|
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat toshkent 2009Bog'liq Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, EshchonovGuruhiy ish. Bu so'nggi yillarda Evropa mamlakatlarida keng
ommaviyliktusini olgan o ‘qitish metodidir. Masalan, Daniyada birorta
ham m a’Iumot yoki kasb guruhiy ishsiz egallanmaydi. Kam sonli
(4-6 nafar) o'quvchilarning qandaydir muhim o'quv tadbirida ish-
tirok etishi va ularning hamkorlikdagi faoliyati bunday mashg'ulotning
samarasini belgilaydi. Bajarilish darajasi va uning sifatini o'qituvchi
nazorat qiladi. G uruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich
navbatlanishi ya’ni galma-gallanishi lozim. G uruhlar birjinsli (o'g'il
bolalar, erkaklar yoki qiz bolalar, ayollar) va ikki jinsli (har ikki
jins vakillaridan iborat) bo'lishi mumkin. T a’lim yo'nalishi va peda
gogik maqsad ham da vazifalardan kelib chiqqan holda bunday gu
ruhlar xususiy holat uch un shakllantiriladi.
Guruhiy ish kengroq joy va siljitiladigan o'quv mebellarini ta-
lab qiladi. O 'qituvchining nazorati barcha guruh uchun baravar
bo'lishi lozimligi ham qiyinchilik tug‘diradi.
Muammoli topshiriqlar. N azariya va am aliyotning birligini
ta ’m inlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va
q o ‘yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli
topshiriqlar yordam ida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va
m a’ruza materiallarini o'zlashtirisli, topshiriqlar ham da mashq va
m asalalaryechim ida muammoli vaziyat yaratilishi qo'l keladi. Bun
da ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi.
O'quv materiali guruhlarga alohida-alohida bo‘lib beriladi. Yakuniy
xulosalar va yechim lar topilgach mavzular guruhlar orasida ayir-
boshlanadi. E chim larva fikrlar xilma-xilligi yuzagakelsa o'qituvchi
bosh hakam tarzida so'nggi va hal qiluvchi so'zni aytadi. O'quv
materialining o'quvchilar yosh xususiyatlariga mosligi bunda o ‘ta
muhim omildir.
M uamm oli topshiriqlar o'qituvchidan katta va qiyin mehnatni
talab qiladi. Shu boisdan, ularning sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan
variantlarini topish va qo'llash murakkab jarayondir.
|
| |