Po'latov A., Muhamedova S




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/117
Sana22.02.2023
Hajmi1.93 Mb.
#43214
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117
Bog'liq
Formal grammatika nazariyasi
G’arb va Sharq munosabatlarida Markaziy Osiyo mintaqasining o’rni., Xalqaro munosabatlarda geosiyosiy omillar va nazariyalar, Yevroosiyoning dunyo miqyosidagi o’rni, Atom va uning planetar modeli, 13-Delphida massivlar bilan ishlash algoritmlarga doir misollar, 6ab9bf0ac2cded7d354dc5779178fbaf Bank risklari, Bo`lim boshlig`il, ZAMONAVIY IQTISODIY O\'SISH MODELLARI , 5 Hududlar kesimida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlari-Темпы роста производства продукции, Mavzu Temperaturani o’lchash Reja, 10- mavzu. Korrupsiyaga qarshi kurash mexanizmlari, 1-Mavzu Korrupsiya tushunchasi va korrupsiyaga qarshi kurashish, Mavzu Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish Ishdan fayllar, Laboratoriya ishi №1 2 Mavzu Ikkilik sonlarni kompyuterda ifodala
Po'latov A., Muhamedova S. Kompyuter lingvistikasi. – Toshkent, 2007. – B. 5-6. 



munosabatlar tizimi” sifatida tavsiflanadi. Kompyuter lingvistikasi va klassik 
(mumtoz) tilshunoslik orasidagi farq quyidagi nuqtalarda ko’rinadi:
- Mumtoz tilshunoslikda til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda ko’rib chiqiladi. 
Ya’ni mumtoz tilshunoslik insonga yo’naltirilgan bo’ladi va uning faol 
ishtirokida qabul qilinadi. Kompyuter lingvistikasi esa tavsiflash jarayonida 
insonni istisno qiladi va u ko’proq kompyuterga moslashtiriladi.
- Mumtoz tilshunoslik ko’proq tavsifiy (deskriptiv) xarakterga ega hisoblanadi. 
Kompyuter lingvistikasi esa masalani miqdoriy xarakteristikalar va aniq 
parametrlar asosida hal qiladi. Demak, mumtoz tilshunoslik ko’proq tavsifiy 
bayonga asoslansa, kompyuter lingvistikasi miqdoriy (kvantitativ) tavsifga, 
algoritmlash, modellashtirish, statistik tahlilga asoslanadi. 
- Mumtoz tilshunoslik ko’proq nazariy xarakterga ega bo’lib, tilshunoslikning 
nazariy masalalari bilan shug’ullanadi. Kompyuter lingvistikasi esa amaliy 
harakterga ega bo’lib, til bilan bog’liq muammolarning amaliy jihatlariga 
e’tibor qaratadi hamda uni aniq maqsadga yo’naltirilgan dasturlar, metodlar, 
tizimlar yordamida hal etish bilan shug’ullanadi. 
- Mumtoz tilshunoslikning tahlil obyekti tabiiy til hisoblanadi va tahlilda uning 
mavjud barcha imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Kompyuter lingvistikasida esa 
ko’proq sun’iy tillarga (programmalashtirish tillari, algoritmik tillar)ga 
tayaniladi, tabiiy tillarning mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga 
ishlov berilib (NLP), kompyuterga moslashtiriladi.
Fanlar hamisha o’zaro uzviy bog’liqlik va hamkorlikda ish ko’radi, ular bir-
birisiz yashay olmaydi. Jumladan, kompyuter lingvistikasi fani ham bundan 
mustasno emas. Kompyuter lingvistikasi mantiq, informatika, statistika, semiotika, 
kibernetika, ehtimollar nazariyasi kabi turli fan sohalari bilan o’zaro aloqadorlikda 
ish ko’radi.

Download 1.93 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   117




Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish