• Etiologiyasi.
  • Тошкент тиббиет академияси




    Download 0.63 Mb.
    bet8/18
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.63 Mb.
    #2200
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
    Diffuz toksik buqoq

    Diffuz toksik buqoq (Bazed kasalligi, tireotoksikoz, tireotoksik buqoq) – endokrin kasallik bo‘lib, tireoid gormonlar sekretsiyasining nihoyatda ortishi natijasida paydo bo‘ladi va turli a'zolar hamda sistemalarda og‘ir buzilishlar bilan kechadi.



    Etiologiyasi. Diffuz toksik buqoqning kelib chiqishi haqida ko‘p sonli nazariyalari mavjud. Yurtimizning ko‘pchilik olimlari neyrogen nazariya tarafdorlari hisoblanadilar va bu kasallikning paydo bo‘lishida nerv-ruhiy shikast (stress) ning yetakchi ahamiyati borligini ta'kidlaydi-lar. Bu nazariyaning asoschisi S. P. Botkin (1884): “Ruhiy holatlar - Bazed kasalligining kechishigagina emas, balki rivojiga ham ta'siri borligi shak-shubxasizdir. Kulfat, turli xil yo‘qotishlar, qo‘rquv, g‘azab, vahima Bazed kasalligiga xos simptomlarning tez, bir necha soat ichida rivojlanishiga ko‘p marta sabab bo‘lgan”,- deb yozgan edi. S. A. Ma'sumov, M. S. Astrov buqoq ekspeditsiyalari va kuzatuvlardan olingan materiallar-ni analiz qilib, diffuz toksik buqoq etiologiyasida ruhiy shikast (stress) ning katta ahamiyati borligini (40-60% gacha) ta'kidlab o‘tganlar.

    Ayollar jinsiy a'zolari kasalliklari va gormonal faoliyatining buzi-lishlari ko‘p uchrashi jihatidan (33,6%), ikkinchi omil hisoblanadi (xomiladorlik hayz ko‘rishning buzilishi, farzand ko‘rish orzusi bo‘lgani holda bo‘yida bo‘lmaslik, yolg‘izlik va b.). Diffuz toksik buqoq etiologiyasida infeksiyaning aha­miyati katta emas, biroq bemorlarning kamida 5-6% o‘z xastaligini asosan og‘ir gripp yoki angina bilan bog‘laydilar. Diffuz toksik buqoqqa moyil qiladigan konstitutsional va genetik omillar - endokrin sistema a'zolari faoliyati buzilishlari mavjud bo‘lgani holda organizmga ekzogen omillar ta'siri sabab bo‘lishi ham isbotlab berilgan. Diffuz toksik buqoqli bemorlarda qonda uzoq muddat ta'sir qiladi­gan stimulyator - LATS aniqlangan bo‘lib, bu qalqonsimon bezga nisbatan spetsifik antitelo vazifasini o‘tab, qalqonsimon bezning tireotropin ta'siridagi kabi qo‘zg‘alishini yuzaga keltirishi ma'lum bo‘lgan. Organizmda Tz va T4 to‘planishining oshishi, to‘qimalarda oksidli fosforillanish jarayonlarini buzadi, bu hol modda almashinuvining barcha turlarini buzilishida, markaziy nerv sistemasi, yurak, jigar va boshqa a'zolar faoliyatining izdan chiqishida yaqqol namoyon bo‘ladi.

    Diffuz toksik buqoq bilan, aksariyat hollarda 20 dan 50 yoshgacha ayollar kasallanadilar. Bemor ayollar sonining va erkaklarga nisbati ≈ 10:1. Kasallikning ayollarda ko‘p uchrashiga ularda jinsiy bezlar va gipotalamo-gipofizar sistema faoliyatidagi o‘zaro normal munosabatlarning birmuncha ko‘p buzilishi sabab bo‘ladi va bu qalqonsimon bez gormonlari jadal sintez qilinishi bilan o‘tadi.



    Download 0.63 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




    Download 0.63 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Тошкент тиббиет академияси

    Download 0.63 Mb.