• Tayyor bo’lgan nonlarni pechdan olib, stellajga terib qo’yamiz. Elektr tarozi
  • Bolim
  • O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi




    Download 1,25 Mb.
    bet2/10
    Sana02.12.2023
    Hajmi1,25 Mb.
    #110085
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    BUXONKA
    Operatsion tizimlar, 2-amaliy, FATXULLA, loyixa, 1-маъруза- Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalash, Doc4, 64b8ecef9bd4e117c602cbc9 оферта кошелька (2), asadbek, 2-19 lobar kkj tayyor, Paolo Koelo. Alkimyogar (roman), 7-8-maruza, Mustaqil ish mavzu Mol-mulk solig’i-fayllar.org, 5-taqdimot, Kiberxavfsizlik asoslari (1)
    Xamir tindirish shkafi
    Xamir tindirish shkafi suvni parlash yordamida xamirlarni ko’tarilishiga katta hissa qo’shadi. Bu jarayon ham o’rtacha 15-20 daqiqa vaqt oladi. So’ngra tindirilgan nonlarimizni mikrokompyuterli pechga yuboramiz.
    Uch qavat to’qqiz padnosli pech
    Mikrokompyuterli pech yordamida 180-200C li issiqlik darajasi oralig’ida, 30-35 daqiqa vaqt oralig’ida pishirib olamiz. Biz sizga tavsiya qilgan pech mikrokompyuterli bo’lib, issiqlik darajasini yuqori aniqlik asosida belgilaydi, ya’ni +/- 5 C. Pech uch qavat to’qqiz padnosli bo’lib, 108 ta qolipli non bir vaqtning o’zida pishirish quvvatiga ega. Tayyor bo’lgan nonlarni pechdan olib, stellajga terib qo’yamiz.

    Elektr tarozi


    Elektron tarozi orqali siz qolipga solishdan oldin xamir og’irligini o’lchashingiz mumkin.
    Elektr samovar
    Xamir qorish jarayonida sizga issiq suv kerak bo’ladi, shunda siz elektr samovar orqali suvni qaynatsangiz bo’ladi. 

    Zanglamas metalldan ishlangan qoliplash jarayonida foydalaniladigan stol

    zanglamas metalldan ishlangan yuvish stoli

    stellaj
    Non uchun qolip


    Bo'lim: Oziq ovqat Tag: buxankanonqolipli non

    uxonka non mahsulotini ishlab chiqarish, tashish va saqlash boʻyicha talablar qanday?


    09:27 28 Oktyabr 2019 Jamiyat
    5583 0

    Illyustrativ foto
    Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, jumladan, Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish Agentligiga, isteʼmolchilarda qolipli non mahsulotining standarti, ushbu mahsulotni xarid qilishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi yuzasidan koʻplab murojaatlar kelib tushmoqda. Shunga muvofiq qoʻmita tomonidan “Oʻzstandart” Agentligi bilan birgalikda isteʼmolchilar uchun kichik bir maʼlumotni tayyorlandi.
    Unda qayd etilishicha, qolipli non mahsuloti respublikamizda “Oʻzstandart” agentligining 27.03.2017-yildagi MTR-8 – sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Non va makaron mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Maxsus texnik reglament (MTR.008-2017) hamda GOST 27842-88 standarti asosida ishlab chiqariladi.
    Mazkur meʼyoriy hujjatlarda qolipli non mahsulotini ishlab chiqarish, tashish va saqlash boʻyicha talablar berilgan.
    Qolipli non mahsuloti tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi talablarga muvofiq boʻlishi zarur:
    – shakli – qolipli nonga muvofiq shaklga ega boʻlishi, ortiqcha qism boʻrtib chiqmagan boʻlishi lozim;
    – tashqi koʻrinishi – sezilarli yoriqlar, ortiqcha shakllar boʻlmasligi lozim;
    – rangi – och-sariq rangdan toʻq-jigarranggacha boʻlishi lozim, boshqa ranglar boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
    – ichki qism (myakish) koʻrinishi – yaxshi pishgan boʻlishi va elastik boʻlishi, barmoq bilan yengil bosilganda oʻz shakliga qaytishi lozim.
    – taʼmi va hidi – non mahsulotining odatiy taʼmi va hidi boʻlishi va ortiqcha taʼm va hidlar boʻlmasligi lozim.
    Shuningdek, non mahsulotlarining saqlash sharoitlariga ham eʼtibor berish zarur. Bunda, saqlash joyida non mahsulotlariga boshqa mahsulotlar aralashmasligi, saqlash joyi toza boʻlishiga eʼtibor berishi kerak.
    GOST 27842-88 standartining 1.2.1-bandiga asosan qolipli non mahsuloti 0,5 kg dan 1,1 kg gacha massada ishlab chiqarilishi mumkin. Bugungi kun amaliyotida qolipli non asosan 05-0,6 kgda ishlab chiqarilmoqda (mahsulotning ogʻirligi farqi kamayish tarafiga bir mahsulotning belgilangan ogʻirligiga nisbatan 3 foizdan oshmasligi kerak).
    Bundan tashqari, isteʼmolchilar qolipli non xarid qilishda sotilayotgan qolipli nonni texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish huquqiga egaligi eslatib oʻtamiz.
    “Non va makaron mahsulotlarining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Maxsus texnik reglament (MTR.008-2017) ning 36 bandiga asosan, non va makaron mahsulotlarining har bir partiyasi sotilayotganda, mazkur texnik reglament talablariga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan joʻnatilishi shart.

    Download 1,25 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,25 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbek xalqi azaldan nonni e’zozlab keladi

    Download 1,25 Mb.