Klinikasi va diagnostikasi




Download 0.63 Mb.
bet9/18
Sana25.03.2017
Hajmi0.63 Mb.
#2200
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Klinikasi va diagnostikasi. Ilmiy adabiyotlarining guvohlik berishicha kasb-kor nuqtai nazaridan diffuz toksik buqoq bilan ko‘proq aqliy mehnat xodimlari kasallana­dilar. Qishloq joylarda yashovchi aholi tireotoksikoz bilan 3-5 marta kamroq kasallanadi. Aftidan, bunda bir­muncha tinch va qulay bo‘lgan atrof muhitning (tabiiy omil­lar, ochiq havoda ishlash) ahamiyati katta bo‘lsa kerak.

Tireotoksikozga xos belgilar toksik buqoqning nafaqat diffuz giperplaziyasi bor turida, balki tugunli (yoki ko‘p tugunli), aralash kabi patologik turlarida xam uchraydi.

Tireotoksikozning rivojlanish darajasi hamisha ham qalqonsimon bezning kattalashuv darajasiga bog‘liq bo‘lavermaydi: ba'zan bez o‘lchamlari kichik bo‘lsa ham tireotoksikozning rivojlanish darajasi yuqori, yoki aksincha, bez o‘lchamlari katta bo‘lgani bilan tireotoksikoz deyarli rivojlanmasligi mumkin. Demak, buqoq kasalligida qalqonsimon bez hajmining katta-kichikligi klinik belgilarining og‘ir-yengilligiga hamisha ham muvofiq kelavermaydi. Kezi kelganda shuni aytish kerakki, tireotoksikozning rivojlanish darajasining yuqoriligi, ko‘pincha sporadik buqoqda yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Endemik buqoqda esa, ko‘pincha qalqonsimon bez hajmining kattalashgan (yoki juda katta) bo‘lganligiga qaramay, tireotoksikoz darajasi pastligi yoki umuman aniqlanmasligi mumkin. Shu sababdan, agar sporadik buqoqda operatsiya uchun ko‘rsatma tireotoksikozning kuchli darajada rivojlanishi oqibatida qo‘yilsa, buning aksi, endemik buqoqda operatsiya uchun ko‘rsatma ko‘pincha bez hajmining o‘ta kattalashgani sababli, yaqin atrofida joylashgan a'zolarni (qizilo‘ngach, traxeya va b.) siqilishi yoki surib qo‘yilishi sababli ular faoliyatining buzilishi yoinki kosmetik nuqtai nazardan qo‘yiladi.

Tireotoksikozning asosiy simptomlari nerv va yurak-qon tomirlar sistemasi tomonidan bo‘ladigan o‘zgarishlar hisoblanadi. Asab va nerv sistemasi tomonidan bo‘ladigan o‘zgarish­lar: asabiylashish (ortiqcha ruhiy qo‘zg‘aluvchanlik), bezovtalik, kayfiyatning damba-dam o‘zgarib turishi, badjahllik va yig‘loqilik kabi belgilarda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bunga qo‘shimcha, simpatik nerv sistemasi aktivligining keskin ortishi: ko‘p terlash, tananing barcha sohalari, ayniqsa qo‘l barmoqlari tremori (qaltirashi) (Mari simptomi) bilan o‘tadi. Yuz ko‘pincha qizarib ketadi, bo‘yin va ko‘krak sohasi tarqaluvchan qizil dog‘lar bilan qoplanadi. Tana harorati o‘zgarmaydi. Pay reflekslari saqlangan holda yoki giperkinez kuzatiladi. Bemor sochlari to‘kiladi, ularning ranggi o‘zgaradi, tirnoqlar mo‘rtlashib, sinishi kuzatiladi. Bezovtalik, qo‘rquv, irodasizlik, jonsarak-lik parishonxotirlik va ko‘zning chaqchayishi qayd etiladi.

