• 6-BOB. TURLI YOSHDAGI BOLALAR UCHUN QURILISH VA KONSTRUKSIYALASH BO‟YICHA FAOLIYATLARNI LOYIHALASHTIRISH .
  • §.MAKTABGACHA TA‟LIMDA BOLALARNING YOSH XUSUSISIYATLARI.
  • Oliy va o„rta




    Download 0,95 Mb.
    bet45/94
    Sana16.01.2024
    Hajmi0,95 Mb.
    #138450
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94
    Bog'liq
    13577 2 2F81A7B6B169AA8E641BB89FCAD1245D95D18C90

    SAVOL VA TOPSHIRIQLAR?

    1. Pedagogik faoliyatni loyilashtirish turlari haqida gapirib bering?

    2. Bolalarni har tomonlama rivojlantirishda loyihalashtirish faoliyatining ahamiyati qanday?

    3. Tarbiyachining faoliyat turlarini loyihalashtirishdagi komponentligi nimalardan iborat?

    6-BOB. TURLI YOSHDAGI BOLALAR UCHUN QURILISH VA KONSTRUKSIYALASH BO‟YICHA FAOLIYATLARNI LOYIHALASHTIRISH.


    1. §.Maktabgacha ta‟limda bolalarning yosh xususisiyatlari.

    2. §.Qurish va yasash faoliyatini loyihalashtirish. Qurish, yasash faoliyati orqali matematik bilimlarni shakllantirish.
    1. §.MAKTABGACHA TA‟LIMDA BOLALARNING YOSH XUSUSISIYATLARI.


    Ta‘lim va tarbiyaning mazmuni, vositalari, metodlari bolalarning rivojlanish jarayoni, ularning yoshi bilan izohlanadi. Jumladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borganda ulaming mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi. Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mustaqilligi va moslashishi ancha oshib boradi, shunga muvofiq tarzda ta‘lim-tarbiyaviy ishlaming vazifalari, mazmuni, vositalari va metodlari o'zgaradi. Bolaning maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta‘lim - tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi.
    Tarbiya vazifalari, mazmuni, metodlarini yoshga qarab tabaqalashtirish fanda qabul qilingan odam hayotini davrlarga bo'lishga tayanadi. Bir tomondan, vaqtni orqaga qaytarib bo‗lmasligi, odam umrining qancha davom etishi va ikkinchi tomondan, tarbiya va ta‘lim sistemasi bilan izohlanadigan ruhiy rivojlanishning olg‗a harakat qilishi yoshga qarab tabaqalashtirishning asosi hisoblanadiYosh davrlari — odam rivojlanishining majburiy bosqichlaridir.[6].
    Har bir yosh davri yashalgan yosh, organizm biologik sistemalarining yetilish darajasi, ularning vazifalari, shu bilan birga odamning hayotiy tajribasi, bilimlarining hajmi, faoliyat turlari va mazmuni bilan belgilanadi. Yosh kattalashgan sari ruhiy faoliyat boyib boraveradi, shu bilan birga teskari jarayon ham ro‗y beradi, shu sababli har bir yosh uchun shaxsning sensor, aqliy, hissiy, irodaviy, sababiy tomonlari kabi xususiyatlar xosdir, ular orasidagi o‗zaro aloqa o‗zgaradi, bu esa rivojlanishning umumiy darajasiga, xulq-atvomi tartibga solishga
    ta‘sir ko‗rsatadi. Yosh bilan birga faoliyatning yetakchi turi ham o‗zgaradi. Biroq shaxsning ruhiy rivojlanish darajasi faqat yashalgan yillar natijasi emas: har qanday yoshda, ayniqsa, bolalikda tarbiya va ta‘lim sistemasi, shaxsning faoliyati va faolligi hal qiluvchi ta‘sir ko‗rsatadi. Yosh bilan bog‗liq rivojlanish muddatlarida o‗ziga xos siljishlar ham bo‗lishi mumkin.
    Yosh xususiyatlari faqat aqlgagina emas, shu bilan birga his, iroda, sababga ham taalluqli bo‗ladi: hayotning dastlabki yillarida bolalarning xulq-atvori asosan bevosita his-tuyg‗ular bilan tartibga solinadi, lekin shu yoshdayoq irodani tarbiyalashni boshlash, ularga umumiy qabul qilingan normalar va qoidalami tushunishni o‗rgatib borish kerak. Bolalami har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash uchun ularning yosh va o‗ziga xos xususiyatlarini bilish, bu ishni ilk yoshdan boshlab amalga oshirish zarur. Ilk yoshdagi bolalami tarbiyalash sistemasi yosh avlod umumiy ta‘lim-tarbiya tayyorgarligining tarkibiy qismi hisoblanadi.
    Maktabgacha o‗rta yoshda bola organizmining takomillashishi davom etadi:
    3 yoshdan 5 yoshgacha bolaning o‗sish sur‘ati awalgi yosh davriga nisbatan birmuncha susayadi, lekin 5 yoshdan 8 yoshgacha yana kuchayadi. Umumiy o‗sish va tana og‗irligining oshishi bilan bir vaqtda bolaning barcha asosiy to‗qimalari va organlari anatomik o‗zgarishlari va funksional rivojlanishi ro‗y beradi. Asta-sekin skelet qotib boradi, muskullar hajmi oshadi, bola organizmining ishlash qobiliyati kuchayadi. Shu bilan birga asab hujayralari tez charchaydi va madori quriydi. 6—7 yoshga kelib bola yurish, yugurish, sakrash, arqonga osilib chiqish, uloqtirish va hatto chang‗ida yurish, konkida uchishdek murakkab harakat turlarini muvaffaqiyatli egallaydi.

    Download 0,95 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   94




    Download 0,95 Mb.