli orqali birikish.
  • 2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja




    Download 91.33 Kb.
    bet8/12
    Sana22.10.2022
    Hajmi91.33 Kb.
    #27853
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    Ravishdoshning-(i)b affiksi yordamida yasalgan shakli turli ergash gaplarni bosh gapga bogʻlaydi. Ergash gaplar ravishdoshning -(i)b affiksli shakli orqali bosh gapga birikkanda, koʻpincha bosh gap orasida keladi: Doʻsmat, tomirlari boʻshashib, uyiga quruq qoʻl bilan qaytdi. Fabrika mollari har yoqni toʻldirib, kosiblarning bozori kasod boʻldi.
    Fe’lning shaxsli shakli orqali birikish. Fe’lning har uch mayl shakli ergash gaplarning kesimi boʻlib kelib, ma’lum yordamchilar bilan birga kelgan holda qismlarni biriktirish uchun xizmat qiladi.
    1. Fe’lning shart mayli shakli qoʻshma gapda turli ergash gaplarning kesimi boʻlib kelib, ergash gapni bosh gapga bogʻlaydi: Agar bir qadam nari bossang, quvib chiqaraman! (P. T.) Shu rost esa, oʻtga tushsin jon, Yomgʻirdayin boshga tushsin gʻam. (H. 0.) El yasharmas, er koʻkarmas. Boʻlmasa koʻk tomchisi. Qaydin olsin she’rni shoir, Boʻlmasa ilhomchisi. (A. Toʻqay.)
    Shart fe’li shakli ergash gap kesimi tarkibida kerak soʻzi bilan birga qoʻllanib, bosh gapdagi voqea-hodisaning bajarilishidagi taxminiy sababni koʻrsatadi: Yozayotgan narsasi juda qiziq boʻlsa kerak, damba-dam iljayib qoʻyardi. (A. Q.) Sayfulla darcha tagida oʻtirgan boʻlsa kerak, unga koʻrinmaganidan Xolmurod ham shoshilmay qarab turardi. (P. T.)
    Teng huquqli ergash gaplardan tarkib topgan qoʻshma gap kom- ponentlarining kesimlari ham fe’lning shart mayli shakli da kelib, bunday qoʻshma gapdan shart, iltimos, taajjub kabi ma’nolar anglashilishi mumkin. Bu xildagi konstrukstiyalar quyidagi xususiyatlarga ega:
    a) qismlar mazmunan bir-biriga zid qoʻyiladi. Oldingi gapdagi zidlikka qaramay, keyingi gapdagi voqea-hodisa yuzaga kelgan boʻladi. Odatda, bunday qismlar orasida zidlov bogʻlovchisiga funkstiyadosh boʻlgan -u(yu) yuklamalari ishlatiladi va taajjublanish ma’nosi aiglashiladi: Yonginamizda shunday semiz erlar ekilmay yoqa-yu, biz dangasalik qilib oʻtirsak! U otalik qilib ahvolimizdan xabar olgani kelsa-yu, biz qovoq solib oʻtirsak (As. M.);
    b) qismlardan voqea-hodisalarning ketma-ket bajarilishi ifodalanadi va ularning oralarida qoʻllangan -u(-yu) yuklamasi biriktiruv boglovchilariga funkstiyadosh boʻlib keladi: Koʻzim tezroq ochilsa-yu, bogʻlarni, maysalarni, odamlarni koʻrsam (S. Ahm.);
    v) yuqoridagi kabi mazmunan zid qoʻyilgan qoʻshma gap qismlarining soni uch yoki undan ortiq boʻlganda ham, bir-biriga zid qoʻyilayotgan ikki qism mavjud boʻladi, ya’ni qismlar yaxlitlashadi: Hamma ishlasa va fabrikalar qursa, dushmanlarga qarshi kurashsa-yu, bu nuqul ashula ayqa. (As. M.) Polvon otamning oʻzi orden olgan qariya boʻlsa, oʻgʻli qahramon boʻlsa-yu, nahotki shunday ish kelib chiqsa (S. Ahm.);
    g) teng huquqli qismlarda istak ma’nosi ifodalanadi: Duo qilib, ota, Chambilda tursang, bu dunyoda, ota, ishimni koʻrsang, shoh qizini oʻzim borib obkelsam. (F. I.);
    e) kesimlari fe’lning shart mayli shakli orqali ifodalangan qismlar orasida — birinchi gapning kesimi tarkibida ekan toʻliqsiz fe’li ishlatilib, bu voqea-hodisalarning bajarilishiga ishonchsizlik bildiriladi: Otam boʻlsa ekan, men elda yursam. (F. Y.) zi soʻrasa ekan, men ayqam.

    1. Buyruq mayli shakli yordamida birikish. Maylning bu shakli oʻrin, maqsad ergash gaplarning kesimi boʻlib kelib, buyruq ma’nosidan bir oz chetlashgan boʻladi. Masalan: Siz qaysi kolxozga bormang, hamma yerda mehnat uchun jonbozlik qilayotgan azamat kolxozchilarni koʻrib quvonasiz. (Gaz.)

    2. Ijro mayli shakli orqali birikish. Payt va toʻsiqsiz ergash gaplarning kesimlari fe’lning ijro mayli shakli da kelib, ergash gapni bosh gapga bogʻlashi mumkin.

    Payt ergash gaplarni bosh gapga bogʻlashda edi toʻliqsiz fe’li ishtirok etgan -gan ham ediki, -ganicha yoʻq ediki, -i(b) ediki kabilar yordamida hosil boʻlgan shakllar qoʻllanadi: Poʻlatjon endi tashqariga chiqmoqchi boʻlib turgan ediki, yuz-koʻzi chang boʻlib ketgan Hojimat keldi. (S. Ahm.) Ashula tamom boʻlganicha yoʻq ediki, eshikdan bir qancha kishilar kelib qolishdi. (S. Ahm.) Bir kun u qoʻltigʻiga qop qistirib eshikdan chiqib ediki, qarshisidan otasi kelib qoldi. (S. Ahm.)
    Yuklamalar orqali birikish. Yuklamalar sodda gapdagina emas, qoʻshma gaplarda ham koʻpincha ergash gaplarning kesimi tarkibida qoʻllanib, ergash gapning mazmuniga turli ottenkalar qoʻshadi va qismlarni biriktirishda ikkinchi darajali yordamchi sanaladi.

    Download 91.33 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 91.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja

    Download 91.33 Kb.