Ko‘pchilik bemorlarda yurak-qon tomirlar sistemasi tomoni­dan buzi-lishlar: taxikardiya (yurak urishining tezlashishi), aritmiya, yurak sohasida og‘riq xuruji, nafas qisishi, organizmda qon aylanishi yetishmovchiligi erta muddatlarda birinchi o‘ringa chiqadi.

1-toifadagi bemorlarda vrachlar tireotoksikozning nerv-ruhiy shakli haqida fikr yuritsalar, 2-toifadagi bemorlarni tireotoksikozning yurak- qon tomirlarida ko‘proq o‘zgarishi bor bemorlar turiga kiritadilar.

Tireotoksikozning erta belgilariga sababsiz umumiy holsizlikni kiritadilar. Tireotoksik miopatiyaning bu belgilari metabolizm yoki modda almashinuvining buzilishlariga uzviy bog‘liq bo‘lib, bemorlar ko‘pincha me'da-ichak sistemasi faoliyatidagi quyidagi aniq yuzaga chiqqan belgilarni qayd etadilar: qorinda og‘riq xurujlari, qayt qilish, ich ketishga moyillik, ichning buzilib turishi.

Erkaklarda jinsiy faoliyat birmuncha sustlashadi, ayollarda esa hayz ko‘rish davri (sikli) buziladi (hatto amenoreyagacha), tuxumdonlar, bachadon gipoplaziyasi, ko‘krak bezlari atrofiyasi yuz berishi mumkin. Bu o‘zgarishlar ko‘pincha bepushtlikka sabab bo‘ladi.

Tireotoksikozda modda almashinuv jarayonlarining kuchayishi oqsillar va yog‘larning ortiqcha parchalanishiga olib keladi, natijada bemor-ning odatdagidan ko‘p ovqat iste'mol qilishiga qaramay, bemor vaznining kamayishi kuzatiladi. Organizmda suv va elektrolitlar almashinuvining buzilishi (diurez ortishi, tashnalik, kuchli terlash), me'da osti bezi faoliyatining buzilishi (yashirin qandli diabet) ga olib keladi.

Kasallik rivojlanishi jaroyonida bemorlarning ko‘pchiligida birin-ketin “ko‘z simptomlari” yuzaga keladi. Ko‘zning ”kattalashuvi” yoki chaqchayishi (ekzoftalm) - retrobulbar kletchatkaning shishishi, o‘sib qalinlashuvi yoki fibroz to‘qima bilan qoplanishi, modda almashinuvining buzilishi bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Ekzoftalm kasallikning barvaqt yuzaga keladigan, asosiy alomatlaridan biri hisoblanadi.

Delrampel simptomi - qovoqlarning katta ochilishi va ko‘z yorig‘ining kengayishi - lagoftalm deb atalib, buning natijasida rangdor parda bilan yuqori qovoq o‘rtasida yo‘l-yo‘l chiziq paydo bo‘ladi.

Shtelvag simptomi - ko‘zning ahyon-ahyonda pirillashi (ochilib-yumili-shi), ko‘zga alohida harakatsiz ifoda beradi - “bir nuqtaga qadalgan nigoh” va ko‘zning shoxsimon pardasi sezuvchanligining pasayishi kuzatiladi.

Grefe simptomi - bemor pastga qaraganda yuqori qovoqning qorachiq chetidan orqada qolishi. Bunda yuqori qovoq bilan rangdor parda o‘rtasida skleraning oq yo‘l-yo‘l chizig‘i qoladi.

Koxer simptomi - Grefe simptomiga qarama-qarshi belgi bo‘lib, yuqori-ga qaralganda skleraning xuddi o‘sha qismi qovoqning noto‘g‘ri, tez-tez, qisqarishi - “qovoq qisqarishi” natijasida oq yo‘l-yo‘l chiziq ko‘rinishida yuzaga chiqadi.

Mebius simptomi - ya'ni yaqin masofadan qaray olish qobiliyatining yo‘qotilishi (konvergensiyaning buzilishi) dir.

