10
Liderlik
- bu guruhning alohida a’zolari xatti-harakatlarining psixologik
xarakteristikasi,
rahbarlik
esa
guruhdagi
munosabatlarning
ijtimoiy
xarakteristikasi va birinchi navbatda boshqaruv va bo‘ysunish rollarini taqsimlash
nuqtai nazaridir. Liderlikdan farqli o‘laroq, rahbarlik jamiyat tomonidan tartibga
solinadigan huquqiy jarayon sifatida faoliyat yuritadi. Biroq, ushbu farqlarga
qaramay, rahbar ham, lider ham tashkilot xodimlarini rag‘batlantirish, ularni
muayyan vazifalarni hal qilishga yo‘naltirish, ushbu vazifalarni hal qilish
vositalariga g‘amxo‘rlik qilish bilan bog‘liq bir xil turdagi muammolarni hal
qilmoqda.
Rahbar
- bu boshqalarning ishini boshqaradigan va uning natijalari uchun
shaxsan javobgar bo‘lgan shaxs hisoblanadi. YAxshi rahbar bajarilayotgan ishlarga
tartib va izchillik bilan yondoshadi. U bo‘ysunuvchilar bilan o‘zaro
munosabatlarini ko‘proq faktlar va belgilangan maqsadlar doirasida qo‘radi.