kishining ahvolini aniqlay olish kerak. Uning ahvolidan kelib
chiqib, birinchi yordamning turli choralarini qo‘llash lozim bo‘ladi.
Eng avvalo, klinik o‘lim holatini hushdan ketish va biologik
o‘limdan ajrata bilish zarur. Hushdan ketganda, odam o ‘zini
bilmay
qoladi, lekin yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari faoliyati,
garehi ancha kuchsizlanib qolgan bo‘lsa-da, lekin davom etadi.
Klinik o‘lim holatida ko‘z qorachiqlari kengayadi, nafas olish
to‘xtaydi
yoki keskin izdan chiqadi, uyqu arteriyasida tomir urishi
sezilmaydi. Klinik o‘lim holati 5-6 daqiqa davom etadi. Shu davrda
organizmning hayot uchun muhim funksiyalarini tiklashga yo‘nal-
tirilgan chora-tadbirlar majmuasi yordamida odamni hayotga qay-
tarish mumkin. Klinik o ‘limdan so‘ng biologik o‘lim yuz beradi.
Uning yaqqol belgilari: tana haroratining tushib ketishi, murdalarga
xos dog‘laming paydo bo'lishi, murdalarga xos qotib qolish kabilar.
Cho‘kkan kishining holati cho'kishning xususiyatiga bog‘liq.
Cho‘kishning bir necha turlari farqlanadi. Ulardan
asosiylari 2 xil:
1. Oq asfiksiya (bo‘g‘ilish). Uning
ancha yengil shakllari -
soxta cho‘kish deb ataladigan turi ham bor, bunda nafas yo‘liga suv
umuman tushmaydi yoki juda kam tushadi. 0 ‘tkir reflektor siqilish
natijasida ovoz tushunchalari hiqildoq va traxeyaga kirish yo‘llarini
berkitib qo‘yadi, suv esa o‘pkaga o‘ta olmaydi.
Bu holatda yurak faoliyati ancha kech to‘xtaydi (o‘pkada bir oz
havo zaxirasi qoladi va qon haqiqiy cho‘kkandagi kabi jiddiy
o‘zgarishlarga uchramaydi), shu sababdan odamni hayotga qaytarish
uchun vaqt ham, imkoniyatlar ham birmuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday
cho‘kkanlaming tashqi ko‘rinishi o‘ziga xos. Ulami “oq” cho‘k-
kanlar deb atashadi, negaki, ulaming terisi oppoq va muzdek sovuq
bo‘ladi. Oq asfiksiyada o‘pkaga suv kirishining xavfli oqibatlari
yo‘q, demak, odamni tiriltirish osonroq.
2. Ko‘k asfiksiya: o‘pkaga suv tushishi
natijasida nafas olish
to'xtaydi.
Cho‘kkanda juda tez yordam ko‘rsatilishi zarur. Chuchuk suv-
da cho'kkanda, suv alveolalar devori orqali tez sizib o‘tib, qon oqi-
miga qo‘shilib ketadi, oqibatda qonning kimyoviy tarkibi keskin
o ‘zgarib, u suyuladi, eritrotsitlar yemiriladi va endi ular kislorod ta-
shiy olmaydi, o'tkir kislorod yetishmovchiligi - gipoksiya boshla-
nadi. Qon plazmasi tarkibiga o‘xshash,
lekin tuzlar bilan yanada
182
kcfproq to ‘yingan dengiz suvi alveolalar devoridan sizib o‘tmaydi.
Aksincha, o‘pkaga tushgan dengiz suvi qon plazmasini qon oqimi-
dan chiqib, alveolalar bo‘shlig‘iga o‘tishga majbur qiladi. Suv plaz-
ma va havo qoldiqlari bilan birga ko‘pik hosil qiladi, o‘pka
shisha
boshlaydi. Bunda alveolalarning devorlari shikastlanadi, qon ayla-
nishi va havo almashinuvi buziladi. Bularning bari bir necha o‘n se-
kund orasida yuz beradi. Keyinroq odamning yurak faoliyati to‘x-
taydi va agar 4-5 daqiqadan so‘ng yordam ko'rsatilmasa, u o‘lishi
mumkin. Bunday cho‘kkan odamlaming ko‘k qon tomirlari qattiq
shishib ketadi, og‘zidan ko‘pik ajraladi.
Qonda karbonat angidrid-
ning ko‘payib ketishi munosabati bilan teri (ayniqsa, quloqlar,
barmoq uchlari va lablar ko‘kimtir-binafsha rang tusga kiradi.
Shuning uchun bunday cho‘kkanlarni “ko‘k” deb ataydilar).
Asosiy turlardan tashqari, cho‘kishning aralash turlari ham
bo‘lib, ular cho‘kishning bunchalik aniq belgilariga ega bo'lmaydi.