|
ataladi.
Bijg'ishdan so'ng dastlab vino uglekislota bilan to'yingan bo'ladi. Vino Pdf ko'rish
|
bet | 224/359 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 9,85 Mb. | | #262679 |
Bog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeataladi.
Bijg'ishdan so'ng dastlab vino uglekislota bilan to'yingan bo'ladi. Vino
tarkibidagi uglekislota ajralib chiqishi natijasida vinoning hajmi qisqaradi. Bu faqat
yosh vinolarda bijg'ish tugagandan keyin dastlabki bir oy davomida kechadi.
Bochkadagi vinoning hajmi kamayganda shpunt bilan vino yuzasi o'rtasidagi
havo bo'shlig'i kattalanadi. Buni kuzda issiq kunlar tez vaqt ichida sovuq kunlar
bilan almashib harorat tushib ketganda yosh vinolarda kuzatsa bo'ladi. Dastlabki
vaqtda vino va xona harorati tenglashmaguncha, qurish bilan birga hajmi
qisqarganda tez-tez idishni vino bilan to'ldirib turish lozim. Bahorda harorat
ko'tarilganda qurish, kamroqday tuyuladi, keyingi kuzda harorat tushib ketganda
qurish ko'proqday ko'rinadi. Birinchi holat vinoni kengayishi, ikkinchi holat
vinoning siqilishi bilan bog'liq.
Issiq kunlar kelib (bahorda) harorat ko'tarilganda vinoning hajmi tezlik bilan
kattalashadi, natijada bochkaga tindirish uchun vino qo'yilmasdan, undagi vinodan
olishga to'g'ri keladi. Aks holatda vino shpunt orqali oqib ketish ehtimoli mavjud.
Haroratga qarab vino hajmining o'zgarishi haqida maiumotni Krasnodar oziq-
ovqat sanoati institutida Parfenteva tomonidan vinolar harorat kengayish
koeffitsiyentini aniqlash bo'yicha olib borilgan tadqiqotlardan bilsa bo'ladi.
Tadqiqotlar vinolar harorat kengayishi koeffitsiyentini hisoblab chiqishda faqat
spirt va qand mavjudligi ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatdi.
Uch moddalar aralashmasining (spirt, qand, suv) hajm kengayishining
ko'rsatgichlarini solishtirib tekshirilganda spirt va qand konsentratsiyasi oshganda
hajm kengayishining harorat koeffitsiyenti ko'tariladi.
Bu asosan spirt
kotsentratsiyasi oshishi bilan bogiiqdir. Qand miqdorining kengayishga bo'lgan
|
| |