|
H ch. Bo'riev, R. J. Jo'raev, J. N. Fayziev, I. R. Nuritov, K. E. UsmonovBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeta’riflanadi.
Desertli shirin vinolami tayyorlashda ko‘p holatlarda qand miqdori baland b oiib
spirt miqdorini kamaytiradi. Bu qand moddasi bilan spirt o‘rtasidagi nisbat bijg‘ib
ketish jarayonini qo‘zg‘atmaslik zarur. (Qarang: Spirtlashning amaliy qoidalari:
222 b). Qand miqdori 20 foizdan oshgan vinolar likyorli vinolar toifasiga kiradi.
O'ynoqi vinolar. O'ynoqi vinolar xo'raki vinolarga (shampan vino
materiallariga) qand moddasi yoki uzum sharbati qo'shib bijg'itish yo'li bilan
tayyorlanadi. Ular karbonat kislotasi bilan to'yingan bo'lib, ba’zida tinch nomi
bilan ataluvchi boshqa toifadagi vinolardan keskin ravishda farqlanadi. O'ynoqi
vinolar guruhiga shampan vinoi kiradi. Shampan vinosida odatda spirt miqdori
11,5%, kislotaliligi 7,5 g/1. Qandning miqdori suxoy vinoda 3%, yarim suxoy
vinoda 5%, yarim shirin vinoda 8%, shirin vinoda 10% mavjud. Sovet shampani
qizil vinoida spirt miqdori 12,5%, kislotalilik 6 g/1 va qand moddasi 9 foizni tashkil
qiladi. O'ynoqi vinolar guruhiga simlyanskoye, Muskat igristbiy, shuningdek,
birinchi bijgishda karbonat kislota bilan to'yingan vinolar masalan, Gruziyada
ishlab chiqarilgan Chipuri, Chxaveri o'ynoqi va shu kabilar kiradi.
Gazlangan vinolar. Xo'raki vinolami sun’iy ravishda texnik karbonat kislota
bilan to'yintirish yo'li bilan vijillaydigan vinolar tayyorlanadi. Ulardagi spirt
miqdori 10-15%, shirinligi 5 foizni tashkil qiladi.
Xushbo’yli vinolar. Uzum vinolariga spirt, qand va xushbo'yli o't-giyohlar va
ildizlar damlamasi qo'shib xushbo'y vinolar tayyorlanadi. Xushbo'y vinolar
guruhiga oq vermut va qizil vermut kiradi. Ular ikki konditsiyali bo'ladi: o'tkir
vermut (spirt miqdori 18% va qand miqdori 10%) va dessertli vermut (spirt miqdori
16% va qand miqdori 16%).
|
| |