Тошкент тиббиет академияси




Download 0.63 Mb.
bet4/18
Sana25.03.2017
Hajmi0.63 Mb.
#2200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Tekshirish usullari

Qalqonsimon bezning shakli, o‘lchamlari, konsistensiyasi va harakatchan-ligi to‘g‘risidagi umumiy ma'lumotlarni, uni ob'ektiv ko‘zdan kechirish va bezni paypaslab ko‘rish orqali to‘plash mumkin. Bezni ko‘zdan kechirish buqoq bor yoki yo‘qligini, o‘zgarishning joylashgan o‘rnini (o‘ng yoki chap bo‘lagi, bo‘yni, «yashiringan» buqoq), yutish harakatlarida uning harakatchanligini, giperpla­ziya xarakterini (tugunsimon, diffuz buqoq), bo‘yin venalarining bo‘rtib chiqqanligini va qalqonsimon bez faoliyatining buzilishiga xos belgilar (bemorning notinch hatti-harakatlari, ko‘z simptomlari, barmoqlar titrashi, astenizatsiya va boshqalar) ni aniqlash imkonini beradi.

Paypaslab ko‘rishni ikki usulda bajarish mumkin:

a) bemor vrachga orqasini o‘girib, boshini oldinga va pastga bir oz engashtirib o‘tirgan holatda. Bu holatda bo‘yin mushaklari bo‘shashadi va bezni tekshirish osonlashadi. Har bir qo‘lning to‘rttala barmog‘i bez ustida joylashadi, bosh barmoqlar esa bo‘yinni orqa tomondan egallaydi;

b) bemor vrachga yuzma-yuz qarab o‘tiradi yoki tippatik turadi, bunda har bir qo‘lning to‘rttala barmog‘i bemor bo‘ynining yon tomonlarida joylashadi, ikkala bosh barmoq bilan bez paypaslab ko‘riladi.

Bemorda bezni paypaslash vaqtida bemordan yutinish harakatlarini qilish, boshni ko‘tarish yoki engashtirish so‘raladi. Chunki, shunday pay­paslab ko‘rilganda, bezning chegaralari, uning to‘sh ortida yoki yuqoriroqda joylash-ganligi to‘g‘risida muhim diagnostik ma'lumotlar­ni olish mumkin.

Asosiy modda almashinuv jaroyonini o‘zgarish darajasini aniqlash, qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar diagnostikasida asosiy testlar-dan biri hisoblanadi. Bu usul, yutilgan kislorod va kar­bonat angidrit (SO2) gazlari miqdorini hisoblashga asoslangan bo‘lib, bilvosita kalori-metriya yordamida asosiy modda almashinuv jaroyoni darajasi aniqlanadi. Normada asosiy modda almashinuv o‘zgarishi ±10% ga teng bo‘ladi. Oqsilga bog‘langan yod (OBY) miqdorini aniqlash, qalqonsimon bezning haqiqiy funksional holatini aks ettiradi. Sog‘lom odamda, odatda OBY miqdori 3,5-7,5 mkg ni tashkil etadi.

Radioaktiv moddalar (J131 va b.) bilan tekshirish yod almashinuvi jaroyonining noorganik va organik bosqichlarini o‘rganish, yod va gormonlar ishlab chiqarilishining periferik bosqichi to‘g‘risida xulosa chiqarishga imkon yaratadi. Normada qalqonsimon bezda J131 yig‘ilishi 2 soatdan keyin 5-10% ni tashkil etsa, 24 soatdan keyin 20-30% ni tashkil etadi. Qalqonsi-mon bez faoliyati oshganda, bu ko‘rsatkichning miqdori birmuncha yuqori bo‘ladi. Ssintigrafiya qalqonsimon bez chegaralari va o‘lchamlarini aniqlash, o‘smasimon tuzilmalar, metastazlar yoki aberrant bez to‘qimasi borligini aniqlash imkonini beradi. Jumladan: tugunli buqoqda J131 ni qalqonsimon bezning ma'lum bo‘lagida ko‘p miqdorda yig‘ilishi (“issik tugun”) - uning funksio­nal giperaktivligidan dalolat beradi, to‘qimada preparat singmagan o‘choqlar (“sovuq tugun”) ning bo‘lishi - ko‘pincha uning xavfli tabiatidan yoki kista, kalsifikat, qon quyilishi yoki fibroz o‘zgarishlar borligidan darak beradi.

T3 va T4 gormonlarini radioimmun usullar yordami­da tekshiriladi. Ularning nisbatini va tireotrop gormonni tekshirish gipofiz va qalqonsimon bez faoliyati orasidagi bog‘lanishni aniqlashga yordam beradi.

Qalqonsimon bezni ultratovush yordamida tekshirish (skanerlash), noinvaziv tekshirish usullaridan biri bo‘lib, unda qalqonsimon bez giperplaziyasi darajasi, chegaralari, o‘lchamlari, tugunlar borligi, zichligi, boshqa a'zolar bilan nisbatini aniqlash imkoniyatini beradi. Odatda, J131 bilan radioaktiv tekshiruv o‘tkazib bo‘lmaganda (prerat yo‘qligi, bez yod saqlovchi preparatlar bilan blokada qilinganda), bu usulning qimmati yanada oshadi. Komp'yuter tomografiya tekshiruv usuli eng yangi usullardan hisoblanib, qalqonsimon bez chegaralarini va uning tarkibini aniq va ravshan ko‘rsatib beradi. Bu usul, ayniqsa bezning ko‘ks ortida joylashgan turlarida, uning chegaralari va boshqa to‘qimalarga munosabatini aniq ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez saratoni (rak) ga shubha qilinganda yoki har qanday tugunli buqoqda, bez to‘qimasidan namuna olish (biopsiya), bizga qo‘shimcha ma'lumot beradi. Uni operatsiyaga qadar yoki operatsiya vaqtida bajarish lozim, chunki bu ma'lumotlar (biopsiya natijalari) ga tayanish, operatsiya hajmini kengaytirilishiga yoki davolashning keyingi bosqichi darajasini belgilashga zamin yaratadi.

Laringoskopiya, buqoq kasalligi bor bo‘lgan barcha bemorda, hatto tovush o‘zgarmagan taqdirda ham, o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tekshiruv usulidir. Bunda patologik jarayonga, qaytuvchi nervlarning bez giperplaziyasiga aloqasini qay darajada ekanligini, bog‘liq holda yuzaga keladigan tovush bog‘lamlarining yashirin falajini aniqlash imkoniyatlarini beradi.



Download 0.63 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 0.63 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Тошкент тиббиет академияси

Download 0.63 Mb.