• Simptomlari
  • Funksional holati bo‘yicha




    Download 0.63 Mb.
    bet7/18
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.63 Mb.
    #2200
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
    Funksional holati bo‘yicha buqoqlar quyidagilarga bo‘linadi:

    gipertireoid - qalqonsimon bez bez funksiyasi oshgan,

    eutireoid - qalqonsimon bez bez funksiyasi buzilmagan,

    gipotireoid - qalqonsimon bez funksiyasi pasaygan bo‘ladi.


    Klinikasi va diagnostikasi

    Endemik buqoqning ham, sporadik buqoqning ham yetakchi belgilaridan biri - qalqonsimon bezning kattalashuvi hisoblanadi. Bez sohasini ko‘zdan kechirish va paypaslab ko‘rish qalqonsimon bez­ning qay darajada kattalash-ganligini aniqlashga imkon beradi.

    Joylashuviga ko‘ra bo‘yinning old qismida, to‘sh ortida va til osti suyagi pastida joylashgan buqoq farqlanadi. Ko‘pchilik bemorlarda qalqonsimon bez faoliyati buzilmagan bo‘lsa-da, buqoq endemiyasi sezilarli bo‘lgan joylardagi kishilarda kasallik gipo- yoki gipertireoz belgilari bilan o‘tishi mumkin. Gipotireozli bemorlar odatda tashqi ta'sirlovchilar-ga reaksiyalari sekinlashgan, aqliy va jismoniy ish qobiliyati sustlashgan bo‘ladi. Bemorlar tabiatan bo‘shashgan, lanj, sovuqqa chidamsiz bo‘lib qoladilar. Tekshiruv natijalari: bradikardiya, reflekslarning pasaygan-ligini aniqlaydi. Tug‘ma gipotireozda, kretinizm belgilarining avj olishi kuzatilib, jismoniy hamda ruhiy rivojlanishdan keskin orqada qolish belgilari yaqqol ko‘zga tashlanadi.

    Simptomlari: bemorlarda bo‘yin harakati birmuncha cheklangan bo‘ladi, ayniqsa, yoqa tugmasini qadayotganda yoki yuqori va pastga, o‘ng va chap tomonga qilinayotgan harakatlarda bo‘yin sohasida “o‘ng‘aysizlik” sezadilar, quruq yo‘tal bo‘ladi, tovush bo‘g‘iladi, nafas olish qiyinlashadi. Keyingi belgilardan biri traxeomalyasiya bilan bog‘liq bo‘lib, traxeya va xiqildoqda nerv idorasi (boshqarishi) buzilib, buqoqning muttasil bosib turishi oqibatida tra­xeya devorining yupqalashishi kuzatiladi. Nafas olish jaroyonining buzilishi - to‘sh ortidagi buqoqning ko‘p uchraydigan belgi-laridan biridir. Aksariyat (ayniqsa to‘sh ortidagi buqoqda), bemorlar tanani engashtirganda boshda og‘irlik sezishga shikoyat qiladilar. Bunday bemorlarni ko‘zdan kechirganda bo‘yin venalarining kengayganligini, ko‘krak qafasi devorining yuqori qismi sohasida o‘ziga xos “meduza boshi” tasviri-ni qayd qilish mumkin. Nafas olishningbuzilishi “buqoqqa xos yurak” kabi o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Simpatik nerv tutamlarining ezilishi oqibati-da - Gorner simptomi (ptoz, mioz, enoftalm) paydo bo‘lishiga, ezilgan tarafdagi tana yarmida ter ajralishining kuchayishiga olib keladi.

    Til osti suyagi pastida joylashgan buqoqda, xiqildoq usti qopqog‘i qisilishi oqibatida nafas olish jaroyoni buziladi. Ayniqsa buqoqning bir qismi qizilo‘ngach orqasida joylashganda yutish, boshni burish qiyinlashadi. Kontrast modda (VaSO4) yordamida qilinadigan rentgenologik tekshiruv aberrant buqoq sohasida bariyning ushlanib qolishini, qizilo‘ngachning oldinga tomon yoki lateral yo‘nalishda birmuncha surilganligini aniqlashga yordam beradi.

    Aberrant buqoq - patologik kattalashgan qo‘shimcha qalqonsimon bez bo‘lib, ko‘pincha xavfli o‘smaga aylanishi mumkin. Qalqonsimon bez saratoni (rak) ning bo‘yin limfatik tugunlariga bergan metastazlarini, ba'zan aberrant buqoq bilan adashtiriladi.

    Davolash: unchalik katta bo‘lmagan diffuz buqoqlarda tireoidin tayinlanadi. Traxeya, qizilo‘ngach va qon tomirlarni bosib yoki chetga surib qo‘yadigan katta diffuz buqoqda qalqonsimon bezni qisman yoki subtotal kesib olib tashlash (rezeksiya yoki ektomiya) ga to‘g‘ri keladi. Tugunli buqoqlarning hamma turlarida (25% gacha kuzatililishi mumkin bo‘lgan malignizatsiyani hisobga olib), albatta operatsiya qilinadi. Bunda qalqonsimon bez rezeksiyasi amalga oshirilib, shoshilinch gistologik tekshiruv o‘tkaziladi, hamda natijaga asoslangan holda muolajaga qo‘shimcha tadbirlar belgilanadi. Endemik buqoq profilaktikasida yod qo‘shilgan osh tuzi ishlatish, sanitariya-gigienik tadbirlar kompleksini ishlab chiqish alohida o‘rin tutadi.




    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




    Download 0.63 Mb.