• yuklamasi
  • 2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja




    Download 91.33 Kb.
    bet9/12
    Sana22.10.2022
    Hajmi91.33 Kb.
    #27853
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    -ku yuklamasi toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gaplarda bosh gapning kesimi tarkibida kelib, qismlarni biriktirish vazifasini bajaradi: zingiz bilasiz-ku, qoʻldan berganga qush toʻymas. (0.) Koʻrdingiz-ku, qancha erga ekin ekkanman. (O.)
    -chi yuklamasi toʻldiruvchi va shart ergash gapli qoʻshma gaplar tarkibida ishlatiladi: Qizim, gapir-chi, mualliming kim? (As. M.) Bordiyu ish koʻngildagiday boʻlib chiqmasa-chi, artel ochish qiyin boʻladi. (As. M.)
    -da yuklamasi toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gaplarda ishlati- ladi: Havo bulut boʻlsa-da, yomgʻir yogʻmadi.
    Ham soʻzi ergashgan qoʻshma gaplarda ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi yordamchilardan keyin qoʻllanib, yuklama vazifasida keladi. Koʻpincha bu yordamchi toʻsiqsiz ergash gapni bosh gapga bogʻlaydi: Soqchi haydasa ham, u qirgʻoqdan nari ketmadi. Otasi nasihat qilsa ham, qiz koʻnmadi.
    -mi yuklamasi mazmunan soʻroq anglashilgan sodda gaplarda ishlatilsa ham, soʻroq ma’nosidan chetlashgan holda toʻldiruvchi, payt va shart ergash gapli qoʻshma gaplarda ishlatiladi: Bilasizmi, Saodat ikkimiz umrbod birga yashash uchun dunyoga kelgan-miz. (I. R.) Uzoqdan qora koʻrindimi, chopib yoniga borar edi. (A. Q.)
    Ham yordamchisi-gan-\-da, -gan vaqtda, -gandan soʻng kabi yor- damchilardan keyin kelib, paytga nisbatan zidlikni bildiradi. Odamlar tarqalgandan keyin ham, Efim Danilovich hech qayerda koʻrinmadi. (As. M.) Bular Mirzachoʻlga koʻchib kelishganda ham, Qalandarov kolxozda brigadir ekan. (A. Q.)
    Kelishik affikslari ergash gapni bosh gapga biriktirishda sifatdoshlarga qoʻshiladi. Bu vazifada, asosan, oʻrin-payt kelishigi affiksi keladi: Ota-onalar yigʻilganda, majlisni boshlar edik. Hamma yigʻilganda ham, majlis boshlanmagan edi.
    Nisbiy soʻzlar ham ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi grammatik vositalarning biri boʻlib, u koʻpgina ergash gaplarni bosh gapga bogʻlash vazifasini bajaradi. Nisbiy soʻzlar koʻpincha fe’lning shart mayli shakli yoki shu funkstiyadagi vositalar orqali birikadigan ergashgan qoʻshma gaplar tarkibida qoʻllanadi. Koʻpincha nisbiy soʻzlar bir xil kelishik qoʻshimchalarini olib, bir-biriga moslashib keladi. Nisbiy soʻzlar mos holda yoki moslashmay kelishidan qat’i nazar, u bosh gapdagi koʻrsatish olmoshi bilan ifodalangan yoki shu soʻz bilan birga kelgan boʻlakni izohlaydi.
    Tarkibida nisbiy soʻzlar qoʻllangan ergashgan qoʻshma gap qismlarining oʻrinlashishi ancha qat’iydir. Ularning oʻrnini oʻzgartib «bosh gap + ergash gap» holida qoʻllash ancha qiyin.
    Oʻzbek tilida nisbiy soʻzlar shaxsga, predmetga, oʻringa yoki miqdorga koʻra munosabatlarni ifodalaydi. Shunga koʻra ularni quyidagicha gruppalash mumkin:
    a) shaxs bildiruvchi nisbiy soʻzlar: kimu, qaysi biriu (oʻsha), har kimu; qay birioʻshanisi;
    b) predmet bildiruvchi nisbiy soʻzlar: nimashu, nimaoʻsha;
    v) oʻlchov-miqdor bildiruvchi nisbiy soʻzlar: qanchashuncha, nechtashuncha;

    Download 91.33 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 91.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja

    Download 91.33 Kb.