• Sporadik buqoq
  • Endemik va sporadik buqoq




    Download 0.63 Mb.
    bet5/18
    Sana25.03.2017
    Hajmi0.63 Mb.
    #2200
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Endemik va sporadik buqoq

    Buqoq - giperplaziya (yoki degenerativ) o‘zgarishlar oqibatida qalqonsi-mon bezning cheklangan yoki diffuz kattalashishi. Kelib chiqish sabablariga ko‘ra buqoq ikki turli bo‘ladi: endemik va sporadik.



    Endemik buqoq - biosferasi yodga tansiq geografik muhitlarda (ende-miya, ya'ni ma'lum geografik makon (muhit) ga xos) yashaydigan aholi orasida uchraydigan kasallikdir. Organizmga atrof muhitdan yodning yetarlicha tushmasligi, asosini yod moddasi tashkil qiladigan tireoid gormonlar ishlab chiqarilishining pasayishiga olib keladi. Bu esa, o‘z navbatida qalqonsimon bezning kompensator giperplaziyasiga va buqoq hosil bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bunday giperplaziya avvaliga tireoid gormonlar yetishmayotganini to‘ldiradi, keyinchalik esa qalqonsimon bez faoliyatini tubdan izdan chiqaradi. Buqoq endemiyasi asosan tog‘li rayonlarda ko‘proq uchraydi, kasallikning tarqalishi, erkaklar va ayollar o‘rtasida deyarli baravar bo‘ladi.

    Sporadik buqoq - buqoq endemiyasi bo‘lmagan joylardagi aholi orasida (sporadiya – ma'lum geografik makon (muhit) ga xos emas, alohida, yakkam-dukkam) uchraydigan buqoq kasalligidir. Uning kelib chiqishida asosiy omil bo‘lib, markaziy nerv sistemasining kuchli qo‘zg‘alishi, asabning o‘ta kuchli ta'sirlanishi (stress) sabab bo‘ladi. Jumladan bemorlar, kasallik-ning kelib chiqishini yaqinlaridan ajrash: bir necha qarindosh yoki farzand o‘limi, fojialar va boshqa biror kuchli salbiy taassurot bilan bog‘laydilar. Bu kasallikning ayollarda, erkaklarga nisbatan bir necha baro-bar (8-10 marta) ko‘proq uchrashini, e'tiborga olish lozim.



    Download 0.63 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 0.63 Mb.