O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

asosiy vazifalarini
ko’rib chiqamiz: 1) qiymat o’lchovi; 2) muomala vositasi; 3) boylik to’plash vositasi; 
4) to’lov vositasi.
Pulning 
qiymat o’lchovi
vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib 
oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. 
Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo’lgan taqdirdagina uning qiymatiga 
muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Demak, tovarlarning narxi 
ularning qiymati, pulning qiymati, talab va taklifning nisbati va boshqa omillarga 
bog’liq.
Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. 
Tovarning almashuv qiymatini o’lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini 
birlik qilib olish zarur. Bunday birlik 
narxlar o’lchovi (masshtabi) 
deb ataladi. Bir 
tomondan narxlar o’lchovi har qanday o’lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi 
tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo’lishi 
kerak. Shuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu 
birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo’lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi 
paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog’i lozim. Bu jarayonda pul 
muomala vositasi
vazifasini bajaradi. Dastlab tovarlarni ayirboshlashda pulning 


90 
bevosita kumush yoki oltin quymalar shaklida mavjud bo’lishi muomala vaqtida 
qiyinchiliklar tug’dirgan: pul metallni o’lchash uni mayda bo’laklarga bo’lish, sifatini 
belgilash zarur bo’lgan. Keyinchalik metall quymalari o’rniga moneta (metall 
tanga)lar ishlatila boshlagan.
Uzluksiz muomalada bo’lish natijasida oltin tangalar yeyilib ketishi, o’z 
vaznining bir qismini yo’qotishi sababli muomalaga to’la qiymatli bo’lmagan qiymat 
belgilari chiqarilgan.
Pul muomaladan chiqarilganda 
boylik to’plash
vazifasini bajara boshlaydi. 
Natural xo’jalik sharoitida boylik to’plash, jamg’arish mahsulot jamg’arish shaklida 
amalga oshirilgan. Tovar xo’jaligining rivojlanishi boylik to’plashning pul jamg’arish 
shaklini keltirib chiqaradi.
Tovar xo’jaligi taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamg’arish uni 
muomaladan chiqarib olish yo’li bilan amalga oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan 
quvish hukmron ahamiyat kasb etib, bo’sh yotgan pul foyda keltirmasligi sababli pul 
egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yo’lini topishga intildilar.
Tovarlar nasiyaga to’lov muddati kechiktirib sotilganda, pul 

Download 8,58 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish