Terminologiyasi




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/70
Sana14.12.2023
Hajmi3,42 Mb.
#118627
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70
Bog'liq
H. Dadaboyev - O`zbek terminologiyasi

k o ‘chirma, aylanma (l.suv o‘rami; 
2. doiraj, ko'rgazma, tenglama (mat.), 
qo ‘chma (til.ma’no), yollanma (harb. armiya), aylanma (harb. harakat), 
qo'shilma (harb.), uzatma (sport) va sh.k.;
2) kasallik turlami bildiradi: toshma, bo ‘g ‘та, terlama, qichima, 
o'sma vash.k.;
3) taom, ovqat nomlarini anglatadi: dimlama, qiyma, suzma, о ‘rama, 
qatlama, qaynatma va sh.k.;
4) narsa-predmet, buyum nomini ifodalaydi.- tortma, chizma, chatish- 
ma, tirkama, to'shama, moslama (asbob), quyma, bosma (qo‘l richagi), 
to ‘qima, eritma, qorishma, aralashma, a g ‘darma, qurilma, sochma (harb. 
° ‘q ),yig'm a ( harb. ko‘prik), ko'tarma (harb. ko‘prik; tex. kran), tirkama 
va sh.k.


Xullas, yuqorida keltirilgan ashyoviy materiallar -та affiksli mo- 
delning ham ilmiy, ham texnikaviy m a’noni anglatuvchi terminlar yasash- 
dagi mahsuldorligidan dalolat beradi.
-(u)v//-(o)v affiksli so‘z yasovchi model
0 ‘zbek adabiy tili grammatikasiga xos mavjud adabiyotlaming ba’zi 
birlarida ~(u)v //-(o)v affiksi kammahsul deb e’tirof etilsa (Kononov 1960; 
117; Begmatov 1985; 140), boshqa birida mahsuldor tarzida baholangan 
(Karimov 1985; 22). Bizning kuzatishlarimiz tahlil etilayotgan so‘z yasov­
chi affiksning harbiy, ijtimoiy-siyosiy, yuridik va sh.k. terminologik tizim- 
larda haqiqatdan ham sermahsulligini tasdiqladi.
-(u)v//-(o)v affiksi (-/ fonemali asoslar ushbu affiks bilan birkkanda - i  
ning —u fonemasiga o‘tishi kuzatiladi):
a) jarayon, voqea, hodisani ifodalaydi 
- siquv, tintuv; qurshov (-a 
fonemali fe’l asoslari bu qo‘shimcha bilan munosabatga kirishganda un- 
dagi - a fonemasining - o fonemasiga o ‘tishi voqelanadi), kechuv, qidiruv, 
ishlov, surishtiruv, cheklov, almashuv, singuv, о 'rnashuv, yemiruv, kemiruv 
va sh.k.;
b) ish-harakatning nomi yoxud natijasini anglatadi: to ‘qnashuv, tergov, 
to ‘lov, о ‘Ichov va sh.k.
Demak, -(u)v//-(o)v affiksli modelning hozirgi o ‘zbek adabiy tilida 
ot-terminlar hosil qilishdagi vazifasi ancha faollashgan. Ta’kidlangan ji- 
hatni mazkur affiks ko‘magida yuzaga chiqqan turfa xarakterdagi termin­
lar ham tasdiqlaydi: tortishuv (fiz.; tib.) saylov, to 'lov, kelishuv, bitishuv 
(til.), so ‘rov, aralashuv, kuzatuv (harb.) va sh.k.

(i)m//-(a)m/-/(u)m affiksli so‘z yasovchi model 
Bu model nisbatan kammahsul hisoblanib, quyidagi m a’nolarni ifo­
dalovchi terminlami hosil qiladi:
a) 
natija, voqea-hodisa, jarayon yoki ish-harakat nomini anglatadi - 
bosim, chiqim, kirim, bitim, ajrim (ajra-moq), bo ‘lim, qatlam, yuqum, otim, 
oqim, tizim va sh.k.;
b) 
kam hollarda narsa,buyum otini bildiradi (Kononov, 1960; 140; Beg­
matov 1977; 117) - to ‘plam, to 'qim, so ‘qim ( so‘q-moq “urmoq”)), sig ‘im, 
qoplam va sh.k.
-g ‘i / - g i / - g ‘u//-qi/~ k i affiksli so‘z yasovchi model 
Mazkur - g ‘i/-gi-/g ‘u//-qi/- ki affiksi nisbatan keyingi davrlarda shak- 
llangan ~(u)v varianti kabi muayyan m a’noga ega ot-terminlar yasaydi ( 
Kononov 1960; 121; Shoabdurahmonov 1980):
74


