• K onyugatalar (m atashuvchilar) (C onjugatae) sinfi
  • Цьу \ / М. M o‘minov, A. Mamadaliyev, A. To‘xtaboyev botanikadan amaliy mashg‘ulotlar




    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet61/118
    Sana23.11.2023
    Hajmi3,97 Mb.
    #104324
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118
    Bog'liq
    Botanikadan amaliy mashg\'ulotlar. Mo\'minov M

    Asbob va materiallar:
    vosheriya suvo‘tining bir qismi, m ikros­
    kop, c h o ‘ntak lupasi, buyum oynalari, laboratoriya asboblari.
    Ishlash tartibi.
    Pinset yordam ida vosheriyaning bir necha 
    ipidan olinib m ikroskopda tekshiriladi. M ikroskopning sal kat­
    ta qilib k o ‘rsatadigan obyektivida suvo‘t tanasida hech qanday 
    to ‘siq y o ‘qligi va barcha suvo‘t tanasi bitta katta hujayradan ibo- 
    ratligi yaqqol k o ‘rinadi. M ikroskopning katta qilib k o ‘rsatadigan 
    obyektivida esa yupqa selluloza p o ‘sti va donador yashil xrom ato- 
    fori k o ‘rinadi. A m m o undagi ju da k o ‘p yadrochalar k o ‘rinm aydi, 
    chunki uning k o ‘rinishiga xrom atofom ing quyuqligi m onelik 
    qiladi. S uvo‘tning k o ‘rinishi, selluloza p o ‘sti va xrom atofori daf­
    targa yoziladi. A m m o suvo'tning jin siy organlarini ko‘rish uchun 
    tayyor preparat olish kerak. Preparatga m ikroskopning katta qilib 
    k o ‘rsatadigan obyektivida qaralsa, sariq rangga b o ‘yalgan dum aloq 
    oogoniyni ham da rangsiz anteridiyni k o ‘rish mum kin.
    K onyugatalar (m atashuvchilar) (C onjugatae) sinfi
    K onyugatalar sinfiga bir hujayrali, shoxlanm agan tallom li, 
    koloniya b o ‘lib yashovchi yashil suvo‘tlar kiradi. U lar k o ‘proq 
    chuchuk suv havzalarida, ayniqsa, k o ‘lmak suvlarda hayot kechi- 
    radi.
    K onyugatalarning bizda eng keng tarqalgan vakili spirogira 
    (baqashalang) b o ‘lib, u och-yashil ipsim on tallom ga ega. U ning 
    uzun iplari yirik hujayralardan tashkil topgan. H ujayrasiz sellu- 
    lozali p o ‘stga ega, unga sitoplazm a lentasim on xrom atofor spiral 
    bo‘lib o ‘m ashadi. H ujayra m arkazida katta yadro joylashadi.
    Spirogira iplari qulay sharoitda oddiy b o ‘linish y o ‘li bilan 
    ko‘payadi, noqulay sharoitda esa konyugatsiya tipidagi jin siy ur- 
    chish hodisasi sodir b o ‘ladi. Bunda o ‘zaro bir-birga yaqin jo y lash ­
    gan ikkita ipda qaram a-qarshi hujayra p o ‘sti shishib chiqib, o ‘siq


    hosil qiladi, bu o ‘siq iplari bir-biriga tekkach, o ‘rtadagi to ‘siq p o ‘st 
    erib ketib, y o ‘lak - kanal hosil qiladi, so ‘ngra ikkala hujayra ichi- 
    dagi m oddalar qisiladi, bitta ipdagi (otalik ipidagi) m odda tezroq 
    qisilib, haligi y o ‘lak kanal orqali ikkinchi ipga (onalik ipiga) oqib 
    o ‘tadi. Shu tartibda har ikkala hujayra protoplasti q o ‘shilib, zigota 
    vujudga keladi. Zigotada m oy moddasi k o ‘p b o ‘ladi. Zigota qa­
    lin p o ‘st bilan o ‘ralgan, qishni shu shaklda o ‘tkazadi. K o ‘klam da 
    zigota redukson b o ‘linishdan keyin to ‘rtta hujayraga aylanadi. Bu 
    hujayralardan uchtasi zigotaga oziq m oddalar yetishm ay qolishi 
    sababli nobud b o ‘ladi, qolgan bittasi esa b o ‘linib, yangi spirogira 
    iplariga aylanadi.

    Download 3,97 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   118




    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Цьу \ / М. M o‘minov, A. Mamadaliyev, A. To‘xtaboyev botanikadan amaliy mashg‘ulotlar

    Download 3,97 Mb.
    Pdf ko'rish