Melixov simptomi - “kahr-g‘azab bilan qarash”.

yellinek simptomi - yuqori qovoq terisining qorayishi.

Rozenbax simptomi - qovoqlarning yumilganda titrashi.

Zenger simptomi - qovoqlarning shishib chiqishi va xaltasimon osi-lib qolishi.

Dalmedi simptomi – “qotib qolgan yuz” (amimiya). Yuz mushaklari tonusining ortishi natijasida mimik harakatlar tormozlanib, ayni vaqtda boshqa harakatlar saqlanib qolgan bo‘ladi.

Tireotoksikozda yuzaga keluvchi ekzoftalmni xavfli ekzoftalmdan tafovut qilish lozim, buni oraliq miya zararlanishi va gipofiz oldingi bo‘lagi tireoid gormonining ko‘p ishlab chiqarilishi bilan bog‘laydilar. Xavfli ekzoftalm esa asosan o‘rta yoshdagi kishilarda kuzatiladi. U bir yoki ikki tomonlama bo‘lishi mumkin. Ko‘z olmasi shu darajada chaqchayib qoladi-ki, u ko‘z kosasidan bo‘rtib chiqadi. Bemor­larni orbita (ko‘z kosasi) sohasidagi kuchli og‘riq, diplo­piya va ko‘z harakatlarining cheklanishi bezovta qiladi. Konyunktivit, keratit borligi, shoh pardada yara hosil bo‘lishiga va parchalanishga moyillik keltiradi. Orbita ichidagi bosimning o‘zgarishi, ko‘ruv nervining to‘liq atrofiyasigacha olib keladi.

Maxsus tekshiruvlar natijalari tireotoksikozning og‘ir turlarida asosiy modda almashinuvining 60-70% gacha ortishi, ba'zi hollarda bundan ham yuqori bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Qalqonsimon bezning yodni singdirishi tekshirishning dastlabki soatlarida normaga nisbatan keskin ko‘tariladi. Bemorlar qonida T3 va T4 hamda TTG miqdori ortadi. Biokimyoviy tahlillar jigar va buyrak faoliyatini, uglevod, yog‘, oqsil va modda almashinuvining boshqa turlari buzilganligini ko‘rsatadi. Qonda eritrotsitlar cho‘kish tezligi (EOT) ning ortishi, leykopeniya, limfotsitoz, gemoglobin va eritrotsitlar miqdorining pasayishi aniqlanadi.

Ssintigrafiya - izotop to‘planishining qanday taqsimlanishini ko‘rsa-tadi va diffuz tireotoksik buqoq bilan tugunli tireotoksik buqoq (toksik adenoma) orasida differensial diagnoz o‘tkazishga imkon beradi, bunda izotopning ma'lum bir joyda to‘planishi - “issiq tugun” aniqlanadi.

Tireotoksik buqoq klassifikatsiyasida shakli va kattalashuv darajasi bo‘yicha yuqorida keltirilgan turlash batamom mos keladi, ammo tireotoksi-koz belgilarining yuzaga chiqqanligi yoki avj olganligi bo‘yicha quyidagi 3 toifaga bo‘linadi:

a) yengil turi;

b) o‘rtacha og‘irlikdagi;

v) og‘ir turi.

Tireotoksikozning yengil turida nevrologik belgilar unchalik ifoda-lanmagan (arzimagan narsadan xafa bo‘lish, injiqlik, yig‘loqilik, tez charchash) bo‘lib, qalqonsimon bez kattalashgan, bemorning tomir urishi birmuncha tezlashgan - taxikardiya (1 daqiqada 80-100 zarba), qo‘l va barmoq-larda kuchsiz ifodalangan tremor bo‘ladi. Bemor vazni 10% gacha kamayishi mumkin. Odatda, kunning ikkinchi yarmida bemorda mehnat qilish qobiliya-tining pasayishi kuzatiladi. Asosiy modda almashinuv 30% dan oshmaydi.





Download 0.63 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Download 0.63 Mb.