• Goʻyo
  • 2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja




    Download 91.33 Kb.
    bet4/12
    Sana22.10.2022
    Hajmi91.33 Kb.
    #27853
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    2 mavzu Ergashgan qoʻshma gaplar Bosh va ergash gap 2 soat
    1 mavzu Qoʻshma gap haqida ma\'lumot Bogʻlangan va bogʻlovchisiz, Influence of local food on tourist motivation in Bukhara, Thesis paper (18110526)!, Barabanli quritgich (4), KURS ISHI 3, Metrologiya, 121993 (1), Lesson plan, Mustaqil ish, Jismoniy madaniyat bakalavriat ta`lim yo\'nalishida o\'quv jarayonini, 100-104, 415-419, Daily routine1, 02
    Ergash gapni bosh gapga biriktiruvchi asosiy vosita — grammatik shakl, fe’lning shart mayli shakli dir. Agar ergash gapning kesimi fe’lning shart mayli shakli da qoʻllanmagan yoki shart fe’liga sinonim boʻlgan ayrim fe’l shakllari orqali ifodalanmagan boʻlsa, yuqoridagi yordamchilarning oʻzi ergash gapni bosh gapga bogʻlay olmaydi. Bunday yordamchilar kesimlari shart mayli shakli da kelgan ergash gaplarning mazmunini kuchaytprib, boʻrttirib beradi. Shuning uchun bunday yordamchilar bogʻlovchi-yuklamalar deyiladi. Ba’zan bu soʻzlar ergash gaplarning tiplarini belgilashda asosiy rol oʻynaydi: kesimi fe’lning shart mayli shakli da kelgan ayrim konstrukstiyalarni shart ergash gap, payt ergash gap yoki ergash gapning boshqa turi ekanligini ayirib beradi.
    Shart ergash gapning kesimi fe’lning shart mayli shakli orqali ifodalanganda, ergash gap oldidan agar, bordiyu kabi soʻzlarni keltirish mumkin: Sen etib kelsang, birga boramiz — Agar sen etib kelsang, birga boramiz. Payt yoki boshqa ergash gaplarning kesimlari shart mayli shakli orqali ifodalansa, yuqoridagi soʻzlarni olmaydi: Olma tagida tursam, bargi uzilib tushdi gapini Agar olma tagida tursam, bargi uzilib tushdi shaklida qoʻllab boʻlmaydi.
    Agar, bordi-yu, basharti, mabodo soʻzlari koʻpincha bir-biriga sinonimday qoʻllansa ham, ularning ishlatilishida ma’lum farqlar bor.
    Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gapda mazmunan zidlikni kuchay- tirib koʻrsatish uchun garchi (garchand) soʻzlari ishlatiladi: Garchi ular joy-joyiga oʻtirgan boʻlsalar ham, birontasining qoʻli ishga bormasdi. (S. Bab.)
    Goʻyo yordamchisi mazmunidan oʻxshatish yoki chogʻishtirish ma’nolari anglashilgan sodda va qoʻshma gaplar tarkibida ishtirok etadi. Sodda gaplardagi funkstiyasi koʻproq yuklamalarga yaqin boʻlib, u gapda turli gap boʻlaklari oldida kela oladi: Onaxon oʻzining gapiga ilhaq boʻlib turgan xotinlarning koʻzlariga bir sidra qarab chiqdi-da, goʻyo ulardan nimagadir rozilik olganday, chekkada choʻnqayib oʻtirgan Anziratgagina qarab gapirdi. (As. M.) Keskin ochilgan eshik shamoli bu dudni goʻyo choʻchitib yubordi.. (P. Q.)