X
a) ish-harakat vositasini ifodalaydi: tepki 1 (1. harb.; 2.m axS )), tepki II 
(tib.), chopqi, c h a lg 'i, chalg'u (mus) ), burg'i, burg'u va sh.k.;
b) onda-sonda ish -harakatni ataydi: u rg ‘u;
v) natija, ish - harakat predmetini bildiradi: achitqi, yoqilg'i, yonilg'i, 
Ico ‘chki, kuydirgi (tib.), sachratqi 1 (bot.); sachratqi II (tib.) va sh.k.

(a)q, -//-(i)q, - (i)k affiksli so‘z yasovchi model 
Tarixan - g ‘oq//-qoq affiksal shaklga borib taqaluvchi -(a)q//-(i)q affik­
si (Kononov 1960; 121; Shoabdurahmonov 1980; 183) nisbatan mahsuldor 
boiib, bir qancha m a’noni ifodalovchi ot-terminlami hosil qilishda qatna- 
shadi:
a) ish-harakat nomini yoki uning amalga oshganligini b ildiradi: о ‘toq, 
guldurak, buyruq (buyur-moq), chaqiriq, ко ‘rik, so ‘roq, tarqoq (harb.) va 
sh.k.;
b) ish-harakat natijasi yoxud jarayonini anglatadi: to'siq, yoriq, qa- 
variq, chirik, soliq, yoyiq (harb. saf) va sh.k.;
v) obyekt, o ‘rin, joy nomini ifodalaydi: yo 'lak, kechik, toshloq (tosh- 
la-moq), qamoq (qama-moq) va sh.k.;
g) ish-harakat vositasini ataydi: о ‘roq, pichoq, tuzoq, taroq; 
d) o ‘xtin-o‘xtin ish-harakat egasi (subyekti)ni anglatadi: qochoq va sh.k. 
-qon//-gan/-kan affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur kammahsul model yordamida ish-harakatning vositasi, nar- 
sa-predmeti m a’nosini ifodalovchi ot (sifat) turkumiga xos terminlar yasa­
lgan bo‘lib, ular azaldan o ‘zbek adabiy tili so‘z xazinasida o ‘z aksini top­
gan: bosqon, qopqon, yelkan, о ‘pqon va sh.k.
-qoq//-g‘oq affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu -q o q //-g ‘oq affiksli kammahsul model ba’zi bir terminlami ya- 
sashdagina qatnashganligi bilan xarakterlanadi: qazg'oq (qazi-moq), qa- 
doq (qada-moq),y o r g ‘oq (anat.), tutqoq (l.epilepsiya; 
2. epileptik), botqoq 
va sh.k.
-dak//-doq affiksli so‘z yasovchi model
Faqat sanoqli ot (sifat) - terminlargina ushbu kammahsul affiks 
ko‘magida yasalganligini o ‘zbek tili lug‘at boyligida bor b o ig an faktik 
materiallar tasdiqlaydi: qo'ndoq, kekirdak, yugurdak, qovurdoq, likildoq 
(likilla-moq) va sh.k.
-di affiksli so‘z yasovchi model
Ba’zi bir miqdordagi terminlaming mazkur -d i affiksli kammahsul 
so‘z yasovchi qolip ishtirokida voqelanishi hamda ish-harakat natijasi
75


m a’nosini ifodalashi kuzatiladi: yig ‘indi (mat.), qirindi, chirindi, chiqindi
cho ‘kindi, oqindi va sh.k.
-diq/-dik affiksli so‘z yasovchi model
Barmoq bilan sanarli terminlar ushbu o ‘ta kammahsul -diq//-dik affik­
sli model ishtirokida yuzaga kelgan: qoldiq (mat.), siydik.
-ich affiksli so‘z yasovchi model
Ushbu -ich qo‘shimchali model ishtirokida narsa-predmet, buyum no­
mini ifolalovchi ba’zi bir terminlargina yasalgan: cho ‘kich, cho ‘mich.
-qin / -kin affiksli so‘z yasovchi model
Bu kammahsul model jarayon, natija nomini anglatuvchi terminlami 
yasashda qatnashgan: otqin (geol.), toshqin, qochqin, sotqin, to'lqin (to‘l- 
moq), bosqin, chirkin, chopqin va sh.k.

Download 3,42 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   70




Download 3,42 Mb.
Pdf ko'rish