II Bob Sport kollejlarida fizika o`qitishda kasbiy aloqadorlik bo`yicha




Download 145.09 Kb.
bet8/10
Sana01.03.2023
Hajmi145.09 Kb.
#43851
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Abdiyxamidova Soniya
Amir Temurning o’z davlat chegaralarini kengaytirish uchun olib 3, img20221020 10154348, test juda kich — копия, 16-dars, Davlat-ramzlari, HUSNIDDIN, 2 5287436244131775076, Adolat kurs ishi, Barotova M kurs ishi (1), Davlatova kurs ishi, GULMIRA kurs ishi, Gʻaybullayeva Kamola kurs ishi, DILFUZA, 17.04
II Bob Sport kollejlarida fizika o`qitishda kasbiy aloqadorlik bo`yicha
amaliy tavsiyalar
2.1.Gimnastika bilan aloqadorlik
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar
«Gimnastika va uni o‘qitish metodikasi»o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
-Gimnastikaning qisqacha tarixi, turkumlari, davrlari, pedagogik ahamiyati.
-Gimnastika tushunchasini aniqlash.
- Gimnastika tasnifi (klassifikatsiyasi).
- Gimnastikani taxlil qilish.
- Gimnastikani tashkil qilish va o‘tkazish bilimlarga ega bo‘lishi kerak;
Ko‘nikma – talabalar gimnastika fanidan mashqlarni tashkil qilish va o‘tkazish jismoniy mashqlar hatti – harakatlarni bajarishni amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi kerak;
Malaka – gimnastikani tashkil qilish va o‘tkazish, tayyorgarlik ko‘rish. Mashqlarni tanlash va tashkil etish. Mashg‘ulot jarayoniga raxbarlik qilish. Gimnastikada yuklamani boshqarish. Mashg‘ulotni yakunlash va uni natijalarini aniqlash hamda avtomatizm shakliga keltirish malakasiga ega bo‘lishi kerak;
Talabalarning gimnastika fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullardan foydalanish, yangi innovatsion – pedagogik texnalogiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matinlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlardan va sport jihozlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy mashg‘ulotlariga mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi.


Perekladina-tayangan holda o’ng oyoqni o’tkazib orqaga tashlash va yana
qaytib chiqish



Tayanib sakrash- dastakli kondan o’ng tomon sakrash


Akrobatika-oldinga qo’l va boshlar yordamida to’nkarilish

O`zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan pedagogik kadrlar bilan ta’minlash, ularning ish jarayonida raqobatga asoslangan muhitni yuzaga keltirish, o`quv-tarbiya jarayonini sifatli o`quv adabiyotlari bilan va ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash kabi masalalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.


Ushbu vazifalarni amalda bajarish har bir ta’lim muassasasining bevosita burchi hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni muvaffaqiyatli ravishda tadbiq etish har bir fan o`qituvchisining maxsus bilim va ko`nikmalarga hamda pedagogik amaliyotda zarur bo`ladigan metodik tayyorgarlikka ega bo`lishini taqozo etadi.
Shu o`rinda ta’kidlash kerakki, pedagogik texnologiya atamasining o`ziga ham shu soha bo`yicha izlanishlar olib borgan har bir olim o`z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda ta’rif bergan. Masalan: “Pedagogik texnologiya psixologik va pedagogik o`gitlar yig’indisi bo`lib, shakllar, metodlar, usullar, o`qitish yo`llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to`plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonnig tashkiliy metodik omilini ham bildiradi”
Insoniyat XXI asrga qadam qo`yar ekan, ilm-fan va texnika taraqqiyotining yuksak sur’ati moddiy ishlab chiqarish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan boyitib borish bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta’minladi.Yangicha turmush tarzi, turli xil xizmat ko`rsatish sohalarining paydo bo`lishi kishilarning moddiy va ma’naviy ehtiyojining kundan-kunga ortib borishiga olib keldi. Moddiy ishlab chiqarish, turli sohalarda xom ashyoni qayta ishlash ehtiyoji mahsulot ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv tizimini yuzaga keltirdi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom ashyoni tanlash va uni qayta ishlab, mahsulotni istemolchiga yetkazib berishni texnologik jarayon sifatida e’tirof etiladi. Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv mazkur sohalarda islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash omili sifatida namoyon bo`ladi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg’or, yuksak texnologiyalarning tadbiq etilishi ilm-fan hamda texnikaning so`ngi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaviy mablag’lar va yuksak darajadagi kasbiy mahoratga ega malakali mutaxassislarning mavjudligi bu yutuqlarni yuzaga keltiradi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg’or texnologiyalarning qo`llanilishi malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda oshirib borishni taqozo etadi. Bundan ko`rinadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib boradi. Jamiyat hayotida yetakchi o`rin egallagan g’oya va qarashlar iqtisodiy ishlab chiqarish rivojiga o`z ta’sirini o`tkazsa, o`z navbatida iqtisodiy o`sish aholining moddiy turmushini yaxshilashga olib keladi.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichlarida shaxsni tarbiyalash, unga ta’lim berishga yo`naltirilgan faoliyat sodda, juda oddiy talablar asosida tashkil etilgan bo`lsa, bugungi kunga kelib ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan o`ta qat’iy hamda murakkab talablar qo`yilmoqda. Chunonchi, murakkab texnika bilan ishlay oladigan, ishlab chiqarish jarayonining mohiyatini to`laqonli anglay oladigan, favqulodda ro`y beruvchi vaziyatlarda ham yuzaga kelgan muammolarni ijobiy hal eta oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash vazifasi qo`yilmoqda. Bunday mutaxassislarni tayyorlash esa o`z navbatida ta’lim jarayonini yangi texnologik yondashuv ya’ni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o`qitishni taqozo etmoqda.
Shu bois ijtimoiy taraqqiyot bilan uzviy hamkorlikda rivojlanib borayotgan pedagogika faninig vazifalari doirasi ham kengayib bormoqda.
Ma’lumki, XXI asr yangi texnologiyalar va axborotlar asridir. Shuning uchun ham ayni vaqtda respublikamiz ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlikda axborotlar oqimi kirib kelmoqda. Bu axborotlarni tezkor sur’atda qabul qilib olish, ularni tahlil etish, qayta ishlash va umumlashtirish hamda o`quvchiga yetkazib berishni yo`lga qo`yish ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.Ta’lim-tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish yuqorida qayd etilgan dolzarb muammoni ijobiy hal qilishga xizmat qiladi.
Fan o`qituvchisi o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishni takomillashtirish maqsadida avval darsning ma’lum bosqichida lokal darajada qo`llashi maqsadga muvofiq. Bunda yangi mavzu avval o`rganilib o`quvchilarning o`zlashtirgan bilim, ko`nikma, malakalarini nazorat qilish va baholashda nazorat testlari, turli mashqlar, musobaqalar, trening o`tkaziladi. O`quvchilarning bu faoliyatga kirishishi, muayyan ko`nikma va malakalarni egallagandan so`ng, pedagogik texnologiyalarga asoslangan darslarni o`tkazish, ya’ni xususiy metodik darajada qo`llash mumkin.
Xususiy metodik darajada darsning barcha bosqichlari pedagogik texnologiya talablari asosida tashkil etiladi. Bunda o`qituvchi o`rganiladigan mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlaridan kelib chiqqan holda qaysi texnologiyadan foydalanish, mazkur texnologiya asosida o`quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari, darsda o`quvchilarning bilishi lozim bo`lgan o`quv topshiriqlari, o`quvchilarning o`zlashtirgan bilimini nazorat qilish va baholash mezonini belgilash lozim.
Shunday qilib, berilgan fanni o`qitishda qaysi texnologiyalardan foydalanish shu fanning xususiyatiga, mazmuniga va boshqa omillarga bog’liq bo`lib, berilgan mavzu uchun biror bir pedagogik texnologiyadan foydalanish tavsiya etiladi.

Download 145.09 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 145.09 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II Bob Sport kollejlarida fizika o`qitishda kasbiy aloqadorlik bo`yicha

Download 145.09 Kb.