|
ahamiyatga ega. 0 ‘rta miyona uzum navidan har qanday texnologiyaBog'liq BCGm2RZm9DtsVemNp5dfHgZZxBC4fpkg3E6YxTbeahamiyatga ega. 0 ‘rta miyona uzum navidan har qanday texnologiya
qo'llanilganda ham oliy sifatli vino olib bo‘lmaydi. Masalan, Narma uzum navidan
olingan oq vinoni sifat jihatidan Risling, Semilon, Ashgate navlaridan tayyorlangan
vinolar bilan solishtirib bo‘lmaydi. Keyingi navlardan tayyorlangan oq vinolar
sifatli bo'lib, nozik vinolarga xos bo'lgan ta’m va xushbo'ylik yetiltirish jarayonida
ularda oshib boradi. Shuning uchun mazkur uzum navlari markali vino
tayyorlashda qo'llaniladi.
Narma va shunga o'xshash navlardan tayyorlangan vinolar uzoq vaqt davomida
yetiltirganda o'zlarining xususiyatlarini rivojlantirmaydi, shuning uchun ulardan
hosil olingan yilda iste’mol qilinadigan ordinar vinolar tayyorlanadi. O'z tabiati
bilan xo'raki oq vinolar barcha vinolar ichida eng mayin, nozik va yengil bo'lishi
lozim. Bunday vinolami tayyorlash uchun uzum ma’lum pishiq paytida yig'ilishi,
undagi shakar miqdori oshmasligi, kislotaliligi tushib ketmasligi lozim. Uzum
pishib ketganda undan serspirtli, og'ir vino tayyorlash mumkin.
7.2. Uzum sharbatini olish texnologik sxemasini tanlash
Xo'raki oq vinolami tayyorlash texnologik sxemasi har bir alohida holatga
qo'yilgan talablarga muvofiq qurilishi lozim. Yuqorida ko'rsatilgan oq vino
tayyorlash uchun kerak bo'lgan sharbatni olish texnologik sxemalar ishlab
chiqarilayotgan mahsulot sifati va xo'jalik ishlab chiqarish quwatini hisobga olishi
lozim. Har bir holatda uzum sharbatga aylanadigan sharoitni hisobga olishi kerak.
Kichik ishlab chiqarishda yuqori sifatli mahsulot tayyorlash uchun shingillami
ajratuvchi ezgich (drobilka-grobneotdelitel) - gidravlik press texnologik sxemasi
yetarlidir.
Mahsulot sifatiga shunday talablar qo'yilib, lekin ishlab chiqarish xajmi katta
|
| |