    Qoʻshma gapdagi vazifasiga koʻra goʻyo yordamchisi bogʻlovchi-yuklama sanaladi. Chunki u ba’zan qismlari -ganday shakli orqali birikkan qoʻshma gaplarning ergash gapi tarkibida kelib, undagi chogʻishtirish yoki oʻxshatish ma’nosini kuchaytiradi yoki ta’kidlab koʻrsatadi. Ayrim hollarda u taxminiy oʻxshatish mazmunini ifodalovchi gaplarda ham qoʻllanadi. -gandek shakli qoʻllanmasa, u qismlarni biriktiruvchi bogʻlovchi vazifasini bajaradi: Oppoq nozik yuzi quyoshda shunday tiniq koʻrindi, goʻyo u nurdan yaratilganday (0.)
    Oʻxshatish ergash gapli qoʻshma gaplarda oʻxshatish ma’nosini kuchliroq, boʻrttirib koʻrsatish maqsadidagoʻyo yordamchisini olgan ergash gap bosh gapdan oldin keltiriladi: Goʻyo hamma uning siridan voqif boʻlganday, yigit qizarib ketdi. (0.) Goʻyo quyosh oyni kuzatganidek, Oʻt boʻlib orqangdan kezmoqdaman men. (U.)
    Goʻyoyordamchisi faqat oʻxshatish ergash gapli qoʻshma gaplar tarkibidagiia qoʻllanmay, boshqa ergash gaplarga ham noaniqlik, taxmin yoki gumon ottenkalarini berib, ularni bosh gapga biriktiruvchi grammatik vositalar bilan birga keladi.
    Toʻldiruvchi ergash gapli qoʻshma gaplarda bajarilishi gumon tutilgan, noaniq voqeani ifodalovchi ergash gapni bosh gapga bogʻlashda -ki bogʻlovchisi bilan birga ishtirok etadi: Toshmuhamedov bora-bora shu narsaga koʻnikib qoldiki, goʻyo mahalla aholisi uning butun maishatini koʻtarishi, oilasini tebratishi kerak emish. («Mush.»)
    Aniqlovchi ergash gapli qoʻshma gaplar tarkibida keladi: Unda shunday tuygʻu bor ediki, goʻyo u osmonni ham aldaganday edi. (G. N.)
    Toʻsiqsiz ergash gapli qoʻshma gap tarkibida kelib, bosh gapdagi voqeani faraz qilish yoki oʻxshatish orqali izohlaydi: Hali hech narsa gullagan boʻlmasa ham, goʻyo uzoqdan gul hidi keladi. (P. Q.)
    Goʻyoyordamchisi bolangan qoʻshma gaplar tarkibida ham keladi: Goʻyo chiroq oʻchdi-yu, qorongʻida u koʻrinmay qoldi. (S. An.)
    Xuddi yordamchisi hamgoʻyo soʻzi kabi voqea-hodisalarning yuzaga kelishiga bir oz ishonchsizlik, gumon bilan qarash ottenkalarini bildiradi. Bu soʻz ishtirok etgan qismlarning kesimlari koʻpincha -ganday shakli da boʻladi: Xuddi elkasidan birov turtganday, u birdan choʻchib tushdi. (As. M.)
    Toki yordamchisi qismlari deb orqali birikkan qoʻshma gaplar tarkibida keladi: Yozildi bu she’r bahor tongida Aziz farzandlarga sovgʻa boʻlsin deb, Toki bir moʻysafid otaning soʻzi,qalblarga diljo boʻlsin deb. (H. O.)
    Maqsad ergash gap bosh gap bilan tokiyordamchisi orqali birikadi. Bunday qoʻshma gaplarda ergash gapning kesimi fe’lning buyruq mayli shakli da keladi: Ertaga artelda ham, klubda ham butun xotinlarni yigʻib, voqeani aytib beramiz, toki bu qabihlikni hamma bilsin. (As. M.)
    Mazmunidan maqsad va sabab ma’nolari anglashilgan ergash gap bosh gap bilan tokiyordamchisi orqali birikadi: Yaxshilab ta’zirini berish kerak, toki boshqalarga namuna boʻlsin. (P. T.)
    Payt ergash gapni bosh gapga bogʻlaydi:

    Download 91.33 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 91.33 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2 mavzu: Ergashgan qoʻshma gaplar. Bosh va ergash gap (2 soat) Reja

    Download 91.33 Kb.