9-MA’RUZA. ERITMALAR, ULARNI TURLARI
Reja:
Eritmalar haqida tushuncha.
Eritmalar turlari.
Eritmalarning foiz kоnsеntratsiyasi.
Konsentratsiyani ifodalash usullari.
Suyultirilgan eritmalar.
Osmos, osmotik bosim.
Raulni I-qonuni.
Qaynash harorati. Muzlash harorati.
Raulni II-qonuni.
Tayanch iboralar: eritma, konsentratsiya, molyar, foiz, normal, titr, moddalarning eruvchanligi, eruvchanlik koeffisienti, suyultirilgan eritmalar, to'yinuvchanlik, konsentratsiya, Osmos, to'yingan par, diffuziya.
O’qituvchining maqsadi: talabalarga eritmalar haqida tushuncha berish. Ularning xossalari va konsentratsiyalarini tushintirish. Eritmalar, suyultirilgan eritmalar, toyinuvchanlik, konsentratsiya, Osmos, toyingan par, diffuziya haqida tushunchalarni o’rgatish. Talabalarga gaz moddalarining suvdagi eruvchanligi, qattiq va suyuq moddalarning suvdagi eruvchanligi, Genri va Genri Dalton qonunlari haqida ma'lumot berish.
1. Ma'lum hajmda bo’lgan bir yoki bir necha moddalar yigindisi sistema deb ataladi. Bir necha komponentdan iborat bo‘lib, bir tekis aralashgan sistema gomogen sistema deb ataladi. Gomogen sistema bir fazali bo‘ladi. Masalan (suv, spirt) (N2 + H2) havo, tuzning suvdagi, shakarning suvdagi eritmasi gomogen sistemadir.
Kimyoviy tarkibi yoki fizik xossalari bilan bir - biridan farq qiluvchi va chegara sirtlari bilan ajralib turgan ikki yoki bir necha sohalari bo‘lgan sistema geterogen sistema deb ataladi.
Geterogen sistema ham bir komponentdan iborat bo‘lishi mumkin, lekin gomogen sistemadek bir fazali bo‘lmaydi. Masalan: muz, suv va bug‘. Demak, bu sistema bir komponentli uch fazali geterogen sistema bo‘ladi. Shakar eritmasi olinsada, uning tagida erimay qolgan kristallari bo‘lsa ikki fazali, ikki komponentli geterogen sistema bo‘ladi. Shakar kristallari qattiq faza, eritma esa suyuq faza bo‘ladi. Bir necha qattiq moddalar aralashmasi bir necha qattiq fazalari bo‘lgan geterogen sistemalardir
«Ikki yoki bir necha komponentlardan tashkil topgan bir jinsli gomogen sistemaga eritma deyiladi» Suvli eritmalar asosan ikki komponentlardan iborat. Bunda suv erituvchi, erigan modda esa ikkinchi komponentdir.
|