|
(Aspergillus niger, aspergillyus niger (42-rasm, v) sporalari bo‘ladi. MazkurBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbe(Aspergillus niger, aspergillyus niger (42-rasm, v) sporalari bo‘ladi. Mazkur
mog‘orlaming sporalari qulay sharoit tug' ilganda uzum sharoiti yuzasida,
bochkalarda, yerto'la devorlarida rivojlanib, vinochilikka katta zarar yetkazadi.
M og‘orlarga qarshi kurashda vino, bochka, vino yetiltiriladigan boshqa idishlar,
yerto'lalar oltingugurt gazi bilan dudlanadi. Bakteriya va mog'orlar orasida
vinoning ta’mini yaxshi qiluvchilari ham mavjud Botrytis cinerea zamburug‘i
shulardan biridir.
Vinochilik sohasida ishlovchi mutaxassislar uzum sharbati bijg'ishi va vinoga
salbiy ta’sir etuvchi ko‘p sonli yovvoyi achitqi, zamburug1, bakteriya va mog'orlar
mavjud ekanligini doimo esda tutushi zarur. Uzum sharbati bijg'ish rejimi va
talablariga rioya qilib, vinoga ishlov berish va yetishtirishda infeksiyadan himoya
qilish choralarini amalga oshirish lozim.
5.3. Bijg‘ish mahsulotlari va omillarning achitqmlarga ta’siri
Harorat ta’siri. Bijg'ishni yuzaga keltiravchi vino achitqilari harorat 22 dan
30o gacha bo'lganda juda yaxshi rivojlanadi, uzum sharbati harorati 16o ga
yetmaganda achitqilar faoliyati sustlashib qoladi. Shu bilan birga bijg'ish achitqilar
rivojlanishi uchun qo'llay sharoitda (masalan, 20o yuqori bo'lganda) boshlangan
bo'Isa, keyinchalik uzum sharbati haroratining pasayishi achitqilar faoliyatiga
uncha ko'p ta’sir qilmaydi. Masalan, bijg'ish 22o da boshlangan bo'Isa uzum
sharbati harorati 1 l-12o gacha tushib ketganda hambu jarayon davom etaveradi
Achitqilar past haroratlarga ham bardoshlidir. Tabiiy achitqilar orasida harorat
73
Юо dan past boiganda ham ishlay oladigan turlari mavjud. Vinochilik ilmiy-
tekshirish laboratoriyalarda bir qator sovuq bardosh achitqi xillari ajratilgan.
|
| |