SUT KONSERVALARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/123
Sana12.12.2023
Hajmi5,15 Mb.
#116621
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv uslubiy majmua

SUT KONSERVALARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI 
Sutning axamiyati juda katta. Lekin sut tarkibi juda ko’p miqdorda suv saqlagani uchun u 
tez buzuluvchi maxsulot xisoblanadi. Uzoq ulkalarga tashish va uni saqlash qulay bulishi uchun 
sut qayta ishlanadi.
Sutni qayta ishlangan maxsulotlariga sutli konservalar kiradi. Sutli konservalar ishlab 
chiqarish usuliga qarab quyultirilgan va quruq sutga bo’linadi.
Sutli konservalar ishlab chiqarish uchun quyidagi jarayonlar olib boriladi: xom ashyoni 
qabul qilish, tozalash, sovutish va qadoqlash, me’yorlashtirish, issiqlik ishlov berish, 
gomogenizatsiyalash, quyultirish. 
Sutli konservalar tayyorlashda asosiy xom ashyo bo’lib sut xizmat kiladi. Konservalash 
uchun keltirilgan sut sifat kursatkichlariga qarab qabul kilinadi.
Qabul kilingan sut xar xil xid va ta’mga ega bo’lmasligi, kislotaliligi 18-20°T bo’lishi, 
tarkibidagi yog’ sharchalarining o’lchami juda kichik va bir xil bo’lishi kerak.
Sifatiga baxo berilgan va qabul qilingan sut paptiyalarga bo’linadi va o’lchami xisobga 
olib qo’yiladi. Sungpa sut tozalash uchun yuboriladi. Bu jarayonda sut tarkibidagi xap xil 
chiqindilardan (sut-tozalash apparatlarida) tozalanadi, gomogenizatsiyalanadi. Tozalangan va 
gomogenizatsiyalangan sut saqlash va sovutishga yuboriladi. Agar sut 4-8
0
C xaroratgacha 
sovutilsa, u 12 soat saqlanishi mumkin. Bunda sut me’yorlashtiriladi va issiqlik ishlov berish 
uchun vakuum apparatlarga jo’natiladi.
Issiqliq ishlov berishning moxiyati shundaki, sutli apalashmaning biologik qimmatini to’la 
saqlagan xolda uni tarkibidagi mikroorganizmlapni yo’qotishdir. Issiqlik ishlov berish 100
0

xaroratda olib boriladi. Mikroorganizmlapi yuqotilgan sut 50-70
0
C xaroratda vakuum-


77 
bug’latuvchi appapatda sut tarkibidagi suv miqdorini kamaytirish uchun quyultiriladi. 
Quyultirish 18-20 soat davom etadi.
 
