To‘qqizinchi mavzu: Sifat-term inlar, fe ’l-term inlar
va q o‘shm a term in lam in g yasalishi
Reja:
1. Ismlardan sifat-terminlaming yasalishi.
2. Sifat - terminlaming fe’llardan yasalishi.
3. Fe’l -term inlam ing hosil qilinishi.
A sosiy tushunchalar:
ismlardan yasalgan sifat-terminlar, f e ’llardan
yasalgan sifat-terminlar, prefiks, sermahsul, kammahsul, gibrid termin,
f e ’l-terminlar, q o ‘shma terminlar, model, komponent, termin-birikmalar,
termin-element.
M a’lumki, ot so‘z turukumiga xos leksik birliklaming termin tarzida
qo‘llanishi bo‘yicha so‘z turkumlari qatorida yetakchilikka egaligi hech kim
uchun yangilik emas) Shu bilan birga, ilm-fan tilida (ya’ni mavjud ilmiy
adabiyotda qo‘llangan) maxsus tushunchalami ifodalaydigan hamda termi
nologik nomlarga doir barcha talablarga javob beradigan terminlar o ‘mida
ham fe’l (fe’ldan yasalgan bir o ‘zakli ismlar), ham sifat, ham ravishlaming
erkin ishlatilishi mumkinligini ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Sifat-term inlarning yasalishi.
Morfologik usul bilan hosil qilingan
sifat-terminlar quyidagi ikki guruhga taqsimlanadi:
1) ismlardan yasalgan
sifat-terminlar;
2) fe’llardan yasalgan sifat-terminlar.
Ismlardan sifat-terminlar yasashda tubandagi modellar qatnashadi:
-li affiksli so‘z yasovchi model
Sof o ‘zbek(turk)cha -li affiksli so‘z yasovchi model quyidagi m a’noli
terminlami yuzaga chiqaradi:
a) boshlang‘ich asosda nomlangan egalik, mavjudlik, borlikni ifo
dalaydi : zaharli, misli, sharikli, kislotali, tuzli, yarog'li, fosforli, dukkakli,
to ‘yimli va sh.k.;
b) dastlabki asosning predmetlik nomini bildiradi: zararli, muddatli,
maqsadli, qimmatli, nuqsonli, foydali va sh.k.;
79
v) nimagadir yaroqlilikni anglatadi : yaroqli, yeyimli, yeyishli, xavfli,
ichimli va sh.k.
-siz affiksli so‘z yasovchi model
-siz affiksli sifat-terminlar - li affiksli sifat-terminlaming antonimi,
ya’ni ziddi (gilzali-gilzasiz, stvolli-stvolsiz, mo ‘ynali - mo ‘ynasiz , gazli
- gazsiz, temirli-temirsiz va sh.k.) bo‘lib, quyidagi m a’nolami ifodalashga
xizmat qiladi:
a) boshlang‘ich asos orqali ifodalangan narsaning mavjud emasligi:
ishsiz, aybsiz, vizasiz, gunohsiz, nikohsiz, xavfsiz, dalilsiz,jarangsiz, qurol-
siz, mablag'siz, kreditsiz, tutunsiz, mo'ljalsiz (o'q otish), minasiz va sh.k.;
b) dastlabki asosning oz miqdordaligini ko‘rsatadi: jirsiz (jir), tuzsiz
(biz), suvsiz (su v ) va sh.k.
- chan affiksli so‘z yasovchi model
-chan qo‘shimchali ushbu kammahsul model tub hamda yasama
fe’llardan yasalgan ot turkumli so‘zlardan “qat’iy ravishda namoyon
boiuvch i fazilat, xarakter belgisi va moyillik”ni ifodalaydagan terminlar-
ni hosil q ilad i: yashovchan, o'zgaruvchan, sezuvchan, uchuvchan (kimyo.
uchuv), eruvchan, ko'rinuvchan (harb. ko'rinuv), tovlanuvchan, sochilu-
vchan (fiz. sochiluv), egiluvchan va sh.k.
-chil affiksli so‘z yasovchi model
-chan q o ‘shimchasining fonetik turi bo‘lmish kammahsul -chil af
fiksli so‘z yasovchi model biron narsaga b o ig an “moyillik, berilganlik”
m a’nosini anglatuvchi chegaralangan miqdordagi terminlami yasashda qa-
tnashadi: dardchil, izchil, xalqchil, epchil va sh.k.
-simon affiksli so‘z yasovchi model
Mazkur model hozirgi o ‘zbek tili zoologiya hamda biologiya termin
lari tizimida o‘xshashlik, bir xillik m a’nosini ifodalovchi nisbatan salmo-
qli miqdordagi leksemalami hosil qilishda o‘z ifodasini topgan. -simon
affiksli sifat-terminlar m a’no jihatidan ms tilidagi ikkinchi komponenti “...
podobniy”, “ ...obrazniy”, “vidniy” elementlaridan tashkil topgan qo‘shma
sifatlarga muvofiq kelib, boshqa terminologik tizmlarda ham faol ishla-
tilishi bilan ajralib turadi: ivasasimon (kit), tumshuqsimon, zanjirsimon
(biol.), odamsimon, qisqichbaqasimon, kitsimon, krotsimon (ko‘rsichqon-
lar), о ‘rgimchaksimon, maymunsimon, tatinsimon (masalan, burunduqlar,
olasichqonlar), mushuksimon, itsimon, bug ‘usimon. B a’zan tibbiyot, kimyo
va anatomiyaga doir tushunchalami ifodalashda qatnashadi: bargsimon
(tib. barg), gazsimon, qalqonsimon ( anat. bez), ipsimon, kipriksimon va
80
|