• Qovurma pomidor.
  • Pomidor tuzlash.
  • Go’sht va guruchdan do’lma qilingan pomidor




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/76
    Sana24.02.2023
    Hajmi1.45 Mb.
    #43453
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
    Bog'liq
    pazandachilik asoslari
    DNK BIOLOGIYA, Презентация1, mehnat va kasb talimini oqitish metodikasi fanidan referat va kurs ishlarini bajarish boyicha uslubiy tavsiyalar, DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 1I, germaniya trans, O\'zbek bolalar adabiyoti.Jamilova B., boshlang-ich-sinflarda-miqdorlarni-o-rgatish-metodikasining-umumiy-masalalari, quduq-tubiga-kislotali-ishlov-berish-usuli-va-uning-samaradorligi, Buxoro davlat universiteti tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan , Ehtimollik va statistika fanidan amaliy topshiriqlar, research paper powerpoint, qayta topshirish qaydnomasi, DИПЛОМ ЖИЛДИ 2023, ПҚ-18 25.01.2023
    Go’sht va guruchdan do’lma qilingan pomidor. Yetilib pishgan lekin uncha 
    yirik bo’lmagan pomidorning ustki tomoni kesilib, ichidagi eti olib tashlanadi. 
    So’ngra bir oz tuz va qalampir sepilib, guruch aralashtirilgan qiyma bilan 
    to’ldiriladi. Tayyorlangan pomidor saryog’ yoki oqyog’ surkalgan tovaga teriladi
    ustidan bir oz dog’langan yog’ sepiladi. U duxovkada 15-20 minut pishiriladi. 


    54 
    Qiyma tayyorlash uchun go’sht go’shtqiymalagichdan chiqariladi yoki 
    maydalab to’g’raladi, unga qaynatib pishirilgan dona-dona bo’lib turgan guruch va 
    mayda to’g’ralib qovurilgan piyoz aralashtirilib, tuz va qalampir sepiladi. 
    Pishib chiqqan pomidor do’lma laganga olinib, ustiga qaymoqli sous quyiladi 
    va kashnich yoki ukrop sepiladi. O’rtacha yiriklikdagi 8 dona pomidor hisobiga 200 
    gr go’sht (suyaksiz), chorak stakan guruch, 1 bosh piyoz, 2 oshqoshiq sariyog’ 
    solinadi. 
    Qovurma pomidor. Pishgan pomidor yuvilib o’rtasidan bo’linadi, tuz va 
    qalampir sepiladi. Kesilgan pomidorlar oldindan sariyog’ solib qizdirilgan tovaga 
    qirqilgan tomonini yuqoriga qilib terilib, past alangada qovuriladi. Ularning sirtqi 
    tomoni bir oz qizargandan so’ng ag’darilib, yana bir oz qovuriladi. Bunday 
    qovurilgan pomidorni go’shtli ovqatlarga qo’shib iste’mol qilish mumkin. 
    Pomidor tuzlash. Xom, chala pishgan va pishgan pomidorlar aloxida-aloxida 
    tuzlnadi. Tuzlanadigan pomidor mevalari saralab olinadi. Tanlab olingan mevalar 
    qator-qator qilib, yog’och idishga solinadi, pomidor oralariga gulrayxon, ukrop, 
    olcha bargi yoki qora smorodina bargi, sarimsoq piyoz solinadi. Tuzlanadigan 
    pomidor yog’och idishga jlylashtirilayotganda idishni bir oz silkitiladi, keyin tuzli 
    suv quyiladi (10l qaynatib sovitilgan suvga 700-900 gr tuz). Pomidor mevasi 
    qanchalik pishgan va yirik bo’lsa tuzli suv shunchalik sho’rroq qilinadi. Ustidan 
    yog’och qopqoq yopilib yengilroq yuk bilan bostiriladi va salqin xonalarda 
    saqlanadi. Oradan 40-50 kun o’tgach pomidor iste’mol qilishga tayyor bo’ladi. 
    10kg pomidor uchun 150-170 gr ukrop, 10-20 gr butun achchiq qalampir, 100-
    120 gr qora smorodina yoki olcha bargi va 50-70 gr xren (yerqalampir) bargi 
    olinadi. 

    Download 1.45 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Go’sht va guruchdan do’lma qilingan pomidor

    Download 1.45 Mb.
    Pdf ko'rish