 
Quyultirilgan sut konservalari 
Quyultirilgan sut konservalarining quyultirilgan qandli sut kuyultirilgan kaymok, 
kuyultirilgan rangli sut assortimentlari ishlab chiqariladi. Quyultirilgan sutli konservalarining 
kimyoviy tarkibiga oqsil (10 % gacha), sut yog’i (20 % ga yaqin) va uglevod (44-85 %) kiradi. 
Kuyultirilgan sutli konservalar juda tuyimli xisoblanadi. 100 gramm kuyultirilgan kandli sut 
1440 kJ ga ega.
Quyultirilgan qandli sut. 
Quyultirilgan qandli sut pasterlangan sutni quyultirish va quyultirish oxirida shakar kushib 
ishlab chikariladi. Kimyoviy tarkibiga ko’ra bunday sutli konserva tarkibini 26,5 % suv, 43,5 % 
saxaroza, 28,5 % quruq moddalar va 8,5 % sut yog’i tashkil etadi.
Quyultirilgan qandli sut ishlab chiqarish jarayoni quyidagi ketma-ketlikda boradi: xom 
ashyoni qabul qilish, tozalash; me’yorlashtirish, gomogenizatsiyalash va pasterlash; qandli 
sharbatni tayyorlash va qo’shish; aralashmani quyultirish, sovutish, qadoqlash va saqlash. 
Quyultirilgan kandli sut ishlab chikarishda yukorida keltirilgan jarayonlardan eng muximi 
kandni kushish xisoblanadi. 
Bunda kushiladigan kand tayyor maxsulot sifatiga ta’sir kiladi. Sutga kand kuruk va 
sharbat kurinishida solinadi. Sutga kandni kattik xolda kushish texnologik jarayonning 
oddiylashishiga, jixoz va energiya ketadigan sarfning va kuyultirish vaqtining kamayishiga olib 
keladi. lekin shunga karamasdan kattik xolda ko’shilgan shakardan pasterlangan sutga 
shakardagi mikroorganizmlar tushib kolishi va tayyor maxsulotning sifati yomonlashishi 
mumkin. Bundan tashqari, qand kattik xolda qo’shilgach, quyultirilgan sutning qovushqoqligi 
saqlash jarayonida tez oshadi. Shuning uchun shakarni eritib sharbat xolida kushish maksadga 
muvofikdir. 
Elakdan utkazib tozalangan shakar xarorati 70-80
0
C bulgan kaynok suvda eritiladi, sungra 
sharbat qaynaguncha qizitiladi. 100
0
C dan yuqori xaroratda sharbatda shakar invertlanishi 
mumkin. Bunga yul quymaslik uchun tayyorlangan sharbat tezda sutga kushiladi. Qandli sharbat 
sutga qo’shishdan oldin filtrlarda filtrlanadi. Qandli sharbat qushilgan sutni kuyultirish davom 
ettiriladi. Quyultirish aralashmada suv mikdori 29-31 % kolguncha olib boriladi.
Vakuum-apparatdan chikkan quyultirilgan sut sovutiladi. Quyultirilgan kandli sutni 
sovutishda ikkita texnologik masala echiladi: maxsulotni sovutish va sut qandining kristallanishi. 
Quyultirilgan sut tarkibidagi laktoza sovutish jarayonida kristallana boshlaydi. Maxsulot 
sovutilgach, kristallanish jarayoni xam to’xtaydi.
Tayyor maxsulotni saqlashda oksilli yog’ qatlami xosil bo’lish tezligini kamaytirish 
maqsadida me’yorlashtirilgan sut quyultirishdan oldin gomogenizatsiyalanadi. Gomogenizatsiya 
10-12 MPa bosim ostida 65-75
0
C xaroratda olib boriladi (rasm-16).
Qandli quyultirilgan sut tayyorlashda uskunalarning ketma-ket ishlash printsipi 
kuyidagicha: Avtotsisternalarda keltirilgan va sifatiga baxo berilib kabul kilingan sof sut nasos 
orqali issiqlik ishlov berish uchun maxsus idishga (5) kelib tushadi. Bu erdan sutning ma’lum bir 
qismi nasos (1) orkali xar xil sut tozalash jixoziga kelib tushadi. Bunda sut xar xil chiqindilardan 
tozalanadi va issiklik ishlov berish maksadida teploobmennik (7) jixoziga yunaladi. Bu jixozda 
65-700S xaroratda 10-12 MPa bosim ostida sut gomogenizatsiyaga uchraydi va xar xil 
maqsadlar uchun muljallangan idishga (8) yuboriladi. Sof sutning ikkinchi kismi nasos orqali xar 
xil maqsad uchun muljallangan idish (9) ga kelib tushadi. Kelib tushgan sut nasos (1) orkali 
teploobmennikka (10) yuborilib, bunda pasterizatsiya va gomogenizatsiya jarayonlaridan utadi, 
sungra qaymoq ajratuvchi jixozda (11) sof sut kaymok va yogsizlantirilgan sutga ajratiladi. Bu 
ikkala maxsulotdan retsepturaga binoan ma’lum bir miqdorda ajratib olinadi va teploobmennikda 
(12) 
gomogenizatsiya 
kilinadi. 
Gomogenizatsiya 
uchragan 
maxsulot 
(8) 
idishdagi 
gomogenizatsiya uchragan sof sut ustiga quyiladi.
Maxsulotlar yaxshilab aralashtiriladi va nasos (1) orqali buglatib tarkibidagi suv miqdorini 


78 
26-29 % ga etkazib quyltirish uchun vakuum apparat (14) ga yuboriladi.
Quyultirish darajasi: 1 korpusda 65-700S, 2 - korpusda 50 -550S ni tashkil etadi. 
Quyultirish jarayoni maxsulot tayyorlashning oxirgi etapi xisoblanadi. Maxsulotning kanchalik 
Quyuklashganligini bilish uchun, vakuum apparatdan bir oz mikdorda namuna olinadi va uning 
tarkibidagi kuruk moddalar mikdori refraktometr asbobida aniklanadi. Quyultirish jarayonining 
oxirida oldinda o’lchab olingan va tayyorlangan shakarli sharbat kushiladi va quyultirish yana 
davom ettiriladi.

Download 5,15 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   123




Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



SUT KONSERVALARI ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

Download 5,15 Mb.
Pdf ko'rish