|
Parhezbop achitilgan sut mahsulotlarining ovqatlanishda roli va assortimentining tavsifi
|
bet | 156/231 | Sana | 13.02.2024 | Hajmi | 1,23 Mb. | | #155970 |
Bog'liq Sapayeva, Z. J. G\'Ulomova oziq-ovqat texnologiyasi asoslari-fayllar.orgParhezbop achitilgan sut mahsulotlarining ovqatlanishda roli va assortimentining tavsifi.
Sariyog' ishlab chiqarish texnologik bosqichlari va assortimentining tavsifi.
Pishloq ishlab chiqarish texnologik bosqichlari va assortimenti.
tajriba ishi
Mavzu. Sut mahsulotlari assortimentini o'rganish va sifatini aniqlash. Maqsad. Sut mahsulotlari assortimenti bilan tanishish, ularning sifat ko'rsatkichlarini aniqlash bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lish.
Mazmuni. Standartlar, ma’lumotnomalar, uslubiy ko'rsatmalardan foydalanib, sut mahsulotlari assortimentini o'rganish.
270
IX bob. KONSERVALANGAN MAHSULOTLAR TEXNOLOGIYASI
§. KONSERVALASH TO‘G‘RISIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
Inson qishloq xo‘jalik mahsulotlarini iste’mol qila boshlagandan buyon uni saqlash va qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelmoqda. Yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan va sifatini pasaytirmasdan saqlash, undan unumli foydalanish qadimdan inson ehtiyojlaridan biri bo‘lgan. Ko‘chmanchi xalqlar yig‘ilgan meva va urugiarni saqlash uchun maxsus yertoialar qurishgan. Qabilalar o‘troq boiib yashay boshlagan paytda ortiqcha mahsulotlarni saqlab, zararkunandalardan himoya qila boshlashgan.
0‘rta Osiyo, jumladan, 0‘zbekiston sharoitida ham qadimdan qishloq xo'jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashga e’tibor berib kelingan. Mintaqamizda ob-havo yil va bir kecha-kunduz davomida o‘zgaruvchan boiganligi sababli go'sht, yog‘, sut, baliq, tuxum kabi mahsulotlar issiqda tez ayniydi, juda qattiq sovuqda esa sabzavot va mevalar muzlab qoladi. 0‘zbekistonda qishloq xo‘jalik mahsulotlari saqlashning eng qadimgi usullaridan ko'mib yoki osib saqlash, qoqi qilish, quritish kabilar keng qoilaniladi. Mahsulotlarni saqlash, qayta achitish, sabzavot, don, meva, go‘sht, qazi va tuxumni ko‘mib saqlash, poliz mahsulotlarini, osib saqlash, turli meva, qovun, pomidordan qoqi tayyorlash, uzum, ukrop, kashnich, rayhon, jambil va qizil qalampirni quritish amalda keng qoilanib kelingan. Asosan, quruq mahsulotlar tez buzilmaydigan mahsulotlar hisoblanib, ular quruq joyda, shisha, chinni yoki sopol idishlarda, yopiladigan qog‘oz qutilarda saqlangan.
Maiumki, qishloq xo'jalik mahsulotlari yilning muayyan mavsumida yetishtiriladi, shu sababli ularni uzoq vaqt saqlash va qayta ishlashni tashkil qilmay turib, aholini yil bo‘yi turli mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilib boimaydi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish ko'paygan sari ularni saqlash va qayta ishlash ham takomillashtirilmoqda, yangi zamonaviy omborxonalar qurilmoqda.
Konservalash bu oziq-ovqat mahsulotlarini buzilishdan saqlash va yaroqlilik muddatini uzaytirish maqsadida ishlov berish usulidir.
271
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yig‘ish, tashish, saqlash va konservalash ilmiy tashkil qilinsa, bu borada fan-texnika yutuqlari hamda ilg‘or tajribaga tayanib ish ko‘rilsa, mahsulotning isrof bo'lishi ancha kamayadi. Shu hisobdan aholi 20% va undan ham ko'proq qo'shimcha qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan ta’minlanishi mumkin.
|
| |